Muhammad Solih Toshkandiy.
To‗la nomi: Muhammad Solih domla
Rahim Qoraxo‗ja o‗g‗li. Toshkentli yirik tarixchi. U 1830 yil tug‗ilgan. 1840
149
yildan 1863 yilgacha Toshkent, Qo‗qon, Buxoroning nufuzli madrasalarida ta‘lim
olgan, arab, fors tillarini mukammal bilgan.
Tarixchi olim Muhammad Solih o‗lkani tarixini o‗rganishda 25 yildan ortiq
vaqt sarfladi. Nihoyat 1863-1888 yilgacha izlanishlar samarasi sifatida uning
«Tarixi jadidayi Toshkent» (Toshkentning yangi tarixi) deb atalgan va ikki jilddan
iborat kitobi yozilgan. Birinchidan jildda qadim zamonlardan to XV asr oxirgacha
Sharq mamlakatlarida, shuningdek O‗rta Osiyoda bo‗lib o‗tgan voqealar, ikkinchi
jildda esa Farg‗onaning XV asr oxiridan to XIX asrning 80-yillarigacha bo‗lgan
ijtimoiy siyosiy tarixi bayon etiladi.
Asarning ilmiyligi shundaki, Toshkent shahri va viloyatiga doir tarixiy,
jug‗rofiy ma‘lumotlar atroflicha, izchillikda berilib, Toshkentning XIX asr qiyofasi
shu asar orqali mukammal yozildi. Shaharning devor va qo‗rg‗onlari, ularning
orasidagi masofa, toponimik ma‘lumotlar, shaharning 12 darvozasi, dahalari,
masjid-madrasalari, hammomlari, bozorlari, hunarmandchilik sohalari, qishloq
xo‗jalik, qabriston va maqbaralari, suv ta‘minot shahobchalari, bog‗lar, mevayu-
sabzavotlar, ekin-tekinlari siyosiy tarzda bayon qilingan.
Turkiston o‗lkasini o‗rganishda statistika komitetlari ham ma‘lum rol
o‗ynaydi. 1868 yil yanvarida Turkiston statistik komiteti tuzildi. Uning tashabbusi
bilan 1872 yilda «Turkiston o‗lkasi statistikasi uchun materiallar» chiqarida
boshlandi (1872-1876 yillarda hammasi bo‗lib besh to‗plam chiqarildi). 1887 yil 1-
yanvardan boshlab Sirdaryo (Toshkent), Samarqand (Sam), Farg‗ona (Yangi
Marg‗ilonda) oblastlarida statistika komitetlari tuzildi. Komitetlar oblastlarda xos
obzorlar nashr qilib, ularda «tabiiy va ishlab chiqarish kuchlari», xalq xo‗jaligi
irrigaciya sistemalari yo‗llari, sog‗likni saqlash va maorif jamoat obodonchiligi,
ob-havo kuzatishlari va xalq haqidagi mufassal ma‘lumotlar berilgan. 1886-1913
yillarga oid «Sirdaryo oblasti obzorlari» nashr qilingan edi.
O‗rta
Osiyo
xalqlarining
turmushiga
bag‗ishlangan
ilmiy
va
o‗lkashunoslikka bag‗ishlangan turli xil xabarlar va maqolalar «Turkistanskie
vedomosti» gazetasi (Toshkent 1870-1917 y.) va boshqa mahalliy matbuotda
muntazam bosilib turdi.
1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozir A.
Navoiy) o‗lkani o‗rganish bilan shug‗ullanuvchi barcha tadqiqotchilar, ayniqsa
ma‘alliy xodimlar uchun katta ahamiyatiga tega bo‗ldi. Kutubxona fondida
saqlanayotgan adabiyot va manba majmualaridan «O‗rta Osiyoga ayniqsa
Turkiston o‗lkasiga taaluqli Turkiston asarlar va maqolalar to‗plami» juda ham
qimmatli asar bo‗lib, hamon o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Bu to‗plamni tuzish
ishlarini ko‗zga ko‗ringan rus bibliografii V.I. Mejov Peterburgda 1868 yilda
bosib, 20 yil davomida olib borgan. 1888 yilda to‗plamga kirgan katta-katta
tomlarning soni 416 taga yetganda (bular 1667-1887 yy.) o‗lkadagi chor
150
ma‘muriyatining buyrug‗i bilan «mablag yo‗qligi sababli» bu ishlar to‗xtatilgan
edi. V.I. Mejov «Turkiston to‗plami»ga uch kitobdan iborat sistematik va alfavit
ko‗rsatgich tuzgan.
1872 yilda A.L. Kun va boshqa sharqshunoslar mashhur «Turkiston albomi»
(Turkiston o‗lkasining tipografiya, filologiya, kasb-hunar va tarixiga doir su‘ratli
albomni tuzib tamomladilar).
Dostları ilə paylaş: |