О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Duralyuminiylar 
(Д1, Д2,..., Д16) tarkibida 3,8...4,9 % mis, magniy va marganes 
bо‟lgan qotishmalardir. Д1 markali duralyuminiy 3,8...4,8%Cu, 0,4...0,8%Mg, 0,4...0,8%Mn,
0,7% gacha Si va Fe, 0,3% gacha Zn, 0,1% gacha Ni, qolgani alyuminiydan iborat bо‟lib, 
normal duralyuminiy 
deb ataladi. Duralyuminiy strukturasining tuzilishi 34-rasm 
a
da 
keltirilgan. 
Alyuminiyning bolg‟alab, shtamplab, prokatlab buyumlar olish uchun ishlatiladigan 
qotishmalari AK4, AK5, AK6 kabi markalanadi. Bunday qotishmalardan aviatsiya 
dvigatellarining porshenlari, samolyot vintlarining qanotlari kabi buyumlar tayyorlanadi. 
Al-C-Mg-Mn turkumiga kiruvchi qotishmalar termik ishlanganda mustahkamligi oshadi. 
Duralyuminiylarni termik ishlash usuli bilan mustahkamlash uchun ular toblanib, eskirtiriladi. 
Buning uchun qotishma 495…505 
0
C gacha qizdiriladi va suvda sovitiladi, sо‟ngra 5…6 kun uy 
haroratida ushlab turiladi, ya„ni 
tabiiy eskirtiriladi
. Eskirtirish natijasida mustahkamlik yangi 
toblangan qotishmaga qaraganda qariyib 70…75% ga oshadi. Eskirtirish jarayonida qotishma 
tarkibidagi misning alyuminiydagi qattiq eritmasi (α-qattiq eritma) parchalanadi. Agarda 
eskirtirish jarayoni yuqoriroq haroratlarda (100…150 
0
S) 10…24 soat davomida olib borilsa 
(
sun„iy eskirtirish
) qattiq eritma parchalanmaydi, qotishma kristall panjarasidagi mis 
atomlarining joylashish tartibi о‟zgaradi.
Alyuminiyning quymabop qotishmalari
 
Al-Si tizimidagi qotishmalar bо‟lib, 
siluminlar 
deb ataladi. 33-rasm 
b
da siluminning mikrostukturasini ko‟rinishi tsvirlangan. 
Bu qotishmalar AЛ harflari va raqamlar bilan markalanadi, masalan, AЛ1, AЛ2, AЛ3, 
..., AЛ18. 
AЛ2 markali qotishma 
normal silumin 
bо‟lib, faqat modifikatsiyalash yо‟li bilan 
puxtalanadi. AЛ3, AЛ5 va AЛ6 markali qotishmalar kam kremniyli, ammo mis, magniy va 
marganes bilan qо‟shimcha legirlangan siluminlar bо‟lib, bu qotishmalarning quyilish xossalari 
normal siluminlarnikiga qaraganda pastroq, ammo mexanikaviy xossalari yuqoridir. Bu 
qotishmalar modifikatsiyalash va sо‟ngra termik ishlash yо‟li bilan puxtalanadi. 
AЛ11 markali Qotishma Al-Si-Zn tizimidagi qotishmalardan bо‟lib, uning qо‟yilish 
xossalari yuqori, uni modifikatsiyalash yо‟li bilan puxtalash mumkin. Bu qotishmadan 
murakkab shaklli detallar qо‟yiladi. 
САП ( pishirilgan alyuminiyli pudralar) qotishmalari ham A97 markali suyuq 
alyuminiyni purkash orqali hosil qilinadi. Bu poroshokning tarkibiga qanchalik kо‟p Al
2
O
3
qо‟shilsa, qotishmaning mustahkamligi, qattiqligi va issiqbardoshligi shuncha yuqori bо‟ladi. 
САП lar 450
0
C da ham uzoq yuklanish ta„siriga bardosh bera oladi.
Kо‟pgina hollarda porshen shtoklari, kompressor kо‟rakchalari, elektrodvigatel 
о‟ramlari, issiqlik almashinuvchilar, reaktiv dvigatellarida boshqariladigan sistemaning 
vintellari kabi qism va uzellar shu qotishmalardan tayyorlanadi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin