8
zarurat bo‘lganda texnik xizmat ko‘rsatish xodimlari avtomobil joylashgan
joyga keladi, nosozlikni tuzatadi yoki agar zarur bo‘lsa uni servis xizmat
shaxobchasiga (SXSH) olib keladi;
avtomobilni SXSH ga etkazish (mijozning chaqiruvi bo‘yicha qabul qiluvchi
xodim, avtomobil joylashgan joyga keladi, buyurtmani rasmiylashtiradi, to‘lovni
qabul qiladi, avtomobilni SXSH etkazadi, barcha
ishlarni bajaradi va ularni
tugatgandan so‘ng avtomobilni mijoz ko‘rsatgan joyga olib borib beradi);
abonementli va shartnomali xizmat tamoyili bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
(mijoz, yuriladigan ma‘lum yo‘l hisobidan kelib chiqqan holda texnik qarov va ta`mir
bo‘yicha bajariladigan ishlar uchun yillik to‘lovni amalga oshiradi, SXSH xodimlari
esa avtomobilning texnik holatini diqqat bilan kuzatib borish asnosida uning texnik
sozligini saqlab turishga harakat qiladilar, bunda texnik qarov va ta`mir minimal
xarajatlar bilan olib borishga harakat qilinadi, chunki xodimlar bundan moddiy
manfaatdor hisoblanadilar).
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish
jarayonlarini modernizatsiyalash, ishlash sharoitlarini zamonaviy usullar asosida
qayta qurish uchun zamonaviy avtomobil servisi korxonasi quyidagi servis va texnik
tavsiflarga ega bo‘lishi zarur.
Servis tavsiflari:
avtoservisdan foydalanishda ochiqlik va qulaylik: reklama, joylashish joyi,
ishlash tartibi, kiriladigan yo‘lning va mashinani qo‘yish joyining qulayligi va
boshqalar yordamida ta`minlanadi;
taklif — xizmatlarning turi, xizmatlarning komplektligi, ehtiyot qismlarning
mavjudligi va etkazib berish muddatlari, xizmat shakllari;
mijozga xizmat ko‘rsatish sifati: avtoservisning estetik darajasi, avtomobilni
va mijozni qabul qilish tadbirlari, mijozlarning axborot ta`minoti, xodimlarning
madaniyati, mijozlar takliflari
va shikoyatlariga munosabatlar, shartnoma
majburiyatlarini bajarish, texnik xizmat va ta`mirlash bo‘yicha 1 soat ish hisobiga
mijoz tomonidan sarflanadigan shartli vaqt, mijozlar uchun maishiy qulayliklar,
ishlarni bajarishni tashkil etishda mijozning ishtiroki darajasi bilan ta`minlanadi.
9
Texnik
tavsiflarga,
avtomobillarga
TXK
va
ta`mirlash
zamonaviy
texnologiyalaridan, tashxislash va ta`mirlash uchun jihozlarning yangi modellaridan
foydalanish imkoniyatlari kiradi.
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish
jarayonlarini modernizatsiyalashda xizmatlar sifati muhim o‘rin tutadi.
Xizmatlar sifati,
mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati
va madaniyatini hamda
avtomobilga TXK va ta`mirlash sifatini o‘z ichiga oladi. Masalan, Germaniyada ba‘zi
SXSH da, mijoz, o‘zining avtomobili ta`mirlanayotgan paytida, shaxobchaga tegishli
avtomobilni oladi va olgan avtomobilini qancha yonilg‘i bilan olgan bo‘lsa shunday
holida qaytaradi. Bu ijara haqining birdan-bir to‘lovi hisoblanadi. TXK va ta`mirlash
sifati, zamonaviy jihozlarning mavjudligi va texnik darajasi bilan, moslamalar va
uskunalar mavjudligi, jihozlarning eskirish darajasi, ta`mirlash texnologiyasini
saqlash va uning darajasi, kadrlar malakasi, ehtiyot qismlar sifati bilan ta`minlanadi.
Sifatni kafolatlash
- bajarilgan ishlar va belgilangan ehtiyot qismlarga kafolat va
kafolat majburiyatlarini bajarish hisoblanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlarida TXK va ta`mirlash bo‘yicha xizmatlar
bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
iste‘molchi avtomobilining ish qobiliyatini saqlab turish va tiklash bilan
bog‘liq bo‘lgan talablarini qondirish;
mijozga qulaylik va vaqtini tejash imkonini beruvchi
minimal muddatlarda
bajarilgan ish va xizmat ko‘rsatish;
xizmat ko‘rsatish paytida mijozning hozir bo‘lishi;
avtomobilga TXK va ta`mirlash bo‘yicha har bir buyurtmani bajarish,
alohida shaxsiy xizmat hisoblanadi, chunki turli iste‘molchilarning talablari turlicha
bo‘ladi;
xizmatlarni taqdim qilish uchun kasbiy malakaga, mijozlar bilan muomila
qilish madaniyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar;
xizmat ko‘rsatish shaxobchasining joylashishi va ishlarning tashkil etilishi
mijozlar uchun qulaylik nuqtai nazaridan aniqlanadi. Ishlab
siqarish samaradorligi
10
bilan taqqoslaganda, mijozlar talablarini qondirish ko‘proq muhim, chunki ishlab
chiqarish samaradorligi korxonaga murojaat qiladigan mijozlar soniga bog‘liqdir;
korxonaning ishlab chiqarish dasturi talablar oqimining maksimal jadallgii
bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Iste‘molchi tomonidan xizmatning baholanishi – bu sifatning yakuniy o‘lchovi.
Iste‘molchi kamdan-kam hollarda o‘zining tashabbusi bilan xizmatlar haqida bahoni
bildiradi: noqulaylik yoki norozilik bo‘lishi bilanoq bu haqda ayni korxonaga xabar
bermasdan, uning xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatadi. Shuning uchun ham
xizmatlar sifatini ta`minlash bo‘yicha choralarni o‘z vaqtida ko‘rish uchun, marketing
tadqiqotlarini o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: