O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   112
Mirza Abduazim Somiy Bo„stoniy
(1838-39-1914 y. keyin) Buxorolik 
mashhur tarixshunos olim va shoir. Somiy bir necha tarixiy asar yozib qoldirgan, 
jumladan «Tuhfayi shohiy» (Podshoning tuhfasi), «Tarixi salotini Mang‗itiya» 
(Mang‗it hukmdorlari tarixi) asarlaridir. Uning «Tuhfayi shohiy» (1900-1902 yy.) 
ham, «Tarixi salotini Mang‗itiya» (1907) ham bir davr tarixiga, Buxoro 
amirligining amir Muzaffar davridagi tarixiga bag‗ishlangan. Biroq ular ma‘lum 
darajada bir-biridan farq qiladi. «Tarixi salotini Mang‗itiya» nisbatan ob‘ektiv 
yozilgan. Asarning ahamiyati shundaki, unda Buxoro xonligining O‗rta Osiyoning 
Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasida iqtisodiy va siyosiy ahvoli, Buxoro-
Rossiya munosabatlari bir muncha keng yoritilgan. 
Mirza Salimbek.
To‗la ismi: Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim XIX 
asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o‗tgan tarixchi. Hayot va 
faoliyati haqida quyidagilar ma‘lum: 1850-51 yillarda tug‗ilgan (Buxoro) 1871 yili 
Narpay va Ziyovuddin hokimiga kotib bo‗lib ishga kirdi, lekin olti oydan keyin 
amir Muzaffarning amri bilan Toshkentga kuzatuvchi qilib yuborilgan. Mirza 
Salimbek Toshkentga choyfurush qiyofasida keladi va bu yerda 12 yil istiqomat 
qiladi. 1880-1883 yillarda u amir huzurida, 1884-1885 yillarda Turkiston general-
gubernatori huzurida, Buxoro vakili bo‗lib turdi. 1885 yili Mirza Salimbek Somjin 
tumaniga amlokdor qilib tayinlanadi. Shundan keyin uning martabasi yil sayin 
ortib boradi. 1888-1893 yillarda Nurota, Boysun shahrining mirshabi, 1893-1920 
yillarda Nurota, Boysun, Serobod, Shahrisabz, Chorjo‗y viloyatlarining hokimi va 
bosh zakotchi vazifasida turdi. Inqilobdan keyin (1920) u ba‘zi sovet 
tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarixi» (Tarixshunoslar 
jamiyati) da xizmat qildi, juda ko‗p asarlar yozdi. Tarixchilar uchun eng muhimi 
uning so‗nggi asari «Tarixi Salimiy»dir. Asarning yozilgan yili noma‘lum. 
Tadqiqotchilarning fikricha asar 1920 yillarda yozilgan. 


148 
Asarda, amir Muzaffar davrida Hisor, Ko‗lob, Boljaun, Qorabegin va 
Darvozda bo‗lib o‗tgan feodallar isyoni, Buxoro-Qo‗qon, Buxoro-Rossiya 
munosabatlari, Buxoro xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi umumiy 
ahvoli, ma‘muriy tuzilishi haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin