O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


V. KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix23.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#56174
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
V. KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH 

Kurs  ishini  yozish.  Kurs  ishi  odatda,  kirish  qismi,  4-5  ta  savol  va 

xulosa  qismlaridan  iborat  bo‘ladi.  Kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi, 

maqsadi  va  vazifalari,  kurs  ishini 

yozishga 

asos 

bo‘lgan  amaliy 



ma’lumotlarning 

axborot 


manbalari,  izlanishning  ob’ekti, 

predmeti  va  amaliy  ahamiyati  

aks  ettiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Mavzuning dolzarbligini  yoritish, 

barcha  ilmiy  ishlar  kabi,  kurs  ishi  uchun  ham  majburiy  talabdir.  Talaba 

mavzuni  tanlagan  ekan,  uning  ilmiy  salohiyati  va  nazariy  jihatdan  tayyorgarligi, 

albatta, bu  mavzuning  mazmunini tushunib  yetishi va uni  zamon talabiga  mosligi 

hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi uchun etarli bo‘lishi kerak. Mavzuning 

dolzarbligini  yoritishda  quruq,  asossiz  gaplarga  o‘rin  bermaslik,  gapni 

uzoqdan  boshlab,  mavzuning  mohiyatiga  etib  kelganda,  xalq  so‘zi  bilan 

aytganda “aravani  quruq obqochish”larga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 

Mavzuning  dolzarbligini  asoslashda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

asarlaridan,  ma’ruzalaridan,  shuningdek,  xorijiy  va  milliy  iqtisodchi-olimlar 




 

asarlaridan mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrlarni keltirish ayniqsa muhim. 



Ishning  kirish  qismida  kurs  ishi  mavzusining  maqsadi  o‘zining  aniq 

ifodasini  topishi,  ushbu  maqsadga  erishish  yo‘lida  qo‘yilgan  vazifalar  aniq 

ko‘rsatilishi  kerak,  chunki,  kurs  ishini  baholashda  qo‘yilgan  maqsadga 

erishilganlik  va  belgilangan  vazifalarning  bajarilganlik  darajasiga  baho  beriladi. 

Kurs ishining  kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. 

Birinchi 

savol 

odatda 


o‘rganilayotgan  soha  yoki  iqtisodiy 

kategoriyaning nazariy jihatlarini ochib berishga bag‘ishlanadi. Unda u yoki bu 

iqtisodiy  kategoriyaning  iqtisodiy  mazmuni,  uning  iqtisodiyotda  va  ijtimoiy 

hayotda  tutgan  o‘rni,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  jamiyat  taraqqiyotidagi 

ahamiyati  ko‘rsatib  beriladi.  Biron  bir  iqtisodiy  kategoriyaning  mohiyatini 

ochib  berish  -  bu  mazkur  kategoriyaning  mohiyati  va  zarurligi  nimada, 

zamonaviy 

bozor 


iqtisodiyotida 

qanday 



o‘rin  egallaydi,  uning 

rivojlanishining  ob’ektiv  omillari  nimalardan  iborat,    qanday    iqtisodiy- 

ijtimoiy munosabatlarni  aks  ettiradi,  ahamiyati  nimalarda namoyon  bo‘ladi? - 

degan savollarga javob berishdir. U yoki  bu iqtisodiy kategoriyaning jamiyat 

taraqqiyotidagi  o‘rni  va  ahamiyatini  aniq  raqamli  ma’lumotlar  asosida  ochib 

berish mumkin. 

Ma’lumotlar  dunyo  bo‘yicha,  mamlakat    bo‘yicha  yoki  mavzu  oldiga 

qo‘yilgan  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda,  hududlar  (viloyat,  shahar, 

tuman)  bo‘yicha  keltirilishi  va  bir  necha  yil  ko‘rsatkichlarini  solishtirish 

asosida tahlil  natijalari aks ettirilishi kerak. 

Ikkinchi  savol  odatda  amaliy  faoliyat  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Unda  u 

yoki  bu  iqtisodiy  kategoriyaning  amal  qilish  mexanizmi,  uning  dastak  va 

vositalaridan amaliyotda foydalanish holatlari aks ettiriladi. 

Asosiy  qism  mazmunini  yoritishda  amaliyot  ma’lumotlarini  jadvallar, 

diagrammalar,  rasmlar  shaklida  ifodalash,  ularni  batafsil  tahlil  etish  talab  etiladi. 

Tahlil  jarayonida  davriy  nashrlarda  chop  etilgan  ilmiy  maqolalarga,  hukumat 

idoralarining  rasmiy  Internet  saytlarida  keltirilgan  ma’lumotlarga  asoslanish 

tavsiya etiladi. 

Kurs ishining so‘nggi savollari, odatda o‘rganilgan kategoriyaning amal 

qilishini,  u  yoki  bu  iqtisodiy  munosabatlarini  zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti 

talablaridan,  sohada  olib  borilayotgan  islohotlar  talablaridan  kelib  chiqqan 

holda takomillashtirish, rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘ladi. Bunda 

talaba, izlanishlar natijasida olgan bilimlari, kuzatishlari, tahlillari asosida o‘rga- 

nilgan  soha  yohud  ob’ektning  faoliyatini  yaxshilash,  samarasini  yanada 

oshirish bo‘yicha o‘zining yoki shu sohada izlanishlar olib borgan iqtisodchi-olim- 

lar va amaliyotchilarning taklif va mulohazalarini ilmiy tarzda bayon qilishi, ularni 

har tomonlama asoslab berishi, xulosalarini bir tizimga solib keltirishi lozim. 

Shuningdek,  kurs  ishi  asosiy  qismining  tegishli  reja  savollarida 

o‘rganilayotgan sohaga taalluqli bo‘lgan ilg‘or xorijiy tajribalarni bayon etish 

va  ularni  mamlakatimizda  qo‘llash  imkoniyatlari  bo‘yicha  takliflar  kiritish 

kurs  ishining  nazariy  va  amaliy  ahamiyatini  yanada  oshiradi  va  uni  yuqori 

darajada baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Kurs  ishining  xulosa  qismida  olib  borilgan  izlanishlar  asosida  shakllangan 

xulosalar  va  taklif-mulohazalar  tizimli  ravishda  keltiriladi.  Ishning  xulosa  qismida 




10 

 

bayon  etilgan  fikrlar  o‘rganilgan  muammolarning  yechimini  yoritib  berishi, 



o‘rganilgan  soha  yoki  iqtisodiy  voqelikning  mavjud  holatini  yaxshilash  va 

amaldagi  mexanizmlarini  takomillashtirishga  qaratilgan  va  berilgan  takliflarning 

aniq, lo‘nda  va qisqa  mazmunini  aks  ettirishi,  ishni  yakunlangan ilmiy ish sifatida 

tan olish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim. 

Kurs  ishining  so‘nggida  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati  keltiriladi.  Shuni 

alohida  ta’kidlash  muhimki,  muallif  tomonidan  keltirilgan  adabiyotlar  ro‘yxati 

uning kurs ishini yozishda oxirgi 3-5 yil ichida chop etilgan maxsus adabiyotlardan 

(klassik  ta’limotlar  namoyandalarining  asarlari  bundan  mustasno)  foydalanish 

tavsiyasiga rioya qilganligini ko‘rsatib turishi kerak. 

 


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin