O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti


Jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotining real sektori korxonalarining qo’llab quvvatlash



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə3/20
tarix02.01.2022
ölçüsü67,13 Kb.
#37531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
kurs ishi yangi[1]

Jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotining real sektori korxonalarining qo’llab quvvatlash, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi.

Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko’rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so’mdan ortiq mablag’ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlanish imkonini beradi.

Mamlakatimiz bo’yicha yirik korxonalarni ham qo’shganda, jami 240 ta korxona bankrot deb elon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi, 86 tasi esa tijorat balansiga o’tkazildi, 70 ta iqtisodiy nochor korxonalar ishlab chiqarish to’liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga tortildi, qolganlarida moliyaviy sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu borada ko’rilgan chora tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xolos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m kreditorlik qarzini uzish bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o’rni yaratish imkonini berdi.

Xozirgi kunda kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 87 foizini ishlab chiqmoqda. Xolbuki, bu ko’rsatkich 2016 yilda 50 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir.

2018 yilda kichik sanoat korxonalari yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizgacha pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.1


Tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog’liq sarf-xarajatlari sezilarli darajada kamaydi. Masalan, arxitekturarejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati 4 barobar, loyiha-smeta xujjatlarini ekspertizadan o’tkazish 2,5 barobar kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish qiymati esa 2 barobarga pasaytirildi. Yil davomida inventarizatsiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’yektlariga berildi. Bunda binolarni ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’yektlarining qayerda joylashgani va ularning faoliyati turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi.

Ushbu sektorga ajratilgan kredit resurslarining umumiy hajmi 1,8 trillion so’mdan oshdi.2

Hammaga ma‘lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligi, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz , ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste‘mol tovrlarining ta‘minlanishi bo‘yich markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz sobiq prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, ― O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga- markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakat edi.

Respublikamizning mustaqillikka erishib, deyarli barcha xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a‘zo bo‘lib kirganligiga ko‘p vaqt bo‘lganligi yo‘q. Ammo shu vaqt ichida mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosati shakllanib, istiqbol yo‘nalishlari belgilab olindi.

1991-yil sentabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom-ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik.

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshoatlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur‘atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalardir.

Hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarish natijalarini makroiqtisodiy parametrlar (yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad) orqali tahlil etishga katta ahamiyat berib kelinmoqda . Bunday tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari haqidagi statistik ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinadi.3

Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.

Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Shu sababli bob iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi.



Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.

Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga vainsonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.4


Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin