Mavzuning dolzarbligi. Foydalanuvchilarga aniq fanlarni o‘zlashtirishda ko‘proq tasavvurni hosil qiladigan, kengroq imkoniyatlarni yaratadigan, dizaynga boy intellektual uslubdagi multimediaga asoslangan amaliy dasturlarni o‘zbek tilida yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ishning asosiy maqsadi.Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun aniq fanlarni o‘zlashtirishda qulaylik tug‘diradigan, multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlardan biri sifatida elementar fizikaning ba’zi mavzulari bo‘yicha amaliy bilim beradigan elektron multimedia darslikni
ishlab chiqish va shu asosda AutoPlay dasturining barcha imkoniyatlarini birma- bir o‘rganib chiqish ishda asosiy maqsad qilib olindi.
Ishning vazifalari. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun AutoPlay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish, fizika mavzularini o‘qitishga doir amaliy dastur muhitini yaratish asosiy vazifa qilib olindi.