1717 yil Florio Beneveni elchiligi
. 1717 yil 17 iyulda Peterburgga Buxoro
elchisi Qulibek o‗z hamrohlari bilan keladi. U Buxoroga qaytishida Qulibek bilan
birga Florio Beneveni elchiligi yuboriladi. Petr I ishonch yorliqlarini 1718 yil 9
iyulda imzolaydi. Elchilik 8 kishidan iborat bo‗lib, uni xizmatkorlar va harbiy
soqchilar kuzatib bordi.
Asli kelib chiqishi italyan bo‗lgan F.Beneveni Buxoro xoniga topshirish
uchun podsho yorlig‗i berilgan elchiga yana bir muhim, maxfiy hujjat uning
Buxorodagi faoliyatiga taaluqli 7 banddan iborat yo‗l-yo‗riq yoki dastur
topshirildi. Bunda eng muhimi – sharqqa eltadigan suv va quruqlik yo‗llarini, rus
savdosini qanday qilib kengaytirish mumkinligini surishtirib bilish, xonni Rossiya
bilan harbiy ittifoq tuzishga ko‗ndirish va unga rus askarlari gvardiyasini taklif
etish, oltin to‗g‗risida qaerdan, qancha qazib olishligini bilishdan iborat edi.
Buxoro qurolli kuchlari tuzilmasini hamda ularning holatini ham aniqlash zarur
edi. Elchi Buxoroning Eron, Xiva va Turkiya bilan o‗zaro aloqalarini o‗rganishga
ham e‘tibor berishi kerak edi.
F.Beneveni elchiligi Buxoroda jami 3,5 yil (1721 6 noyabrda 1725 yil 8
aprelgacha) turdi. Elchilik xodimlari boy haqiqiy material to‗plab, uni Sankt-
Peterburg ochiq xat va shifrlangan matn tarzida jo‗natib turdilar.
Florio Benevenining «relyatsiyalari» - buxoro xonligiga oid muhim
manba.
XVI asr - XIX asrning birinchi yarmida O‗rta Osiyo xonliklarida
murakkab tarixiy jarayonlar kechdi. Ularni o‗rganish, voqea-hodisalarga to‗g‗ri va
xolis baho berishda bu davrda yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning
asarlari, arxiv hujjatlari, O‗rta Osiyo hududiga tashrif buyurgan elchilar,
sayohatchilar, harbiylar va boshqa shaxslarning xotiralari muhim o‗rin tutadi. Bu
manbalar orasida Florio Beneveni relyatsiyalari katta ahamiyatga ega.
Florio Beneveni 1718 yil 5 iyulda Pyotr I tomonidan Buxoroga yuboriladi.
Unga Buxoro hukmdoriga taqdim etish uchun podsho yorlig‗i, shuningdek, xon,
uning onasi, vazirlari va boshqalar uchun umumiy hajmi 3 ming rubldan iborat
olmaxon, tulki mo‗ynalari, terilar, movut, chinni idishlar, qo‗rg‗oshindan yasalgan
idishlar, «kurantli, jangovar katta soat, kumushdan yasalgan ingliz soatlari va
boshqa buyumlardan iborat sovg‗a-salomlar berilgan. Elchiga, shuningdek, yana
133
bir muhim maxfiy hujjat uning Buxorodagi faoliyatiga oid yetti banddan iborat
qo‗llanma berilgan edi. Unda asosan Sharqqa olib boradigan suv va karvon
yo‗llarini o‗rganish, u yerlarda rus savdosini qanday kengaytirish, O‗rta Osiyo
hukmdorini Rossiya bilan harbiy ittifoqqa ko‗ndirish, uning gvardiyasiga rus
soldatlarini kiritishni taklif etish va qaerda qancha oltin borligi haqida ma‘lumotlar
to‗plash haqida ko‗rsatmalar berilgan edi.
Bu vazifalarni bajarish elchining uzoq muddat xonlikda bo‗lishini talab qilar
edi. Haqiqatan ham, Florio Beneveni o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga
oshirish uchun O‗rta Osiyoda bir necha yil qolib ketishiga to‗g‗ri keldi.
Rus elchisi o‗zi yurgan yo‗l davomida kuzatgan tarixiy voqelikni juda
mayda tafsilotlarigacha relyatsiya tarzida Sankt-Peterburgga tashqi ishlar
kollegiyasiga jo‗natib turgan. Buxoro xonligida bo‗lgan vaqti davomida u
«Buxoroda bo‗lgan elchi Florio Benevenining qisqa jurnali»ni yozib boradi. Unda
O‗rta Osiyo xonliklarining ichki hayoti, siyosiy kurash, xususan, Buxoro va Xiva
xonlarining o‗zaro kelishmovchiliklari, mintaqadagi xalqaro aloqalar, xonlarning
shaxsi va ularning tavsifi, xon amaldori va ularning axloqiy xislatlari, Buxoroda
qanday tovarlar ishlab chiqarilishi va ularni sotish uchun qaerlarga olib borish
haqida ma‘lumot berishga harakat qilgan.
U o‗z xabarlari - «Relyatsiyalar»ini Rossiyaga turli shaxslar orqali
jo‗natib turadi. Ular ichida mashhur grek tilmochi Ivan Dementev, boshqird
mullasi Maksyut Yunusov, italyan kamerdineri Nikolay Miner bor edi. Bu shaxslar
savdogarlar tarzida uzoq va mashaqqatli yo‗lni bosib, uch oydan olti oygacha
bo‗lgan vaqt davomida Rossiyaga yetib olganlar. Xususan, Nikolay Miner 1723
yilning aprelida yozilgan xatni 1724 yil aprelidagina Moskvaga yetkazib olib
keladi.
Florio Beneveni 1723 yilning martida Tashqi ishlar kollegiyasidan Buxoroda
rejalashtirilgan ishlarni bajarganligi bois Rossiyaga qaytish uchun ruxsat so‗raydi.
Rossiyadan unga ruxsat tezda yuboriladi. Biroq elchi ruxsatnomalar bayon etilgan
bu xatni faqatgina 1725 yili oladi. Elchi orqali Rus podshosiga yozma yorliq
bergan Buxoro xoni uning ketishiga og‗zaki tarzda rozilik bildiradi. Biroq
elchining mamlakatdan chiqib ketishi uchun yozma ruxsatnoma, qo‗riqchilar
berilmaydi. Elchi 1725 yil 16 fevralida Eron orqali Rossiyaga qaytishga qaror
qiladi. Biroq yo‗lda uning orqasidan yetib kelgan turkmanlarning bosqinchiligi
tufayli yana Buxoroga qaytishga majbur bo‗ladi. Shu yilning aprel oyida u
Rossiyaga Xiva orqali qaytishga qaror qiladi. 1725 yilning avgustida u Xivadan
Rossiyaga qarab yo‗lga tushadi. Buxoro va Xiva xonlari Rus podshosiga umumiy
hisobda 7461 rubl bo‗lgan o‗z sovg‗alarini jo‗natadilar.
Florio Beneveni Buxoroga kelganida, Buxoro xonligining siyosiy hayotini
belgilaydigan asosiy xususiyatlar markaziy hokimiyatning susayishi, oliy
134
hukmdorning amirlar va amaldorlar bilan umumiy til topa bilmasligi, turli urug‗lar
beklari faolligining kuchayishi va o‗zaro urushlar, Xiva qo‗shinla-rining Buxoro
xonligiga bosqinchilik yurishlarining tez-tez amalga oshirib turilishi bilan ham
xarakterlanadi. Mamlakatning ichki hayoti va tashqi holatiga xos bu xususiyatlar,
ayniqsa, Ubaydullaxon (1702 - 1711) davrida o‗zining yuqori nuqtasiga chiqdi.
Rus elchisi Buxoro xonligida bo‗lgan vaqtida mamlakatdagi siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda inqiroz kuzatilmoqda edi. Bu davr-da davlatni
boshqargan Abulfayzxon (1711 - 1747) hukmronligini muarrix Abdurahmon Tole‘
quyidagicha ta‘riflaydi: «Qisqa qilib aytganda, hukmdorning... hukmronlik
yillarida hamma tomonlarda isyon va g‗alayonlar kelib chiqib, o‗zbeklar bir-birlari
bilan dushman edilar». Bu hukmdorni rus elchisi «yosh, mulohazasiz va harakatlari
doimiy bo‗lmagan» bir shaxs sifatida ta‘riflaydi.1 Abulfayzxon davrida o‗zining
yuqori nuqtasiga chiqqan inqirozni Florio Beneve-ni ham eslatib, Toshkent,
Xo‗jand, Balx, Badaxshon. Hisor va boshqa viloyatlar poytaxtlari bilan deyarli
mustaqil mulklarga aylanga-nini ko‗rsatib o‗tgan edi.
Siyosiy hayotda yuzaga kelgan bunday holat ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
ham izdan chiqishi va notekis rivojlanishiga olib kelgan. Bu voqelikni Florio
Beneveni ham qayd etib o‗tgan. Uning 1722 yilgi ma‘lumotiga ko‗ra, siyosiy
kuchlarning qarama-qarshiligi ayrim hukmron doira vakillarining mamlakatdan
ketishiga va tashqaridan turib uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jiddiy putur
yetkazishiga olib kelgan. Bunday shaxslardan biri dashtga ketishga majbur bo‗lgan
«Ko‗r-otaliq» bo‗lib, u dashtda «o‗zbeklarning boshqa partizan otryadlari bilan
do‗stlashib, butun atrofda (Buxoroning) o‗ziga qadar katta talonchiliklarni amalga
oshirdi». Elchining alohida qayd qilishicha, nomi zikr etilgan bu shaxs «hech bir
qishloqni butunligicha qoldirmadi, hamma narsani talab olib ketdi. Bundan
tashqari, shahar oziq-ovqat va boshqa zaxiralardan shunday mahrum bo‗ldiki,
oddiy xalq o‗z bolalarini sotishga va shu yo‗l bilan kun ko‗rishga majbur bo‗ldi,
ayrimlar esa ochlikdan o‗ldilar».
Siyosiy notinchlik va iqtisodiy buhronlar davrida shahar va qish-loq ahlidan
turli soliqlar sifatida tushadigan daromad hisobiga yashovchi oliy tabaqa vakillari
nochor ahvolga tushib qolganlar. Buni Florio Benevenining quyidagi so‗zlaridan
ham kuzatish mumkin: «Xonning o‗zi tuyalari, otlari va qoramolining yarmidan
ko‗pini yo‗qotdi va oziq-ovqat va yem-xashakka ehtiyoj sezib, ularni pulga sotib
olishga majbur bo‗ldi», - deb qayd etadi rus elchisi.
Rus elchisi Buxoro xonligini Rossiyaga harbiy ittifoqchi bo‗la olmasligini
ham o‗z xabarlarida asoslab bergan. U Buxoro xonligiga kelgan vaqtida xonlikda
«hech qanday muntazam qo‗shin» yo‗qligi, shuningdek, bu davlatda loydan
qurilgan ayrim qal‘alardan tashqari harbiy fortlar mavjud emasligini ham qayd etib
o‗tadi. U muomalada bo‗lgan qurollar haqida fikr yuritib, bu yerda artilleriya
135
yo‗qligi, askarlar asosan piltali miltiqlarga ega ekanligi haqida guvohlik beradi.
«Ularning qurollari tatarlarniki kabi, ba‘zilarida o‗t oldiriladigan piltali qurol bor,
boshqalarida esa faqat nayza va kamon bor», - deb qayd etadi Beneveni.
Florio Benevenining Buxoro to‗plari haqidagi ma‘lumoti alohida diqqatga
sazovordir. Uning yozishicha, Buxoro xonligida 14 to‗p bo‗lib, ular shayboniy
hukmdor Abdullaxondan ashtarxoniy hukmdorlariga meros tariqasida o‗tgan. Rus
elchisi bu to‗plar Abdullaxonga mo‗g‗ullardan o‗tgan degan noto‗g‗ri fikrni
bildiradi. Aslida, bu to‗plar va o‗qotar qurollar Buxoro xonligining o‗zida
Abdullaxon davrida tayyorlangan edi. Bu yerda zambaraklar, manjaniqlar va
to‗fanglar (miltiqlar) ham ishlab chiqarilgan. Ularni yasagan va ishlata bilgan
ustalar juda e‘zozlangan. Shunday shaxslardan biri, Hofiz Tanish Buxoriyning
ko‗rsatishicha, «Hunar ustasi Ustod Ruhiy» bo‗lib, u qal‘alarni qo‗lga kiritishda
keng qo‗llanilgan neftli toshni tayyorlovchi «qozonlar» qurib, bu moddani
tayyorlash va otish ishiga boshchilik qilgan. Buni 1697 yili Buxoroda bo‗lgan F.
Skibinning bu yerda «mayda o‗qotar qurol ko‗p. Porox va qo‗rg‗oshinni o‗zlari
tayyorlaydilar, bir sarjinli jangovar to‗plar esa ellikta» degan qaydi ham
tasdiqlaydi. Florio Beneveni, shuningdek, Buxoro qo‗shinidagi mavjud to‗plar
(zambaraklar) tuyalarda bir yerdan ikkinchisiga olib yurilishi va tuyalar ustidan
turib ulardan nishonga olinishi haqida ham xabar berib o‗tgan.
Buxoroda o‗qotar qurollar yasash uchun xomashyo yetarli edi. Buni Florio
Beneveni ham alohida ta‘kidlab o‗tadi. Uning yozishicha, bu yerda porox ko‗p
bo‗lib, uni ishlab chiqarishga ketadigan selitra va qo‗rg‗oshin xonlikda ko‗p edi.
Rus elchisi O‗rta Osiyo xonliklari, xususan, Buxoro xonligining harbiy
kuchlarini ham kuzatib, o‗z fikrlarini Tashqi ishlar kollegiyasiga jo‗natgan. U
maxfiy tarzda o‗z kuzatuvlarini olib borgani bois bu boradagi elchining fikrlari
ayrim hollarda biryoqlamaligi bilan ajralib turadi. Uning yozishicha, Buxoroda
o‗zbeklar 32 urug‗dan tashkil topgan bo‗lib, ular markaziy hokimiyatga 90 ming
askardan iborat qo‗shin yig‗ib bera olgan va ular faqat otliq askarlardan iborat
bo‗lgan. Aslida, bu haqiqatga biroz zid fikrdir. Florio Beneveni bu o‗rinda otliq
askarlardan iborat gvardiyani nazarda tutgan bo‗lishi kerak. Zero, xonlik qo‗shini
muntazam va nomuntazam qo‗shindan iborat bo‗lgan. Nomuntazam qo‗shin urush
harakatlari avj olgan davrlardagina to‗plangan, mamlakatda tinchlik hukmronlik
qilgan vaqtda esa bu qo‗shinni tashkil etgan aholi vakillari o‗z faoliyatlari-
dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va boshqalar bilan shug‗ullanganlar.
Buxoro xonining shaxsiy gvardiyasi ham bo‗lib, Florio Benevenining
yozishicha, u 350 ta qalmiq va 150 xonozoddan iborat bo‗lgan.
Florio Beneveni Buxoro xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim
ma‘lumotlarni ham yozib qoldirgan. Jumladan, u xonlik shaharlari, ularning
tuzilishiga oid bir qator ma‘lumotlarni qayd etib o‗tgan. Uning yozishicha, Buxoro
136
xonligida 23 ta shahar bo‗lgan: Karmana, Vobkend, Nurota, Shahrisabz,
Samarqand, Toshkent, Turkiston, Qarshi, Hisor, Balx, Andxoy, Kutnam, Chorjo‗y,
Qorako‗l, Yoychi. Shu bilan birga, u ayrim xatoliklarga ham yo‗l qo‗ygan.
Jumladan, shu asr boshida tashkil topgan Qo‗qon xonligi tarkibiga kirgan Qo‗qon.
Marg‗ilon, Namdjan (Namangan), Indijan (Andijon) va Qashg‗arni Buxoro
xonligiga qarashli shaharlar tarzida noto‗g‗ri talqin qilgan.
Xonlikning poytaxti Buxoro haqida yozgan rus elchisi uning kattaligini qayd
etib o‗tadi. Shuningdek, shaharning paxsa va xom g‗ishtdan qurilgan devorga ega
ekanligi, devorning 12 darvozasi borligi hamda shaharda 15 ming oila yashashi,
ularning hovlijoylari xom g‗ishtdan qurilgani, faqatgina oliy hukmdor saroyi va
masjidlar binosi pishiq g‗ishtdan qurilganligini qayd etib o‗tadi.
Rus elchisining Samarqand haqidagi ma‘lumotlari ham diqqatga sazovor.
XVI asrning 60-yillariga kelib temuriylar poytaxti Samarqand mamlakat siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi yetakchilik rolini Buxoroga bergan. Biroq keyingi
asrlarda ham Samarqand mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta mavqega ega
bo‗lgan. Xususan, u hokimiyat tepasiga kelgan oliy hukmdorlarning shaharda joy-
lashgan «ko‗k toshga o‗tirish» rasmiy marosimi o‗tkaziladigan markaz sifatidagi
ahamiyatini saqlab qoldi. Mir Muhammad Amin Buxoriy dunyo hukmronligini
orzu qilgan turli hukmdorlar «Samarqandda ... ko‗k toshga o‗tirar edilar», deb
yozadi, Ubaydullaxon Ashtarxoniy ham «mag‗rurona va tantanavor tarzda yurib,
ko‗k toshga o‗tirdi... Buxoro va Samarqand amirlari va ruhoniylari baxtli
hukmdorning taxtga o‗tirishi bilan o‗z tabriklarini bildirdilar», deb qayd etadi.
Mahalliy muarrixlarning bu ma‘lumotlarini Florio Beneveni ham tasdiqlaydi.
Uning yozishicha, Buxoro xonlari Samarqandga borib, u yerdagi go‗yoki
«osmondan tushgan» toshga o‗tirish marosimini o‗tkazganidan so‗nggina oliy
hukmdor mavqeiga erishganlar.
Florio Benevenining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri xonlikda oltin
qaerdan va qancha qazib olinishi haqidagi ma‘lumotlarni aniqlashdan iborat edi. U
bu vazifaga ham mas‘uliyat bilan yondashgan va muayyan ma‘lumotlarni
to‗plashga muvaffaq bo‗lgan. Albatta, bu o‗rinda uning oltin haqidagi
ma‘lumotlari biroz bo‗rttirib ko‗rsatilganini ham ta‘kidlab o‗tish lozim. Elchining
1724 yil aprel oyida yozishicha, Balx va u orqali Badaxshonga borgan. Bu yerda u
mahalliy aholi tomonidan Buxoro mollari ip gazlamalar va turli terilarning qum
shaklidagi oltin va yombi tarzidagi kumushga almashtirib olinishining guvohi
bo‗lganligini qayd etadi. Shuningdek, u bu yerda rus tovarlari igna, oyna, qaychi,
shisha, yuft terisi, zamsha terisi, ko‗k, havorang va qizil movut, oz miqdorda ingliz
movuti va boshqalarni ko‗rganini, ular ham oltin va kumushga almashtirilganini
qayd etgan.
137
Oltin konlari haqida yozar ekan, Florio Beneveni ularning Balx va
Badaxshonda mavjudligi, aholi ularni Amudaryodagi qumdan ajratib olishini
aytgan edi. Uning yozishicha, shuningdek, oltin «Kaskar» (Qashg‗ar), Marg‗ilon,
«Idizan» (Andijon) va «Taskent» (Toshkent)da ham bor edi.
Shunday qilib, Pyotr I tomonidan yuborilgan, kelib chiqishi italyan bo‗lgan,
rus rasmiy diplomatik xizmatida faoliyat ko‗rsatgan Florio Beneveni o‗zining yetti
yillik elchiligi davomida nafaqat Rossiya, balki O‗rta Osiyo xonliklari tashqi
aloqalari rivojiga muayyan hissa qo‗shdi. Uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
ado etish borasida kechirgan sarson-sargardonliklari, Buxoro xonligiga qilgan
sayohati davomida ko‗rganlari haqidagi ma‘lumotlari bu davr siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini o‗rganishda muhim manba vazifasini o‗taydi. Bu ma‘lumotlar
mahalliy muarrixlar ma‘lumotlari bilan birgalikda XVIII asrning birinchi
choragidagi Buxoro xonligining tarixiy qiyofasini tiklashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: |