191
marketing tadqiqotlar (misol uchun, yangi reklama kampaniyani
yoki tovarlarni sinovdan o‘tkazish) Internetda offlaynga qara-
ganda xarajatlar va maglaglar, vaqtning kamroq sarflanishini
talab qiladi.
Internet-marketing – marketingning asosiy elementlari
hisoblanadigan narhi, mahsulot, sotuv joyi, siljitish kabilarga
tegishli bo‘lgan Internetda an’anaviy marketingning barcha
jihatlaridan foydalanish amaliyoti.
Asosiy maqsadi – saytning potentsial auditoriyasidan eng
yuqori foydani olish.
Tarmodagi marketing (Internet-marketing) tashkilotdagi
marketingning ananaviy tushunchasiga mos keladi va ko‘pincha
elektron marketing deb ataladi.
U marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini o‘z
ichiga oladi, xususan: bozorni o‘rganish, xaridorlar va atrof-muhit,
mahsulotni ilgari surish, brending, vositachilar bilan ishlash,
savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish.
Internet tufayli marketing tadqiqotlarni o‘tkazishning yangi
vositalari paydo bo‘lmoqda. Shunday qilib, an’anaviy marketing
usullari va eng yangi axborot texnologiyalarining birlashishi
ko‘zatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: