О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Suyultirish qurilmalari
 
Metall va qotishmalar quyish sexlarida vagronkalarda, elektr pechlarida, alangga hosil qiladigan 
pechlarda, konvertorlarda va tigellarda suyuqlantiriladi. Varganka cho‟yanlarni suyultirish va 
undan shakldor quymalar olishda asosiy suyuqlantirish agregati hisoblanadi. Unda shixta 
sifatida domnadan olingan cho‟yan quymasi, cho‟yan parchalari, po‟lat chiqindilari, 
ferroqotishmalar ishlatiladi. Yoqilg‟I sifatida koks yoki tabiiy gazdan foydalaniladi. 
Vagranka
tipik shaxtali pechdir. Unda po‟lat qobiq 6 ichidan shamot g‟ishti 7 terib chiqilgan. 
Vagranka to‟rtta ustun 1 ga mahkamlagan plita 2 ga tayanib turadi. Vagrankaga tuynuk 3 orqali 
o‟tga chidamli qolip aralashmasi solinadi va bu tuynuk berkitib tashlanadi. Vagranka tepa
tomondan truba 10 bilan tugaydi, uning tepasiga uchqun o‟chirgich 11 o‟rnatilgan. Shixta
to‟ynuk 9 orqali solinadi, tuynuk sathida chuyan plitalar 8 o‟rnatilgan. Suyuq chuyan teshik
12 orqali yig‟gich 13 ga oqib tushadi, zarur bo‟lganda u erdan cho‟ yan nov 15 orqali shlak esa
nov 14 orqali chiqariladi.Yonilg‟ini yoqish uchun zarur havo yuli 5 dan furmalar 4 orqali 
beriladi
Ko‟ plab zavodlard yopiq tipdagi vagrankadan foydalaniladi.
Cho‟yan suyuqlantirish uchun alangali uch fazali pechlardan ham foydalaniladi. Shakldor 
quymalar uchun po‟lat marten pechlarda, yoyli va induksion elektr pechlarda, yonboshdan 
puflanadigan konvertorlarda suyuqlantiriladi. Shakldor quymalar uchun po‟latning asosiy 
massasi yoyli elektr pechlarda suyuqlantiriladi. Mis asosli qotishmalar tigelli, yoyli va 
induksion elektr pechlarda suyuqlantiriladi. Alyuminiy qotishmalari elektr qarshilikli induksion 
pechlarda, tegilli gornlarda suyuqlatiriladi. Alyuminiy qotishmalarni suyuq metall 
kristallanadigan qoliplarga 0,5-0,6 MPa havo bosimi ostida quyishdan ham foydalaniladi; 
bunda zichligi kattaroq quymalar olinadi.
Magniy qotishmalari suyuqlanish haroratga yaqin haroratda o‟z-o‟zidan alangalanish
xususiyatiga ega. Shuning uchun magnit qotishmalarini havoli joyda emas, neytral, 
kislorodsiz muhitda yoki ishqorli metallarning ftoridlari va xloridlari asosidagi flyus qatlami 
ostida suyuqlantirish lozim. 
Titan qotishmalarini suyuqlantirishda maxsus tigel pechlardan foydalaniladi, suyuqlantirish
va uni qoliplarga qo‟yish himoya muhitida (ko‟pincha argon muhitida) bajariladi. Aviatsiya 
sanoati ehtiyojlari uchun titan qotishmalaridan quymalar tayyorlash o‟zlashtirilgan. 
Suyuqlantirish uchun 40 dan 500 kVt gacha quvvatli elektron- nurli vakuum elektr pechlardan 
foydalaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin