Baholash tartibi va mezonlari
Talabalarning kurs ishi bo‘yicha bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari
darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi
Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 86-100 ball;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 71-85 ball;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga
ega deb topilganda — 55-70 ball;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 54
va undan past ball bilan baholanadi.
Kurs ishi bo‘yicha qoniqarsiz ball bilan baholangan talaba akademik qarzdor
talaba hisoblanadi.
16
1-ilova
Dostları ilə paylaş: |