XX
asr
boshida
Turkistondagi
ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni
o„rganishda «Sadoi Turkiston» gazetasi muhim manba sifatida.
Jadidlar o‗z
g‗oya va qarashlarini xalq ongiga singdirishda, ularning dunyoqarashini
o‗zgartirishda o‗lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan ommani xabardor qilib
turishda gazeta va jurnallardan keng foydalanganlar. Ana shunday gazetalardan
biri 1914 yil 1-apreldan Toshkentda chiqa boshlagan «Sadoi Turkiston» gazetasi
bo‗lib, uning noshiri va muharriri mashhur advokat Ubaydulla Asadullaxo‗jaev
bo‗lgan.
«Sadoi Turkiston» gazetasini muhim manba sifatida O.Sharafiddinov,
A.Jalolov, Sh. Turdiev, N. Karimov, B. Do‗stqoraev, M. Olimov, U. Dolimov,
Z.Eshonova, H. O‗zganboev, N. Abduazizova va boshqalar o‗rganganlar. Ushbu
olimlar gazetaning adabiy, madaniy, ma‘rifiy hamda qisman ijtimoiy-siyosiy
masalalardagi maqolalarni tahlil qilishgan.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, quyidagi gazetada chop etilgan ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarga oid maqolalarni tahlil etishga harakat qilindi. «Sadoi
Turkiston» gazetasida chop etilgan ijtimoiy-iqtisodiy maqolalarni mazmunnga
ko‗ra 3 guruhga ajratish mumkin:
1.Turkistonning ijtimoiy ahvolini aks ettiruvchi maqolalar
2. Qishloq xo‗jaligiga doir maqolalar
3. Savdo-sotiq munosabatlari va bank faoliyatiga oid maqolalar.
Turkistondagi ijtimoiy ahvol haqida guvohlik beruvchi fikrlarni o‗zida
jamlagan Hamza Hakimzoda Niyoziyning «Faqirlik nimadan hosil bo‗lur»,
Mirmuhsin
Shermuhammedovning
«Bekorchilik
maydoni»,
Ne‘matulla
Mahsunovning «To‗ylarning ma‘naviy zararlari», Sayfiddinning «Xatna to‗yi»,
Vahhob Ibodiyning «Turkiston ahli nima uchun inqirozga yuz tutdilar?»,
Ubaydullaning «Bizda shahar soliqlari», Cho‗lponning «Milliy hayot va Turkiston
musulmonlari» kabi maqolalarda o‗lkadagi ijtimoiy ahvol yoritilgan.
Jumladan, Hamza maqolasida xalq ommasining turmush darajasi va
faqirlikka yuz tutish sabablarini ko‗rsatishga urinadi. U nima sababdan ilgari
hunarmandlar bir hunar bilan bo‗lsa ham o‗z hayotiy ehtiyojlarini ta‘min etganlar,
hozirgi davrga kelib (XX asr boshi) hunarmandlarning ko‗pchiligi gado va faqir
bo‗lib borayotganligini aytadi .
151
Hamza millatning xorlikka va faqirlikka uchrashida ilmsizlikni asosiy
o‗ringa qo‗yadi. Ilmli iisonlarni ilmsiz insonlarga ibrat qilib ko‗rsatadi. «Mana siz
ila insonlikda barobar bo‗lib ilm o‗qigan insonlarni ko‗rasizmi? Sizdan davlati
taraqqiy etmagan bo‗lsa ham siz kabi hor, zor bo‗lmasdan bir falon ila maishat
o‗tkazib kelmoqdadur».
Milliy taraqqiyparvarlarning yana bir namoyondasi Mirmuhsin Shermuham-
medov o‗z maqolasida Turkiston musulmonlari bir yillik daromadlarini jamg‗arib,
choyxonalarga, bozorlarga to‗planib, qish bo‗yi vaqtlarini bekorchilik bilan
o‗tkazishlarini ta‘kidlaydi.
Mirmuhsinning Turkistonni «bekorchilik va ishsizlik maskanidur» deb
e‘tirof etishida ko‗chalarda odamlarning maqsadsiz-yurishlari, aksariyat vaqtlarini
bekorchilik bilan o‗tkazayotganlari sabab bo‗lgan.
Xalqning ishsiz va bekorchilikda qolganligi xususida so‗z ketar ekan bu
masalaga har tomonlama e‘tibor berib, so‗ngra o‗sha davrga baho berilsa o‗rinli
bo‗ladi. Chunki o‗lkada ishsizlar sonining o‗sishi, xalq ongining bu tariqa
qashshoqlashuvi sabablarini: birinchidan, aholi mashg‗ul bo‗lishi mumkin bo‗lgan
ish o‗rinlarining yo‗qligidan, ikkinchidan, zamondai uzilib qolgan xonliklarda olib
borilgan noto‗g‗ri siyosat natijasida, uchinchidan, XIX asr ikkinchi yarmida Chor
Rossiyasi tomonidan o‗rnatilgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlaridan
qidirish lozim.
Milliy taraqqiyparvar Vahhob Ibodiy maqolasida Turkiston ahlining
inqirozga yuz tutishiga sabab bo‗lgan omillar ko‗rsatib o‗tilgan:
- maktab va madrasalar, ta‘lim usulining zamonaga muvofiq isloh
etilmagashshgi;
-ta‘lim uchun zarur darsliklarning yetarli emasligi;
- taraqqiy etgan millatlarning muallim va mudarrislaridan ish o‗rganib,
tajriba almashilmaganligi, musulmon bo‗lmagan millatlardan o‗rnak olib,
islohotlar qilishni gunoh sanab, o‗z qobig‗iga o‗ralashib qolganligimiz;
- chet davlatlarga borib; zamonaviy ilmlarni o‗rganilmaganligi
Shahar soliqlari xususida so‗z yuritilgan maqolada muallif uy-joy uchun
belgilangan soliq miqdori nima uchun aholiga og‗ir kelayotganligi borasida fikr
yuritib, xalqning og‗ir turmush tarzi haqida ma‘lumot bergan. Muallif bunga sabab
bo‗lgan omillarning ob‘ektiv va sub‘ektiv tomonlarini ko‗rsatib berishga harakat
qilgan. Uning fikricha yuzaga kelgan muammoning ob‘ektiv tomoni bu mahalliy
aholining o‗zi, ya‘ni ularning zamonaviy ilmlarga nisbatan bee‘tiborligi, zamon
talabiga mos ravishda harakat qilmaganligi va o‗z turmush tarzini yaxshilash
uchun jiddiy kurashmaganligi, eski odatlar ta‘sirida qolib ketganligidir. Subektiv
tomoni esa - mustamlakachilik asoratidir. Muallif bu haqda shunday yozadi: «...
Ilgari shahar soliqlari hozirgidan kamroq emdi. Chunki zamon shundoq edi. U
152
vaqtlarda bizam xalqning topgan pullari oila tarbiyasig‗a ham, soliqlarg‗a ham
yetardi va hech bir siqulish sezilmas edi. Ammo xalqda iqtisodiy va moddiy
quvvat esa hozirdagidan ko‗p yaxshi edi. Yerlar, mol va mulklar har kimning
qo‗lida bo‗lib, Turkiston musulmonlarig‗a Turkiston hayoti uchun har tarafdan
yo‗llar ochiq edi. Taassufki hozirda bizam hollar pastlandi. Iqtisodiy kuch
kamaydi. Mol va mulklar ozaydi».
XX asr boshida Turkiston sarhadlarida gadoylar soni ortib borgan. Bu holat
o‗lka xalqlarining ahvoliii yanada og‗irlashtirgan.
Milliy taraqqiyparvarlardan biri Cho‗lpon o‗z maqolasida gadoylarning
dangasalik va xushyoqmaslikdan o‗zlarini jinnilikka solib, odamlarga yuk bo‗lib
yurishlari, go‗loxlarda yotishlari isirig‗chilik va hunarsizlik oqibatida kelib
chiqqanligini iztirob bilan ta‘kidlaydi.
Muallifning fikricha, Turkiston xalqlarining qiyinchiliklardan qutulishlari,
farovon yashashlari uchun birdan-bir yo‗l - zamon talablariga asoslanib, barcha
imkoniyatlarni ishga solib, zamonaviy ilm va hunarlarni chuqur egallashdir.
Turkiston qishloq xo‗jaligi haqida guvohlik beruvchi qarashlarni o‗zida
jamlagan Abdusami qori Ziyoboevning «Tuprog‗imiz, oltindur», Abdurauf
Muzaffarzodaning «Tuproq nadur?», «Ichor suvlarimizga bir nazar». «Havo va
oning unsurlari» kabi maqolalarda o‗lkaning asosiy iqtisodiy tayanchi hisoblangan
qishloq xo‗jaligi xususida so‗z yuritiladi.
Milliy taraqqiyparvar Abdusami qori Ziyoboevning‗ maqolasida aholi
yashash tarzining og‗irlashishiga dehqonlarni arzimagan sabablar bilan ham
yaxshi, hosildor yerlarni «ajnabiylarga» sotib yuborayotg‗anligida deb bilgan va
ularni har qanday holatda ham yerlarini o‗zlarida saqlab qolishga da‘vat qilgan.
Turkiston yerlari bebaho ekanligini ta‘kidlab, buni anglagan ajnabiylar qanday
bo‗lmasin yerlarni sotib olishga harakat qilayottanligi va bunda oxir oqibat o‗lka
yerlarini begonalar qo‗liga o‗tib ketishi mumkinligini kuyunib yozgan.
Shuningdek, Turkiston yerlari butun xalqimizning asosiy iqtisodiy tayanchi
ekanligi, agar astoydil mehnat qilinsa, katta foyda olish mumkinligini uqtirib, uni
qadriga yetish, yerdan unumli foydalanishga chaqirgan. Fikrini isboti sifatida
boshqa millat vakillarini yerimizdan qanday foydalanayotgani va nima uchun ular
boyib ketayotganligiga misollar keltirgan. Muallif o‗zining «Tuirog‗imiz oltindur»
nomli maqolasining davomida dehqonlar, umuman qishloq xo‗jaligidagi inqiroz
sabablarini majoziy yo‗l bilan ochib berishga harakat qilgan, ya‘ni xuddiki muallif
o‗zining sayohati davomida uchratgan bir rus hamda qozoq dehqonlari bilan
suhbatda bo‗lgan. Muallif bu suhbatni dialog, ya‘ni savol-javob tarzida keltirib,
mahalliy dehqonlarni inqirozga yetaklagan omillarni, o‗sha davrning og‗riqli
nuqtalarini ko‗rsatib bergan. Abdusami qori Ziyoboevning yozganidan shuni
anglash mumkinki, mahalliy dehqonlar yerdan unumli foydalanmagan, buni
153
uddalangan chog‗da ham ular sun‘iy to‗siqlarga duch kelgan. Buning birinchisi,
Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati bo‗lsa, ikkinchisi, qarz beruvchi
sudxo‗rlarning turli hatti-harakatlari hamda dehqonlarning ularning ta‘siridan
qutula olmagani edi.
Taraqqiyparvarlarning yana bir namoyandasi Abdurauf Muzaffarzoda
Turkiston o‗lkasidagi yerlarning unumdorligini ta‘kidlab, o‗lka xalqlarini
dangasaliklar, yalqovliklar butunlay voz kechib, ana shunday unumdor yerlardan
oqilona foydalanishga chaqiradi. Aks holda o‗z yerlaridan ham ajralib qolishlarini
uqtiradi.
Bu davrlarda dunyo xalqlari bir parcha yer uchun o‗z jonlaridan,
mulklaridan kechayotganliklarini, bor kuchlari bilan yerga yopishayotganliklarini
aytib, «endi bizam dunyodan eng oxirgi nasibamiz bo‗lg‗on shul tuprog‗imizga
e‘tibor bermovimiz arzirlik... ulug bir jinoyatdur... Agar bu kundan e‘tiboran
tuprog‗imizning qadrini bilub ziroatg‗a yopushsak el ichida xayolimizga ham
kelmagon saodatga erishmog‗imiz tabiiydur» - deb ta‘kidlaydi.
Abdurauf Muzaffarzoda turkistonliklar uchun ziroatchilikdan boshqa kasb
yo‗q, bo‗lsa ham ziroat qadar foydali emasligini qayd etgan. Uning bunday fikrga
kelishiga o‗lkada hunarmand va kosiblarning Rossiya imperiyasining sanoati va
bozorining kirib kelishi natijasida kasodga uchraganligi, o‗z kasblarini tark etib
ishsizlar safini to‗ldirib borayotganliklari asosiy sabab bo‗lgan. Bu bilan muallif
o‗lkada dehqonchilik yaxshi rivojlangan demoqchi emas, balki o‗lkadagi og‗ir
ijtimoiy-iqtisodiy holatdan biroz bo‗lsada qutulish uchun izdan chiqib borayotgan
dehqonchilikning islohiga alohida e‘tibor berib, rivojlantirib, shu orqali ahvolni
ma‘lum darajada yumshatish mumkinligiga urg‗u bergan.
Bu davrda Turkiston aholisining siyrakligini hisobga olganda yer
maydonlari keng bo‗lib, ular unumdor va mahsuldor hisoblangan. Muzaffarzoda:
«Qo‗limizda shundog‗ tuprog‗imiz bo‗lg‗oni holda oning islohiga hech ahamiyat
bermasdan, qissamizdagi eng so‗nggi tiyinlarimizg‗acha isrof qilub samavarlarda
va boshqa foydasiz o‗rinlarda ovqat o‗tkorurmiz. Endi Ollohning bizga bergon
ulug‗ ne‘matig‗a bu holimiz kufron ne‘mat bo‗lmasmu?» - deb xalqqa murojaat
qilgan.
Turkistondagi savdo-sotiq munosabatlarini va bank faoliyatini yorituvchi
No‗shiravon Yovushovning «Turkistonda tijorat va ziroat», «Talabgor bormu?»,
Saidnosir Mirjalilovning «Turkistonda savdogarlik», «Banklar haqinda» kabi
maqolalarda o‗lkadagi savdo-sotiq va banklar faoliyati xususida so‗z yuritilgan.
Milliy taraqqiyparvarlardan biri No‗shiravon Yovushov maqolasida
Turkistonda tijorat ishlari yaxshi ketmayotganligini, bu soha bilan shug‗ullanuvchi
savdogarlar kasodga uchrayotganligini bayon qilib o‗tadi. Muallif bu holatii
keltirib chiqarayotgan sabablar yuzasidan o‗z fikr-mulohazalarini bildirib,
154
«muvafaqqiyatsizliklarimizning birinchi sababi «nasya»dir», deya ta‘kidlaydi.
Muallifning xabar berishicha, savdogarlar chetdan olib kelgan mollarini kichik
savdogarlarga yoki xaridorlarga nasyaga sotishgan. Nasyalarning vaqtida
yig‗ilmasligi esa o‗z-o‗zidan chetdan tovar olib keluvchi savdogarlarning
sarmoyasini kamayishiga, u ham tovarni chetdan nasyaga olib kelganligi uchun
qarzdorlikni o‗sishiga olib kelgan. Natijada o‗sha savdogar faoliyati tanazzulga
yuz tutgan. Nasyalarning unmay qolishiga esa o‗lka aholisining faqirligi sabab edi.
Chunki bu vaqtda aholining ko‗pchiligi mamlakatning asosiy tayanchi hamda
ularning turmushini yaxshilovchi, doimiy mahsuloti bo‗lgan ziroatchilik bilan
shug‗ullanmay, aksincha savdogarlik ilmidan bexabar holda va yetarli sarmoyaga
ega bo‗lmasdan tijorat bilan shug‗ullanishga intilishgan. Havaskor savdogarlarning
ko‗payishi dehqonlar sonining qisqarishiga, oqibatda kundalik oziq-ovqat
mahsulotlari kamayishiga olib kelgan. Savdo-sotiqni nasya evaziga yuritilishi,
hatto ko‗pgina kishilarning yer va mol-mulklaridan ajralib qolishiga ham sabab
bo‗lgan.
Saidnosir Mirjalilovning «Turkistonda savdogarlik» nomli maqolasida ham
Turkistonda savdogarlarning inqirozga yuz tutishiga birinchidan, tijorat sohasida
tajribasiz, kichik sarmoyaga ega shaxslar va oluvchidan sotuvchining ko‗payib
ketganligi, ikkinchidan, olingan tovarni tezroq ketkazish maqsadida uning foyda-
zarariga qaramasdan sotishganligi, uchinchidan, banklar sabab bo‗lganligi qayd
etilgan. Muallif inqirozning uchinchi omili hisoblangan banklar xususida so‗z
yuritib, mahalliy savdogarlar va tadbirkorlar avval qilinadigan ish rejasini
tuzmasdan, olinadigan daromadni puxta hisob-kitob qilmasdan banklardan qarz
olishganligi uchun ular tez orada qarzdorlik domiga tushishgan. Ko‗p hollarda bu
ularni butun mol-mulklaridan mahrum bo‗lishiga olib kelgan .
«Talabgor bormu» nomli maqolada ham o‗lkaning tabiiy boyliklari
hisoblangan quruq va ho‗l mevalar Turkistonga millionlab foyda keltirishi
mumkinligi haqida yozilib, ammo ana shu millionlar boshqalar kissasiga
tushayotganligi takidlangan. Buni muallifning « ... bu bilan shug‗ullanuvchi
Samarqanddagi bir nechta firmalarni keltirib o‗taman. ... Tovarishestvo
Mijirovskiy ham sheriklari Tovarishestvo Shobbod ham Ro‗zenberg‗ (Londonda),
Londunda ham meva sotadurgan konturi bor Tovorishestvo Bramorabiyon, bular
millionlab oborut qiladurg‗an firmalar. Mevalari juda ko‗bdir. Zikr qilinmish
firmalarning har oyig‗a 500 so‗mg‗acha mo‗yana oladurg‗on xizmatkorlari bor.
Bularning hammasi kimning hisobiga yashaydurlar? Albatta bizni» kabi fikrlari
buni tasdiqlaydi.
Maqolada ana shu ishlarni mahalliy tadbirkorlar o‗z qo‗liga olishi lozimligi
ta‘kidlanib, «Xo‗jand va oning atrofida qurug‗on meva milliun so‗mdan ko‗bga
furush bo‗ladur. Isfara va Konibodomda bundan 4 hissa ko‗b, Qurig‗on ham ho‗l
155
mevaning har ikkisini sotub olmak mumkindur. Bizning bilgan ishlarimiz
samovarchilik, baqqolchilik, qassobchilik, bazzozlik, attorlik. Bular ham ish.
Bularda raqobat katta, shuning uchun bo‗lsa kerakki, keyingi vaqtlarda ko‗p
odamlar bazzozlikdan foyda yo‗q deb, zorlana boshladilar. Burungi zamon
yo‗qoldi. Hozir yangi ishlar o‗ylamoq kerak. Ish ko‗b, ishchi yo‗q. Boshqa ishlar;
guruch tozalaydigan tegirmon qilmak, meva quritadurg‗on fabrika ochmoq, yerlar
ijaraga olub, moshina qo‗yub suv chiqarmak lozim. Bu ishlarga qanday qilub
kirishamiz deysizmi? Javob: Ittifoq ila shirkat tuzub so‗ngra ishni boshlamoq
mumkindir», deya muammoni hal qilish yo‗llari ham ko‗rsatib berilgan haqinda
maqolasida o‗lkaning iqtisodiy tayanchi hisoblangan ana shu muassasalarni davlat
banki, aksionerlik banki, jamiyat va zayomli kredit banklariga ajratgan. Ushbu
maqola xususiyatiga ko‗ra qiyosiy-tahliliy qamda tanqidiy xarakterga ega bo‗lib,
muallif o‗lkadagi mavjud bank turlari va uning faoliyatini tahlil qilgan. Banklar
faoliyatini qiyosiy-tahlil qilish orqali ularda yuzaga kelgan muammolarning asl
sabablarini ochib bergan va unga sababchi bo‗layotgan omillarni tanqid qilgan.
Uning fikriga ko‗ra davlat, banklariga shu davlatga tegishli maxsus pul
mablag‗laridan bir qismi sarmoya sifatida berilgan. Bundan tashqari qo‗lida puli
bo‗la turib uni o‗zi ishlata olmaydigan kishilarning ortiqcha pullari hamda xayriya
jamiyatlarining ortiqcha pullari biroz foyda yo‗lida saqlab berish uchun ushbu
muassasa xazinasiga qo‗yilishi mumkin. To‗plangan sarmoyani bank qisqa
muddatga ishonchli banklarga, savdo do‗konlariga, savdogarlarga berishini, bu
orqali biroz foyda olib, foydaning ma‘lum foizi sarmoya egalarining qo‗ygan
mablag‗lariga qo‗shilib borilishini ta‘kidlagan.
Aksionerlik banklarini esa qo‗lidagi ortiqcha sarmoyasini o‗zi ishlata
olmaydigan, agarda ishlata bilsa ham kam foydaga qanoat qilmaydigan kishilar
tomonidan qimmatbaho qog‗oz vositasi bilan sarmoya yig‗ib ochish mumkin
bo‗lgan muassasa ekanligini aytib, bunda sotilgan aksiyalarning ko‗pligiga va
ko‗rilgan foydaga qarab aksiya egalariga foyda taqsim qilingan. Aksionerlik
banklari sarmoyaning ko‗pligiga qarab har bir shaharda o‗zining bo‗limlarini
ochishi mumkin bo‗lgan. Biroq bunday banklar Turkistonda keng tarqalmagan va
ular tezda inqirozga uchragan. Muallifning fikricha, bunga bank sistemasi emas,
balki unda faoliyat olib borgan shaxslarning ko‗proq o‗z manfaatlarini
qo‗ylaganligi, mijozlarga xizmat ko‗rsatishni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmaganligi sabab
bo‗lgan.
Turkistondagi «jamiyat va zayomli kredit» banklari asosan mayda
savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlarga xizmat ko‗rsatib, muallifning
ta‘kidlashicha, bunday banklar o‗z millatini va o‗z shahridagi xalqning
mashaqatini yengillashtirish, savdo, hunarmandchilik, sanoat va ziroatchilikni
rivojlantirishni xohlovchi shaxslar tomonidan ochilgan. Jamiyat va zayomli kredit
156
banklari o‗ziga a‘zo bo‗lgan kishilarning sarmoyasiga boshqa banklarga nisbatan
ortiqroq miqdorda foiz to‗lagan. Qarz olgan mijozlarga esa ustama foizni kamroq
miqdorda qo‗ygan. Mahalliy aholida iqtisodiy bilimlar yetishmasligi, o‗z
huquqlarini yaxshi bilmaganligi sababli bu banklardan ham to‗g‗ri foydalana
olmaganligini muallif afsus bilan bayon qilgan. Umuman olganda yuqoridagi
ma‘lumotlar XX asr boshlarida Turkistondagi mavjud iqtisodiy vaziyat, ayniqsa
banklar holati haqida to‗la tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
«Sadoi Turkiston» gazetasida yozilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid
maqolalar o‗lka xalqlarining dunyoqarashi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati
yanada oshishiga katta hissa qo‗shgan.
Dostları ilə paylaş: |