b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI
10. Milliy va xalqaro antimonopol organlar faoliyatining integrasiyalashuvini kuchaytirish:
integrasiyalar doirasida monopoliyani cheklash va raqobatni qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari, maqsad va vazifalarini muvofiqlashtirish, antimonopol
qonunchilikninguyg‘unlashuvini ta‘minlash, raqobatni qo‘llab-quvvatlashning
iqtisodiy hamkorlik va jst ga chiqishda moslashuvini ta‘minlash;
integrasiyalar doirasida antimonopol qonunchilik va iste‘molchilar
xuquqlarini ximoya qilish bo‘yicha qonun buzilishlariga qonuniy choralar qo‘llash
amaliyotini mustahkamlash va xuquqiy-shartnomaviy bazasini mustahkamlash;
xalqaro antimonopol organlar hamkorligini kuchaytirish
Tovar bozorlarida monopoliyani cheklash va raqobatni qo‘llab-quvvatlash,
sog‘lom raqobat va tadbirkorlik muhitini yaratishga qaratilgan ushbu konsepsiya
nafaqat mamlakatimiz miqyosida , balki xalqaro miqyosda ham raqobat muhititni
yaratish va mustahkamlashga e‘tibor qaratadi, mahalliy boshqaruv organlarining
raqobat
muhitini
yaxshilash
va
tadbirkorlik
faolligini
jadallashtirishda
mas‘uliyatini yanada oshiradi.
Konsepsiyaning ko‘pgina yo‘nalishlari bugungi kunda u yoki bu darajada
amalga oshirilgan. Ammo bu mamlakatimizda sog‘lom raqobat va tadbirkorlik
muhitining samarali xuquqiy tizimi yaratildi degani emas. buning uchun
mamlakatimizda antimonopol organlar faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borish,
raqobatni rivojlantirish, tovar bozorlariga kirib borishdagi g‘ovlarni bartaraf etish
zarur. Ayniqsa bugungi kunda iste‘molchilar xuquqlarini ximoya qilish, reklama,
reklamani joylashtirish, tabiiy monopoliyalarning tarif siyosatining xuquqiy bazasi
takomillashtirishga muhtoj. Shuningdek, bu sohalarda sud amaliyotini yanada
takomillashtirish bugungi kunda dolzarb bo‘lib bormoqda.