O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112
Zahiriddin Muhammad Bobir
. XVI asrda o‗tgan yirik olim va iste‘dodli 
davlat arbobi, Farg‗ona hokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) 
to‗ng‗ich o‗g‗li, 1483 yil 14 fevralda Andijonda tug‗ilgan. 1494 yil 5 iyunda 12 
yoshida otasi o‗rniga Farg‗ona taxtiga o‗tkaziladi. Lekin oradan ko‗p vaqt o‗tmay, 
mamlakatda kuchayib ketgan feodal kurash natijasida, aniqrog‗i Sulton Ahmad 
Tanbal bosh bo‗lgan feodal guruh bilan kurashda mag‗labiyatga uchrab, 
Farg‗onani tashlab chiqishga majbur bo‗ladi. Uning 1497-1500 yillari Samarqand 


113 
taxti uchun olib borgan kurashi ham mag‗lubiyat bilan tugadi. Bobur 1504 yilga 
qadar, Farg‗ona uchun kurashdi, lekin g‗alaba qozonmaydi. 1504 yil (iyun oyida) 
O‗rta Osiyoni tark etadi va Afg‗onistonga boradi. O‗shanda Bobur 
Afg‗onistondagi feodal tarqoqlikdan ustalik bilan foydalanadi va Qobulni 
egallaydi. 
1511 yilning kuzida Bobur Eron podshosi Ismoil Safaviyning (1502-
1524yy.) harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni egallashga muvaffaq bo‗ladi, 
lekin uning hukmronligi bir yilga ham yetmadi. 1512 yilning bahorida Ko‗li Malik 
degan joyda bo‗lib o‗tgan jangda Shayboniyxolarning birlashgan kuchlari uni tor-
mor keltiradi. Bobur Hisor orqasida 2 yil yashab, 1514 yilda Yana Qobulga 
qaytadi. 1514-1526 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo‗ysundirish 
maqsadida 5 marta qo‗shin tortadi, lekin faqat so‗nggi yurishda 1526 yilda u boy 
mamlakatni bosib oladi va Boburiylar (G‗arbda Buyuk mo‗g‗ullar) imperiyasi 
nomi bilan mashhur bo‗lgan feodal davlatga asos soldi. Muhammad Zahiriddin 
Bobur 1530 yilning 26 dekabrida 47 yoshida vafot etadi. 
Bobur o‗zining ajoyib lirik she‘rlari hamda «Boburnoma» nomli 
ensiklopedik asari bilan tarixda o‗chmas nom qoldirdi. 
«Boburnoma» me‘muar tipda yozilgan asar bo‗lib, o‗zida Farg‗ona, 
Toshkent, Samarqand, Hisori shodmon, Chag‗oniyon, Afg‗oniston va Shimoliy 
Hindistonning XV asrning 80-90 yillari va XVI asrning birinchi choragidagi 
ijtimoiy-siyosiy ahvoli yoritiladi. Bundan tashqari asar geografik va etnografik 
faktlarga 
(Farg‗onaning 
turk-mo‗g‗ul 
qabilalari, 
ko‗chmanchi 
o‗zbek 
qo‗shinlarining tuzilishi, Movaraunahr, Afg‗oniston va Hindiston xalqlarining urf-
odati va h.k.) ham juda boy. 
―Boburnoma‖ XVI asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko‗p tillari: ingliz, 
golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir necha 
martalab tarjima qilindi, sharh-izohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, 
Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg‗oniston, Turkiya, Yaponiya kabi 
o‗nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadqiqotlarida ―Boburnoma‖ning insoniyat 
yaratgan o‗lmas obidalar qatorida alohida o‗rinda turishi ta‘kidlanadi. 
―Boburnoma‖ning jahonga mashhur bo‗lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining 
xizmati katta bo‗ldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi to‗liq nashrini 
(ingliz tilida) 1826 yilda J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa 
mazkur nashr asosida 2 marta 1878 va 1909-yillarda uning qisqartirilgan 
nashrlarini chop ettirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij ―Boburnoma‖ni 
mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o‗zida 
―Boburnoma‖ning tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda 
―Boburnoma‖ning professor V. Takston tomonidan AQSHda (Kembrij shahri, 


114 
Garvard unti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal so‗zlik, ko‗rsatkich va 
sharh-izohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995-96) ilmiy-tanqidiy matni nashr etildi.
―Boburnoma‖ qo‗lyozmalari matnida 1504-1505, 1509-1518, 1520-1524 
yillar tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520-yil voqealari bayoni tugal emas. Mana 
shu uzilish bo‗lgan o‗rinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar 
asosida ma‘lum darajada tiklaganlar. ―Boburnoma‖ 1586-yilda forschaga, undan 
parchalar 1705 Vitsen tomonidan golland tiliga, A. Keyzer tomonidan 
qisqartirilgan holda nemis tiliga, Pave de Kurteyl tomonidan to‗la holda fransuz 
tiliga (1871) tarjima qilingan. ―Boburnoma‖ni tarjima qilish va tadqiq etishda, 
shuningdek Afg‗oniston (Abdulxay Habibiy), Pokiston (Rashid Axtar Nadviy, 
Shoh Olam Mavliyot), Hindiston (Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan 
Rizviy), Turkiya (R . R. Arat va N. I. Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining 
xizmati ham katta. Rus sharqshunoslaridan N. I. Pantusov, S. I. Polyakov, V. 
Vyatkinlar ham ―Boburnoma‖dan parchalarni tarjima qilganlar. N. I. Ilminskiy 
1857-yilda ―Boburnoma‖ni Qozonda nashr ettirdi.
―Boburnoma‖ asarining bir necha marta soddalashtirilib, o‗quvchiga 
tushunarli tilda nashr qilingan hamda undagi tarixiy voqealar yoritilgan ko‗plab 
asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. Jumladan, Porso Shamsiyev, V. Rahmonov, 
H.Qudratillayev, T. Fayziyevlar bu borada bu sohada tadqiqot ishlarini amalga 
oshirganlar. Bu asarlar hozirda ham Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari tarixini 
o‗rganishda boy manba bo‗lib xizmat qilmoqda. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin