O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Ibn al-Asir
. ―Al-komil fi-t-tarix‖ (―Mukammal tarix‖) nomli salmoqli asar 
muallifi yirik arab tarixchisi Izzuddin Abulhasan Ali ibn Muhammad (1160-1234 
yy.) bo‗lib, u ko‗pincha Ibn al-Asir nomi bilan mashhur bo‗lgan. Muarrix Dajla 
daryosi bo‗yida joylashgan Jazirat ul-Umar shahrida katta yer egasi oilasida
tug‗ilgan. Umrining ko‗p qismini Mo‗sulda (Suriya) o‗tkazgan va o‗sha yerda 
vafot etgan. Ibn al-Asir o‗z davrining keng ma‘lumotli kishisi bo‗lib, bir
necha tarixiy asar yozgan. ―Al-komil fi-t-tarix‖ va Muhammad payg‗ambar
sahobalari (izdoshlari) tarjimai holini o‗zida qamrab olgan besh jildli ―Kitob usd 
al-g‗aba fi ma‘lumot as-sahoba‖ (―Sahobalar haqida ma‘lumot beruvchi o‗rmon
sherlari‖, 1863 yili chop qilingan) shular jumlasidandir. Lekin Sharq mamlakatlari 
xalqlari, shuningdek Movarounnahr xalqlari tarixini o‗rganishda uning birinchi
asari ―Al-komil fi-t-tarix‖ katta ahamiyat kasb etadi.
―Al-komil fi-t-tarix‖ asari o‗n ikki jilddan iborat bo‗lib, unda
dunyoning ―yaratilishi‖dan to 1231 yilga qadar Sharq mamlakatlarida bo‗lib o‗tgan 


95 
ijtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil, xronologik, ya‘ni davr tartibida bayon etib 
beriladi. Asarda ko‗pgina qimmatli manbalar, xususan Tabariy hamda as-
Sallomiyning bizgacha yetib kelmagan ―Kitob fi axbor vuloti Xuroson‖, (―Xuroson 
hukmdorlari haqida axborot beruvchi kitob‖) kabi qimmatli asarlardan keng 
foydalangan. ―Al-komil fi-t-tarix‖ning birinchi qismi (I-IV jildlari) olamning 
―yaratilishi‖dan to 931 yilgacha bo‗lib o‗tgan voqealar bayonidan iborat. Bular 
avval bo‗lib o‗tgan olimlar Balazuriy, Tabariy, Ibn Miskavayx, as-Sulamiy va 
boshqalarning asarlariga tayanib yozilgan. Lekin bu qismda ham ko‗p hollarda 
asosiy manbalarda uchramaydigan muhim va qimmatli ma‘lumotlar bor.
Masalan, 751 yili Talas daryosi bo‗yida arab va Movarounnahr qo‗shinlari 
bilan xitoy armiyasi o‗rtasida bo‗lib o‗tgan jang va unda ko‗p minglik xitoy 
qo‗shinining tor-mor etilishi haqidagi ma‘lumot shular jumlasidandir. Undan 
tashqari, as-Sam‘omiy va uning muhim tarixiy asari haqida ma‘lumot Ibn al-Asir 
tufayligina bizgacha yetib kelgan. Asarning VII-XII jildlari mustaqil, alohida 
ahamiyatga ega bo‗lib, 924-1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek
Movarounnahrda bo‗lib o‗tgan voqealarni o‗z ichiga oladi va asosan
qo‗lyozma manbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan
axborotlar hamda muallifning shaxsiy kuzatishlari davomida to‗plagan boy va 
faktik material asosida yozilgan.
―Al-komil fi-t-tarix‖ asarining ayniqsa, mo‗g‗ullar istilosiga
bag‗ishlangan XII jildi alohida qiymatga ega va Movarounnahr hamda Sharq 
mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini
o‗rganishda asosiy manba vazifasini o‗taydi.
Kitobning to‗la matni ikki marta (1851-1876 yillari va 1901 y.) chop etilgan. 
Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.Ye.Krimskiy tarjima qilganlar.
Asar Xivada to‗la ravishda o‗zbek tiliga Muhammad Rahim soniy (1863-
1910 yy.) davrida Nurillo Muftiy, Muhammad Sharif oxund va boshqalar 
tomonidan tarjima qilingan bo‗lib, Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik instituti xazinasida o‗n uchta mo‗‘tabar qo‗lyozmalari 
saqlanmoqda.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin