Savol va topshiriqlar:
1.
Tarixshunoslik fani tarix fanidagi o‗rni.
2.
Tarixshunoslikning manbaviy asoslari.
3.
O‗zbekiston tarixshunosligining asosiy yo‗nalishlari.
4.
Tarixchi va tarixshunos olimlar.
XVI-BOB: TARIXIY BILIMLARNING SHAKLLANISHI
Insoniyat tarixida tosh davri eng uzoq davrni o`z ichiga olgan bo`lib, bu
davrda taraqqiyot sekin-astalik bilan ya`ni evolyutsion yo`l bilan rivojlanib borgan.
Faqatgina yangi tosh davriga kelib kishilik jamiyatida keskin o`zgarishlar yuz
beradi. Bu jarayon Mesopotamiya va Misrda miloddan avvalgi VII minginchi
yillardan, Hindiston, Eron va O`rta Osiyoning janubida miloddan avvalgi VI
mingginchi yillardan boshlab kuzatilgan.
Million yillar davomida odamlar faqat tabiat in`omidan foydalanib
yashaganlar, ya`ni kundalik hayotlarida ular tabiatda o`zi o`sib yetilgan meva-
chevalarni va ovchilik yo`li bilan qo`lga kiritilgan go`sht mahsulotlarini yeb kun
kechirganlar.
Neolit (yangi tosh) davriga kelib esa inson birinchi bo`lib ilk marotaba
dehqonchilik va hunarmandchilikka qo`l uradi. Yovvoyi hayvonlarning ba`zi bir
turlarini qo`lga o`rgatish yo`li bilan dastlabki chorvachilikni yo`lga qo`yadi.
Bu davrda inson faqat tabiat in`omlaridangina foydalanib qolmasdan balki,
o`zi ham ishlab chiqarishga qo`l uradi. Natijada, qo`shimcha mahsulotni paydo
bo`lishiga asos yaratiladi. Bunda qabilalarni o`zaro kelishmovchiliklari natijasida
paydo bo`lgan urushlar ham katta rol‘ o`ynaydi. Urushda qo`lga olingan asirlar
qo`shimcha mahsulotlarga ko`proq ega bo`lgan oilalarda va qabila boshliqlari
qaramog`idagi yerlarda majburiy mehnatga tortiladi. Bu o`z navbatida sinfiy
tabaqalanishni kuchayishiga olib keladi. Shu davrdan boshlab jamiyatning tarixiy
bilimlarga bo`lgan ehtiyoji paydo bo`la boshladi.
194
Metallning ixtiro qilinishi (dastlab mis, so`ngra bronza) va undan xilma-xil
mahsulotlarning ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishi bilan jamiyat taraqqiyoti yanada
tezkorlik bilan rivojlanadi.
Keyinchalik, shu asosda ilk shahar tipidagi qarorgohlar va shaharlar, so`ngra
shu bilan bevosita bog`liq bo`lgan shahar-davlatlar hamda «Nom» tipidagi kichik-
kichik davlatlar paydo bo`ladi. Jumladan, ilk davlat Mesopotamiyada shahar-
davlatlar ko`rinishida miloddan avvalgi IV mingginchi yillarning oxirida tarix
maydoniga keladi.
Bu jarayon O`zbekiston hududlarida o`ziga xos ko`rinishda kuzatiladi.
Arxeologik
tadqiqotlarning
guvohlik
berishicha,
sug`orma
dehqonchilik
O`zbekistonning janubiy hududlarida (Surxondaryo viloyati) miloddan avvalgi ikki
mingginchi yillarning o`rtalaridan boshlab keng yo`lga qo`yila boshlanadi,
ularning markazi sifatida Jarqo`ton yodgorligi o`rnida o`z qal`asi, saroyi va
ibodatxonasiga ega bo`lgan ilk shahar vujudga keladi.
Yozuv shakllangunga qadar epik asarlar (epos-grekcha so`z bo`lib, doston,
rivoyat, afsona asarlari ma`nosini anglatadi) tarixni o`rganish uchun yagona manba
edi. Ta`bir joiz bo`lsa, «Alpomish» dostonini ham xuddi shunday epik asarlar
sirasiga mengzash mumkin. Buning rad etib bo`lmas bir dalili shuki «Alpomish»
ko`plab
variantlardan
iboratdir.
Bu
asarning
bir
qator
variantlari
alpomishshunosligimiz zahmatkashlari Hodi Zarif, Mansur Afzalov, To`ra
Mirzaev va yana bir qator olimlar tarafidan yozib olingan, ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borilgan. Lekin zamonaning zayliga ko`ra, ular izchillik topmadi. Shukrki,
O`zbekiston mustaqilligi «Alpomish»ning yo`lini ravon qildi. Qolaversa, doston
yaratilganligining 1000 yilligini keng nishonlash to`g`risida hukumat qarori bu
boradagi katta ishlarning debochasi bo`ldi.
Ayni paytda shuni ham aytmoq kerakki, «Alpomish» dostonining ko`p
variantlari mavjud bo`lib, har bir variant o`ziga xos sifatlarga, afzalliklarga ega.
«Go`ro`g`li» turkumiga kiruvchi dostonlar kabi «Alpomish» dostoni ham o`ziga
xos barkamol turkumni tashkil etadi.
Yozuvlar ixtiro qilinganidan so`ng esa mixxatlar, perogliflar, tosh bitiklar va
yilnomalar – eng qadimiy yozma tarix manbalari hisoblanadi. O`sha davrlardagi
voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik
xattotlar, shoirlar, oqinlar, baxshilar tomonidan qayta-qayta ko`chirilgan yoki
og`izdan-og`izga ko`chib, bizgacha yetib, o`tib kelgan manbalar-manbalar
hisoblanadi. Yozuvi bo`lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi.
Yaqinda manbashunos olim I.V.Pyankov «O`rta osiyoda eng qadimgi
davlatlarni paydo bo`lishi» degan maqola e`lon qilib, unda Baqtriya ilk davlatlar
(«sarstvo drevnego kavi») miloddan avvalgi X-IX asrlarda paydo bo`lib miloddan
195
avvalgi VII asrda (Kavi Vishtaspi va Zaratushtra davri) markazlashgan Baqtriya
davlatiga asos solinganligi aytiladi.
Faqat ikkita belgi shahar, yozuv va ularga aloqador bo`lgan belgilar
tsivilizatsiyaning paydo bo`lishi bilan bog`liq bo`lib qadimgi SHarqda milodda
avvalgi IV mingginchi yillarning birinchi yarmiga to`g`ri keladi. Jarqo`tonda
haqiqiy yozuv paydo bo`lmagan bo`lsa ham, SH.SHaydullaev eslatib o`tgan 52 ta
belgi O`zbekistonda dastlabki piktografik yozuvni paydo bo`lishidagi bir ko`rinish
deb qaralsa bo`ladi.
Bunday o`xshash jarayon O`zbekistonning shimoliy hududlarida ham
kuzatiladi. Jumladan, Farg`ona vodiysida miloddan avvalgi II mingginchi
yillarning o`rtalaridan boshlab dehqonchilik qilingan. Boshlang`ich davlatchalar
yoki davlat tipidagi siyosiy uyushmalar vujudga kelgan bo`lsa kerak. Bu kichik-
kichik davlatchalar asosida miloddan avvalgi X-VIII asrlarda So`g`d hududida ham
ilk davlat uyushmasi paydo bo`lgan, degan fikrni M.X.Isomiddinov o`rtaga
tashlaydi. Uning poytaxt shahri Ko`ktepa yoki Afrosiyob o`rnida bo`lganligiga
shubha yo`q. Hozirgi kunlarda Afrosiyob o`rnidagi qadimgi shahar qachon paydo
bo`lgan? – degan savol hammani qiziqtirmoqda. 1970 yillarning oxirlarida olib
borilgan tadqiqotlar natijasida Afrosiyobning janubi-g`arbiy qismida shaharning
muhofaza devori tagida va keyingi yillarda qo`lga kiritilgan ba`zi bir arxeologik
materiallar Samarqand – hozirgi Afrosiyob yodgorligi o`rnida mil.avv. IX-VIII
asrlardayoq ilk shaharmonand qarorgoh ko`rinishida paydo bo`lgan bo`lsa kerak
degan fikrni aytishga imkon bermoqda. Lekin, bu fikrni asoslash uchun 10-13 metr
qalinlikdagi antik va o`rta asr madaniy qatlamlari tagidagi joylashgan eng qadimgi
madaniy qatlamlarni bir necha joyda arxeologik-paleogeografiy nuqtai nazardan
o`rganish zarur. Bunga o`xshash tarixiy jarayon Orolbo`yi o`lkalarida, ya`ni
Sirdaryo va Amudaryoning quyi havzalarida (Tegisken, Qo`zaliqir) ham yuz
bergan. Barcha joylarda ilk davlatchilik yozuvning paydo bo`lishi va uning tarixiy
bilimlarni to`planishi bilan bir qatorda rivojlanib borgan.
Davlatning paydo bo`lishi bilan tarixiy bilimlarga talab oshdi. Davlatning
tuzilishida mafkuraning ahamiyati oshib, yozma tiarixiy manbaga ehtiyoj ortdi.
Miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, otashparastlik-zardushtiylik dini
paydo bo`ldi va keng tarqaldi.
Bu davrda davlatchalarda, O`rta Osiyo va Qozog`iston cho`llarida, asosan
chorvachilik bilan shug`ullangan dashtlilar saklar etnosini tashkil etgan. O`z
davrida so`g`dlarning bobakalonlari ham O`rta Osiyo ikki oralig`i saklari bo`lgan.
Massagetlar esa xorazmiylarning bobkalonlari edi. «Avesto»da tilga olingan turlar
Turonzaminning saklari bo`lganligiga shubhalanmasa ham bo`ladi. SHuningdek,
Qozog`iston saklarining bobokalonlari andronova madaniyati aholisi bo`lgan.
Andronova madaniyati aholisi – ariylar, dahlar va Avesto turlaridir.
196
2001 yili «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ushbu
noyob madaniy yodgorlik o`zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Natijada butun
dunyoda SHarq xalqlarining avesto, xorazm, so`g`d, kushon, moniy, oromiy va
boshqa yozuvlardagi adabiy yodgorliklarga doir tadqiqotlari e`lon qilindi.
Zardushtiylik dini tarixiti o`rganishga bag`ishlangan to`qqiz jildlik «Dinkard»
kitobi chiqdi, «Avesto»dagi olamning yaratilishi haqidagi naskning bayoni –
«Bundaxshin» jamoatchilik e`tiboriga havola etildi.
Zardo`sht «Avesto»ni Sablon tog`ida kechirgan yillarida bita boshlagan.
Uning Gotlar hamda Yashtlarni bevosita she`r bilan yaratganini barcha
«avesto»shunoslar tan oladi. U hijratga yuz tutgach, shimoliy Eronda bir necha
qohin-ulamo bilan birga kitobning qolgan qismini yozib, o`n ikki ming ho`kiz
terisiga oltin suvi bilan ko`chirtiradi. Ana shu matndan yana bir nusxa olinib,
ma`muriy xatlar, podsho farmonlari, nodir yozuvlar saqlanadigan dijnabishtga
(arxiv) beriladi. Asl matn esa podsho Gushtasp xazinasiga topshiriladi. Iskandar
Maqduniy Eronni zabt etgach, dijnabishtdagi «Avesto»ni zardushtiy ulamolar
yordamida yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan qismini yoqtirib yuborgan.
Gushtasp xazinasidagi asl nusxaning taqdiri hamon noma`lumligicha qolib
kelmoqda.
«Avesto» tili Markaziy Osiyo, ya`ni Ayrona Vijning bir nohiyasi bo`lmish
Xorazmga taaluqli, degan yagona fikr olimlar o`rtasida hukmronlik qilmoqda.
«Avesto» nafaqat eng qadimgi yozma manba, balki tarixshunosligimizda
davlatning paydo bo`lishi bilan tarixiy bilimlar vazifasini belgilab bergan
ajdodlarimiz tafakkurining ne`matidir.
Avesto eng qadimiy monoteistik ta`limotlardan biri zardushtiylik va boshqa
dinlarning, madaniyatlarning shakllanishiga bebaho ta`sir ko`rsatgan asar hamdir.
O`zbekistonning antik davrdagi tarixshunosligida qadimgi Yunoniston va
Rim tarixchilari hamda geograflarining asarlari muhim manba bo`lib xizmat qiladi.
Xeradotning «Tarix» asarida O`zbekistonning qadimiy xalqlari bo`lmish
agrippiylar, issedonlar, massagetlar, doylar va saklar haqida, ularning turmushi,
urf-odatlari hamda qo`shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli
ma`lumotlarni uchratamiz.
Diodor (mil.avv.90-21 yy.)ning «Tarixiy kutubxonasi» nomli 40 kitobdan
iborat asarining, faqat – qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida
hikoya qiluvchi 1-5 kitobdari saqlanib qolgan.
Pompey Trog (mil.avv. 1-milod. I asri)ning «Filipp tarixi»da skiflar,
Baqtriya, Aleksandr Makedonskiy davrida Baqtriya va Sug`dda qurilgan shahar va
imoratlar, Parfiya podsholigi, aholisining kelib chiqishi va Midiya bilan o`zaro
munosabatlariga oid muhim ma`lumotlar mavjud.
197
O`zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o`rganishda panegrizm-maddohlik
ruhida yozilgan Arrianning «Iskandarning yurishlari» nomli asari muhim ahamiyat
kasb etadi.
Kvint Kurtsiy Rufning asari – «Buyuk Iskandar tarixi»da O`zbekiston
hududining Aleksandr Makedonskiy qo`shinlari tomonidan istilo qilinishi,
xalqlarning chet el bosqichlariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq
qo`zg`alon keng yoritib berilgan. Kezi kelganda ta`kidlash joizki, Samarqandda,
jasur Spitamen oilasida tug`ilib, yurti va otasining dushmani bo`lgan Selevka
Iskandarning xohishi bilan turmushga chiqqan go`zal Apama haqida qiziqarli
ma`lumotlarni Amriddin Berdimurodov e`lon qilgan.
Sermahsul olim Gay Pliniy Sekund (24-79) o`zining «Oddiy tarix» asarida
O`zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar skiflar, Oks, Yaksart,
Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.
Polibiy (mil.avv.201-120 yy.) «Umumiy tarixi» Antiox I ning Baqtriya
podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma`lumot beradi.
Strabon (mil.av. 63-milod.23)ning «Geografiya»sida Girkaniya, Parfiya,
Baqtriya va Marg`iyonaning tabiiy holat, shaharlari, qisman ularga borish yo`llari,
Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida O`zbekistonning qadimiy xalqlari
haqida, ularning kelib chiqish, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e`tiqodi,
shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi
choragidagi ichki ahvoli va o`zaro munosabatlari haqida ma`lumotlar beradi.
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) «Geografiya»sida Girkaniya,
Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati,
Baqtriya va So`g`diyonaning mashhur shaharlari, ularning aholisi haqida
ma`lumotlar keltirilgan.
Xuddi shuningdek Plutarx, Polien, Yustik asarlarida ham antik davrga doir
qimmatli ma`lumotlar keltiriladi.
Insoniyat tarixining muhim bosqichi bo`lgan (V-XVII asrlar) – o`rta asrlarni
jahon xalqlarining barchasi o`z boshidan kechirgan. Tarixshunoslikda o`rta asrlar
davrida insonparvarlik (gumanistik) dunyoqarash shakllanib, tarixni yangicha
davrlash boshlanadi. Insoniyat o`z taraqqiyoti davomida doimo o`zaro iqtisodiy va
madaniy
muloqotlarda
bo`lgan
G`arb
va
Sharq
dunyosi
o`rtasidagi
munosabatlarning tiklanishi, rivojlanishi ham xuddi shu davr, ya`ni o`rta asrlardan
yo`lga qo`yiladi.
O`rta asrlar davrida moddiy madaniyat qurollarining paydo bo`lishi isonlar
hayotiga qanchalik katta ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, qo`lyozma va bosma kitoblarning
paydo bo`lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta`sir
ko`rsatdi. Sharq qo`lyozma kitoblari bir nechta olamshumul dinlarning avloddan-
avlodga o`tishiga xizmat qildi, ko`plab diniy va etnik silsilalar (sistemalar)ning
198
qonun-qoidalarini jahonga tarqatdi, jahon madaniyati xazinalarining davomiyligini
ta`minladi.
Qur`oni Karim – insoniyat ma`naviy kamolotini ta`minlashda o`ziga xos
manbadir. Hozirgi paytda ham odamzotning butun ma`naviy – ruhiy ehtiyojlarini
qondiradigan yagona ilohiy kitob Qur`oni Karimdir.
Oldingi payg`ambarlar o`zlari yetkazgan xabarni eng oxirgi, qat`iy, uzil-
kesil xabar deb e`lon qilmaganlar, ular to`xtovsiz ruhiy-ma`naviy kamolotga-
taraqqiyotga ishongan edilar, doimiy ravishda o`z qavmlariga barcha insonlarni
birlashtiradigan va ularni so`nggi yuksak manzil sari eltadigan payg`ambar –
Muhammad (s.a.v.) keladilar, deb xushxabar bergan edilar. Alloh Taolo
Muhammad (s.a.v.)ni insoniyatga eng oxirgi payg`ambar «xotam ul-anbiyo» qilib
yubordi. Bu ulug` payg`ambar orqali insoniyatga nozil etilgan Qur`oni Karim esa
mazkur muqaddas kitoblar va sahifalarning eng oxirgisi, eng ulug`i va mukammali
hamda ularni tasdiqlovchi, to`ldiruvchi va isloh etuvchi kitobdir. Oradan o`n to`rt
asrdan uzoqroq vaqt o`tgan bo`lsa ham, uning bironta kalimasi o`zramasdan bizga
yetib kelgan.
Islom dunyosida yaratilgan o`rta asrlar davri tarixiy asarlarining
shakllanishiga ham beqiyos katta ta`sir o`tkazgan buyuk asar ham Qur`oni
Karimdir.
Imom Buxoriyning «Jome`-as-Sahih» nomli hadislar to`plami mo`tabarligi
jihatidan «Qur`on»dan keyingi, ya`ni ikkinchi o`rinda turadi. Gap shundaki, al-
Buxoriy jahonga tanilgan buyuk muhaddis bo`libgina qolmay, o`z zamonasining
atoqli tarixchisi ham edi. Uning «Jome`-at-tavorix» asari Kichik tarix, O`rtacha
tarix va Katta tarix deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat. Ahmad ibn Ismoil al-
Buxoriyning 1974 yilda topilgan «Kichik tarix» va «O`rtacha tarix» kitoblari.
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Sharq qo`lyozmalari
fondida saqlanmoqda.
XVI-XVII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining keskin yuksalishi boshlandi.
Ishlab chiqarish, jumladan, texnikani o`sishi ilmiy taraqqiyotga keng yo`l ochdi.
Feodal jamiyatning so`ngida xalqlarning ma`naviy taraqqiyoti yangi davrga kirdi.
Flavio Biondo (1392-1463), Lorentso Valla (1407-1457) tarixiy tanqid
asoschilari bo`ldilar. Nikollo Makkaveli (1463-1527) siyosiy tarix maktabi
asoschisiga aylanadi. Jan Voden (1530-1569), Tomas Mor (1478-1535) asarlarida
eski jamiyat inqirozi ichida, uning yetilib kelayotgan burjua munosabatlari
ma`naviyat sohasida, kishilar dunyoqarashida keskin o`zgarishlar orqali uyg`onish
davri madaniyatining buyuk muvoffaqiyatlari ta`minlandi.
O`rta asr Yevropa tarixshunosligining o`ziga xos xususiyatlari shubhasiz,
kelajakni ko`ra bilgan va XX asrda dunyoning katta qismida vujudga kelgan, lekin
199
utopik g`oyalarni amalga oshira olmagan sotsialistik va kommunistik tuzumni
ta`rif-tavsif qilib berdi.
XVI-XVII asrlardagi feodal va burjua qarama-qarshiliklarning o`zaro
g`oyaviy kurashi tarix faniga jiddiy ta`sir qildi. Burjua sotsial-ijtimoiy qatlamning
o`z tarixiy fikrlari g`olib bo`la boshladi.
XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida absolyutizm va feodalizm tartiblar
tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ`ib qilindi. Ijtimoiy fikrdagi bu yo`nalish
ma`rifat deb atalib, uning vakillari tarixga XVIII asr ma`rifatparvarlari nomi bilan
kirdilar. Ular eski tartiblarni bekor qilishga, yangi, ilg`or tartiblarni joriy qilishga
qaratilgan g`oyalarni ilgari surdilar. 1751-yildan boshlab yozuvchi va faylasuf
Deni Didro boshchiligidagi qator ma`rifatparvarlar ko`p tomli «Fan, san`at va
hunarmandchilik entsiklopediyasi»ni nashr qila boshladilar. (Entsiklopediya-
lotincha so`z bo`lib, ilm, mahoratni o`rganish demakdir. Bu o`rrinda turli
predmetlarga oid batafsil maqolalar to`plangan lug`atni bildiradi).
XIX asrda Ognyust Kont (1799-1857), Fridrix Gegel (1770-1831) tarix fani
to`g`risida o`z fikr va qarashlarini bildirdilar.
Natijada tarixshunoslik degani «tarix yozish» degan ma`noni anglatadi
degan fikrlar rivojlandi. Tarixiy bilimlarning yig`ilishi bilan tarix fanga aylandi.
Rossiyada XVIII asrga kelib tarixiy bilimlar fanga aylandi, yoki mustaqil fan
sifatida shakllandi. O`zbekistonda yoki O`rta Osiyoda bu jarayon ko`pchilik dastur
va adabiyotlarda XVIII asrning oxirlariga kelib yuz berdi degan fikrlar ustunlik
qilmoqda.
Tarixiy
bilimlarning
fanga
aylanashini
falsafiy
va
tarixiy
dunyoqarashlarning rivojisiz tushunish qiyin.
Tarixshunoslikni o`rganishda sivilizatsion yondashuv ustunlik qiladi.
Tarixshunoslikni
davrlashtirish
deganda
tarix
fanining
rivojlanish
bosqichlari nazarda tutiladi. Yangi yondashuv, mavzularning keng va chuqur tahlil
qilinishi, turli manbalardan foydalanish ham ko`zda tutiladi.
Bugungi holatda tarixshunoslikni quyidagi davrlarga bo`lib o`rganish qabul
qilinadi. Tarixiy bilimlarning yig`ilishi va tarixning mustaqil fan sifatida
shakllanishi. Ikkinchi bosqich musulmon tarixnavisligi, bilim va tafakkurning
o`sish jarayoni. IX-XII asrlardagi Sharq uyg`onishi davri tarixshunosligi yer-mulk
egaligining shakllanishi jarayonida tarix fani rivojlanishi. (XIII-XVIII asr
oxirigacha). To`rtinchi davr XIX asr boshlaridan-XX asr oxirigacha, ya`ni
Sharqshunoslikning kuchayishi, O`rta Osiyoning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
tarixining o`rganilishi.
Tarixshunoslikning o`rganishning beshinchi davri XX asrning oxirlaridan to
hozirgi kungacha. Mustaqillik davri, xalqimizning o`z ozodligi va huquqini qo`lga
kiritishi bilan belgilanadi. Bu davrda tarix fanini o`rganish davlat siyosati
darajasiga ko`tarildi.
200
Tarixshunoslik fani turdosh fanlarning rivojlanishi bilan chambarchas
bog`liqdir. Bir tomondan, navbatda manbashunoslik va arxeografiya fanlarining
rivojlanishi. Tarix fani qancha ko`p manba bo`lsa shu bilan boyib, aniq faktlar
asosida to`liq oydinlashadi. Ikkinchi tomondan shu to`plangan manbalar asosida
tarixiy ong va tafakkur ham o`sib boradi, yangilanadi. Natijada bir-birini
to`ldiruvchi kontseptsiyalar, nazariyalar yaratiladi.
O`zbekistonda aniq tarixshunoslik muammolarini ochib beruvchi asar 1970
yilda yaratildi. To`g`ri bundan oldin ham sovetlar davri tarixunosligiga doir ilmiy
maqolalar to`plamlari nashr etilgan edi. Xususan 1942 yilda «25 let istoricheskoy
nauki v SSSR» (V.P.Volgin, Ye.V.Tarle, A.M.Pankratova tarhriri ostida) e`lon
qilingan edi.
Shunday qilib tarixshunoslik fanining rivojlanishida ikkinchi jahon urushi
yillari muhim bir bosqich bo`ldi. Aynan mana shu davrdan boshlab tarixshunoslik
fani belgilab bergan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda ko`p tomlik
«Ocherki istorii istoricheskoy nauki v SSSR» asarlari nashr etila boshladi.
Mustaqllik yillarida O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan qadimgi davlatlarning
tarixshunosligiga bag`ishlangan quyidagi ikki asarni alohida ko`rsatib o`tish
zarurdir. Birinchisi Anatoliy Sagdullaev, Bobir Aminov, O`ktam Mavlonov, Naim
Norqulov muallifligida Toshkent shahrida «Akademiya» nashriyotida, 2000 yilda
nashr etilgan «O`zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti», I-qism asaridir.
Mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu kitob O`zbekiston tarixida
davlat va jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlaridan boshlab XIX asrning
o`rtalarigacha bo`lgan katta davrni o`z ichiga olgan birinchi qismidir.
Ikkinchi asar, o`zbek davlatchiligi tarixining eng qadimgi davrlaridan tortib
to sovet mustamlakachiligi davrigacha bo`lgan tarixiy ocherklaridan iboratdir.
«O`zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Toshkent, «SHarq», 2001. Mas`ul
muharrir: prof. D.A.Alimova».
Ushbu asarlarda ko`rsatilishicha Kanguy davlati (e`tibor bering, bundan
oldingi tarixshunosligimizda K.SHoniyozov Qang` davlati va qang`lilar. T., 1990,
deb ko`rsatilgan) Parfiya, Kushon podsholiklariga o`xshash ko`chmanchi
sulolalarga mansub boshqa davlatlar kabi qabilalarning Yevroosiyoda siljishi va
er.avv. III asrda sezilarli darajada kuchaygan ko`chmanchilarning O`rta Osiyo
mintaqasining o`troq dehqonchilik vohalariga bostirib kirib, o`rganishb olishlari
natijasida paydo bo`ldi.
Kanguy ilgari «Avesto» orqali Kangxa nomi bilan mashhur bo`lib, asarda u
«yuksak va muqaddas» deb ta`riflangan. «Avesto»da tilga olingan Qangxa – Qang`
ekanligi tadqiqotchilardan birontasida shubha uyg`otmaydi, lekin uning o`rni
masalasida olimlarning fikri bir-biridan jiddiy ravishda farqlanadi.
201
Kanguy asosan bir-biriga teng bo`lgan o`troq xo`jalik hududlaridan iborat
besh kichik hokimiyatni o`z ichiga olgan. Ular Kanguy ittifoqi ishtirokchilariga
qaram bo`lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir. Har bir
hokimiyatning shu nom bilan ataluvchi o`zining bosh shahri bo`lgan.
Geografik jihatdan Kanguy janubiy podsholiklar Parfiya, Kushon va
mongoliyada vujudga kelgan ko`chmanchilar davlati – Xan imperiyasi o`rtasida
joylashgan edi.
Hozirgi paytda O`zbekiston hududida ilk davlatning paydo bo`lishi
tarixshunosligi haqida gapirar ekanmiz, Farg`ona vodiysida 80 dan ortiq chust
madaniyati yodgorliklari qayd etilganligini alohida ko`rsatib o`tish kerak.
Arxeologik
ma`lumotlarga
qaraganda
Farg`onaning
dehqonchilik
uchun
o`zlashtirilishi so`nggi bronza davrida, eramizgacha bo`lgan II ming yillikning
oxirgi choragida boshlangan. Birinchi topilgan yodgorlikka nisbatan bergan holda
Farg`ona dehqonchilik madaniyati Chust madaniyati deb ataladi.
Farg`ona vodiysi bo`yicha yozma manbalar yo`q, shunday bo`lsa-da, ayrim
olimlar Qadimgi Farg`ona podsholigining (Davan‘) mavjud bo`lganligini taxmin
qiladilar. Shu sababli eramizgacha bo`lgan I ming yillikning o`rtalaridan oldingi
davrdagi Farg`ona haqida so`z yuritganda odatda faqat «Chifdom» (voha) tipidagi
qadimgi davlat asoslarining paydo bo`lishi anglashiladi. Mana shu xolni hisobga
olib Farg`onada davlatchilik, eramizgacha bo`lgan V-IV asrlarda paydo bo`lgan
deyish mumkin.
Bu hodisa ikki tarixiy dalilga asoslangan. Birinchisi: aynan mana shu davrga
oid arxeologik topilmalar (Jo`rabashot madaniyati) ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanganligi (tovar ishlab chiqarish va savdoning o`sishi) haqida taxmin qilishga
asos beradi. Ikkinchisi: eramizgacha bo`lgan II asrdayoq ko`p sonli shaharlar
mavjud bo`lgan. Eramizgacha bo`lgan 136-128 yillarda Farg`ona kelgan Xitoy
elchisi va sayyohi Utan Tsyan‘ «Davanda yuzdan ortiq kichik va katta shaharlar
bor» deb aytib o`tadi.
Sho`rolar tarixshunosligida umumiy vatanimiz Turkiston haqida bu diyor
Rossiyaning qoloq, chekka o`lkasi, aholining faqat ikki foizi savodli, qolgani
jaholatda,
degan
fikr
hukmron
edi.
Holbuki,
birinchi
Prezidentimiz
I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asarida ta`kidlaganidek, «Bu
qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar,
siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari
mana shu zamonda yaratilgan, sayqal topgan…. Beshafqat davr sinovlaridan omon
qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz
xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo`lyozma, ularda mujassamlashgan
tarixiga oid o`ng minglab asarlar bizning beqiyos ma`naviy boyligimiz,
iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo`lgan xalq dunyoda kam topiladi».
202
Demak tarixshunoslik kursidan olingan bilimlar asosida bo`lajak mutaxassislar -
tarixchi, muzeyshunos, arxeolog, faylasuf, san`atshunos va sotsiologlar tarix
fanining turli davrlardagi tajribasi, mavqeini va vazifasini bilib oladilar.
Bugungi kunda O‗zbekistonning qadimgi davr tarixini o‗rganishda
tarixchilar oldida ko‗plab dolzarb vazifalar turibdi va bu masala davlat siyosati
darajasiga ko‗tarilgan. Afsuski, ba‘zida matbuotda bu davr tarixi noto‗g‗ri tahlil
qilinayotgan maqolalar va risolalar chop etilmoqda. Bunday noxush holatlarga
qarshi O‗zbekistonning yirik olimlari E.V. Rtveladze, A.Asqarov, A.S. Sagdullaev
tomonidan bir necha bor munosabat bildirilgan.
Hozirgi kunda O‗zbekistonning qadimgi davr tarixi bo‗yicha quyidagi
masalalar kengroq yoritilgan:
- qadimgi davrning yozma manbalardagi tahlili;
- qadimgi davrning afsonalar bilan bog‗liq jihatlari;
- «Avesto» ma‘lumotlari tahlili;
- qadimgi davrning arxeologik jihatdan o‗rganilishi;
- ilk davlatchilikning shakllanish jarayoni;
- qadimgi davrda yozuvning shakllanishi.
Ushbu masalalarning o‗rganilishi orqali O‗zbekistonning qadimgi davrdagi
ijtimoiy,
iqtisodiy,
siyosiy,
madaniy
tarixi
yoritib
berildi.
Umuman,
O‗zbekistonning qadimiy tarixini ilmiy jihatdan o‗rganish XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlangan. Bunda rus sharqshunoslari, geograflari, arxeologlari muhim
o‗rin egallagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning 30-yillarigacha
O‗zbekistonning qadimgi davri bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlar to‗plana borgan,
lekin uning o‗rganilish jarayoni sekin kechgan. Qadimgi davr bo‗yicha nihoyatda
kam ma‘lumot aniqlangan.
Rus sharqshunosi V.V.Bartold tadqiqotlarida qadimgi davr tarixi
«Musulmonlargacha bo‗lgan davr» deb nomlangan bo‗lib, o‗sha davrdagi mavjud
bilimlar asosida yoritilgan. Lekin keyingi davrlarda arxeologiya sohasidagi izchil
tadqiqotlar qadimgi davr tarixini kengroq yoritish imkonini berdi.
XX asrning 30-yillarida O‗rta Osiyoning tarixini, yodgorliklarini o‗rganish
bo‗yicha tashkil qilingan Xorazm, Termiz, Farg‗ona, Toshkent, Buxoro arxeologik
ekspeditsiyalari qadimgi O‗zbekiston tarixini o‗rganishda muhim bosqichni
boshlab berdi. Mazkur ekspeditsiyalar faoliyati natijasida O‗zbekiston hududidagi
qadimgi davr yodgorliklarini keng ko‗lamda o‗rganish jarayoni boshlandi.
O‗zbekistonning qadimgi davrini o‗rganish bo‗yicha qo‗lga kiritilgan yutuqlar
asosida 1956 yilda S.P. Tolstov tahriri asosida 2 jildlik «O‗zbekiston tarixi»
darsligi yaratildi. U uzoq yillar davomida oliy ta‘lim tizimidagi tarix
mutaxassisligining asosiy darsligi sifatida qo‗llanib keldi. Bu darslik o‗sha davrda
203
tarix va arxeologiya fani yangiliklarini o‗zida aks ettirgan, barcha tarixiy davrlarni
batafsil yoritgan manba hisoblangan.
XX asrning 30-yillarigacha tarixchilar o‗rtasida asosiy munozarali bo‗lgan
qadimgi davrdagi ijtimoiy tuzum masalasi o‗z yechimini topdi. S.P.Tolstov
Xorazm hududida olib borgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida qadimgi
O‗zbekiston hududida o‗ziga xos qulchilik munosabatlari mavjud bo‗lganligini
asoslab berdi va uni «O‗rta Osiyocha ishlab chiqarish usuli» deb nomladi.
O‗zbekistonda qadimgi davrda tabiiy sharoitga mos holda o‗ziga xos ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar rivojlanganligi keyingi davr tadqiqotlarida ham isbotlandi.
XX asrning 60 - 80-yillari davomida qadimgi davrni arxeologik jihatdan
o‗rganish keng ko‗lamda davom etdi. Bu davrda faoliyat yuritgan olimlar S.P.
Tolstov, M.Ye. Masson, M.M.Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov,
G.Grigorev,
A.Yu.Yakubovskiy,
Ya.G‗.G‗ulomov,
M.P.Gryaznov,
A.N.Bernshtam, A.I.Terenojkin, B.A.Latinin, A.M.Beleniskiy, V.A.Shishkin,
V.M.Masson, B.A.Litvinskiy, GA.Pugachenkova, P.I.Albaum, M.R.Qosimov, T
Mirsoatov, I.A.Itinaning ilmiy tadqiqot ishlari natijasida qadimgi davr tarixi keng
ko‗lamda yoritildi.
O‗zbekiston mustaqilligi yillarida, ayniqsa, XXI asr boshlarida
O‗zbekistonning qadimgi davr tarixini o‗rganishda arxeolog olimlar tomonidan
katta yutuqpar qo‗lga kiritildi va bu jarayon bugungi kungacha davom etib
kelmoqda.
Bu
davrda
A.Asqarov,
O‗.Islomov,
A.Muhammadjonov,
Yu.F.Buryakov, R.H.Sulaymonov, E.V.Rtveladze, A.Kabirov, A.S.Sagdullaev,
V.N.Yagodin, A.Anorboev, Sh.Shaydullaev, B. Matboboev, A.V.Vinogradov,
M.Jo‗raqulov, T.Shirinov, M.Mambetullaev, G‗.Xodjaniyozov va boshqa olimlar
olib borgan tadqiqotlar O‗zbekiston arxeologiyasi rivojlanishida, shuningdek,
qadimgi davr tarixini yoritishda muhim bosqich bo‗ldi.
Qadimgi davr tarixini yoritishda keyingi davrlarda muhokama bo‗layotgan
eng muhim masalalardan biri, bu - ilk davlatchilik masalasidir. O‗zbekistonda
davlatchilik tarixi masalalari va qadimgi davr bo‗yicha o‗quv qo‗llanma, ilmiy
asarlar nashr qilindi. Bu ilmiy adabiyotlar bo‗lajak tarixchilar va tarixga
qiziquvchilar uchun hozirgacha muhim qo‗llanma bo‗lib xizmat qilmoqda.
Qadimgi O‗zbekiston hududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya
podsholigi va «Katta Xorazm» tarixini o‗rganish XIX asrning oxiri - XX asrning
boshlarida «Avesto», yunon va rim yozma mambalar
XX asrning 30-yillarida O‗zbekistonda boshlangan arxeologik tadqiqotlar
mazkur yozma manbalardagi ma‘lumotlarni arxeologik materiallar bilan
taqqoslashga imkon berdi. XX asrning ikkinchi yarmida Qadimgi Baqtriya
hududidan Sopollitepa, Jarqo‗ton, Bo‗ston yodgorliklari topildi. Ular A.Asqarov,
204
B.Abdullaev, T.Sh.Shirinov, U.Rahmonov, Sh.Shaydullaev, N.A.Avanesova,
D.Xuff tomonidan chuqur o‗rganildi.
Qadimgi Baqtriya podsholigi O‗zbekiston hududida shakllangan ilk davlat
va u to‗rt ming yillik tarixga egaligi asoslandi. Mil. avv. XIX - XVIII asrlarga oid
Jarqo‗ton yodgorligi O‗zbekiston hududidagi ilk shahar bo‗lib, unda dastlabki
davlatchilik elementlari mavjudligi asoslab berildi. Sh.Shaydullaev tadqiqot ishida
birinchi marta ilk davlatning 24 ta arxeologik belgisini va shu asosda 11 ta ijtimoiy
belgilarini ko‗rsatdi. Shu arxeologik va ijtimoiy belgilar asosida Jarqo‗ton
yodgorligi ilk shahar-davlat ekanligini ko‗rsatib o‗tdi.
Qadimgi Xorazm hududida shakllangan ilk davlat «Katta Xorazm» qabilalar
konfederatsiyasi masalasi ham olimlar o‗rtasida 100 yildan ko‗proq muhokama
qilinayotgan bo‗lsada, haligacha o‗zining yechimini topgan emas. XX asr
boshlarida «Katta Xorazm» tushunchasini nemis olimlari I. Markvart, V. Xenning,
uch yunon mualliflari Gekatey, Gerodot va «Avesto» ma‘lumotlari asosida ilgari
surishgan edi.
XX
asrning
80-yillarigacha
bo‗lgan
davrda
Xorazm
arxeologik
ekspeditsiyasi a‘zolari tomonidan bu davlatning mavjudligini arxeologik
ma‘lumotlar asosida isbotlashga harakat qilganlar. XX asrning 80-yillaridan keyin
bu birlashma mavjudligini inkor etuvchi ilmiy g‗oyalar ilgari suriladi.
«Katta Xorazm» davlati o‗rganilish jarayonidagi ilgari surilgan fikrlar tahlil
qilinib, «Katta Xorazm» davlati qabilalar konfederatsiyasi ekanligi asoslangan,
lekin uning Gerodot ma‘lumotida ko‗rsatilgandek nihoyatda katta hududni
egallaganligi shubha ostiga olingan, chunki bu arxeologik jihatdan o‗z isbotini
topgan emas.
Xorazm hududidagi ilk davlatchilikning shakllanishi masalasi yozma
manbalar asosida tahlil etilgan va arxeologik manbalar asosida isbotlangan.
Xorazmda ilk davlat mil. avv. VII - VI asrlarda vujudga kelgan bo‗lib, u
Ko‗zaliqir, Xumbuztepa, Hazorasp yodgorliklari asosida o‗rganilgan. Demak,
Xorazm hududida ahamoniylar hukmronligiga qadar davlat mavjud bo‗lgan.
Qadimgi Xorazm tarixi bo‗yicha eng munozarali masala uning mil. avv. IX -
VIII asrlardagi taraqqiyoti bilan mil. avv. VII - VI asrlardagi rivojlanish
jarayonining bir-biridan keskin farq qilishidir. Qadimgi Xorazm tarixida bunday
o‗ziga xoslik Abu Rayhon Beruniy ma‘lumotlarida Siyovushning kirib kelishi
bilan izohlangan. Ba‘zi noaniq ma‘lumotlar yunon mualliflari asarlarida mavjud
bo‗lib, bu masala I.V. Pyankov, I.N. Xlopin tadqiqotlarida atroflicha tahlil
qilingan. Tadqiqotchilar dastlabki xorazmiylar janubda, ya‘ni Turkman-Xuroson
tog‗i oldida yashab, ahamoniylar davrida Quyi Amudaryo bo‗ylariga ko‗chib
kelishgan, degan xulosani berganlar.
205
XXI asr boshlarida Janubiy Xorazm hududida olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar natijasida S.B.Bolelov va S.R.Baratov bu masalani arxeologik
manbalar asosida tahlil qildilar. S.R.Baratov Meshekli va Ucho‗choq yodgorliklari
tahlili asosida «Xorasmiylar mil. avv. VII asrning birinchi yarmida, balki Kiaksar
davrida Tajan-Herirud, Seraxs vohasi hududlarida yashashgan. Keyinchalik
Doroning soliq siyosati tufayli xorazmiylar Akes hududini tashlab, hozirgi Quyi
Amudaryo bo‗ylariga kelib qolishgan. Qal‘a-shaharlarni bunyod qilganlar.
Sug‗orma dehqonchilik bilan shug‗ullanganlar. Shuningdek, bu yerga ahamoniylar
siyosatidan norozi bo‗lgan midiyalik, parfiyalik, marg‗iyonaliklar ham ko‗chib
kelishgan. Bu bilan Xorazmning arxaik davr madaniyatining xilma-xilligini
asoslash mumkin» degan xulosa beradi. Mil. avv. VII asr oxirlariga oid
Xumbuztepa yodgorligi topilmalari ham S.R.Baratov fikrini asoslaydi.
Mil. avv. I ming yillik boshlarida qadimgi Xorazm hududida yarim yerto‗la,
yerto‗lalarda yashab dastlabki dehqonchilik madaniyati yaratgan amirobodliklarda
Janubiy Oqchadaryo deltasining qurishi bilan chorvachilik xo‗jaligi rivojlanadi va
ular shimoliy sharq tomonga ko‗chib, Shimoliy Oqchadaryo bo‗ylari va
Sirdaryoning qadimiy deltalari bo‗ylariga ko‗chib borib, o‗ziga xos madaniyatni
shakllantirganlar. Mil. avv. VII asr davomida amirobodliklar shimoli-sharqga
ko‗chgan bo‗lsa, janubda istiqomat qilgan xorasmiylar shimol tomonga ko‗chib,
Quyi Amudaryo bo‗ylariga kelib joylashganlar.
Sug‗diyonada dastlabki davlatchilik izlari ilk temir va arxaik davrlarga oid
yodgorliklar asosida o‗rganilgan. Sug‗diyona hududidan topilgan Uzunqir,
Sangirtepa, Daratepa, Yerqo‗rg‗on, Ko‗ktepa, Lolazor yodgorliklarini ilk voha-
davlat tizimi bilan bog‗laydilar.
Farg‗onada rivojlangan dehqonchilik madaniyati - Chust madaniyati mil.
avv. XIII asrlarga oid bo‗lib, uning izlari Namangan, Andijon, Samarqand va
Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan. Yodgorliklar sug‗orish tarmoqlari
bo‗ylarida joylashgan. Har bir sug‗orish tarmog‗i hududida bitta yirik shahar,
shahar atrofida esa ko‗plab qishloq tipidagi yodgorliklar joylashganligi aniqlangan.
Bu belgilar Chust madaniyatining so‗nggi davrida Farg‗ona hududida shahar-
davlatlarning tarkib topganligini ko‗rsatadi. Bu mil. avv. VII asrlarga oid Eylatan
madaniyatida o‗z aksini topgan. Eylatan madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‗ona
vodiysining deyarli barcha hududlaridan aniqlangan. Mazkur yodgorliklar orasida
eng yirigi Dalvarzintepa bo‗lib, u so‗nggi bronza va ilk temir davrlarida butun
Farg‗ona shahar-davlatlarining markazi bo‗lgan degan xulosani beradilar. Qadimgi
Farg‗ona tarixi haqida xitoy yozma manbalarida ma‘lumotlar ko‗p uchraydi.
So‗ngi bronza va ilk temir davrida qadimgi Toshkent vohasida ham o‗ziga
xos rivojlanish aniqlangan. Bu yerlarda dehqonchilik kichik-kichik soy etaklarida
yoki buloq yoqalarida vujudga kelib, ibtidoiy usulda olib borilgan.. Zaminning
206
tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib sug‗orma dehqonchilik xo‗jaligi
rivojlangan. Chirchiq, Ohangaron va ularning irmoqlarida Toshkent vohasining
eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Burg‗uluq madaniyati tarkib topdi. Uning
so‗nggi bosqichlarida, ya‘ni mil. avv. III - II asrlarda Toshkent hududida Qanqa,
Shoshtepa yodgorliklari vujudga keladi. Tadqiqotchilar bu yodgorliklarda ilk
davlatchilik elementlarini ko‗radilar. Ular O‗zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida
alohida o‗rin egallaydi.
Mustaqillik yillarida qadimiy shaharlar yubileylarining nishonlanishi ham
qadimgi davr tarixini yoritishda muhim o‗rinni egalladi. 1997 yilda Buxoro va
Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va
Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yilligi, 2007
yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi,
2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Qadimiy shaharlar
tarixini
yoritishda
yubiley
munosabati bilan tashkil qilingan xalqaro
konferensiyalar qadimgi davr tarixining eng dolzarb masalalarini yoritib berdi.
O‗zR FA Tarix instituti tomonidan doimiy o‗tkazib kelinayotgan akademik Yahyo
G‗ulomov nomidagi «O‗zbek xalqi va davlatchiligi tarixi» respublika ilmiy
seminarlarida davlatchilik tarixi masalalari bilan birgalikda qadimgi davr tarixining
dolzarb masalalariga e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Bugungi kunda qadimgi davr tarixini o‗rganish borasida qo‗lga
kiritilayotgan yutuqlarni o‗zida jamlagan o‗quv qo‗llanma, darslik yoki ilmiy
nashrga ehtiyoj katta. Shuningdek, qadimgi davr tarixini o‗rganishdagi
muammolardan yana biri arxeologik va tarixiy ilmiy asarlarning rus tilida chop
etilishi hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday muammolarni bartaraf etish, xalqimizga
boy qadimiy tariximizga oid ilmiy, o‗quv adabiyotlarini o‗zbek tilida nashr etish
dolzarb masalaga aylangan.
Vatanimiz
mustaqilligi yillarida nashr etilgan tarixny-etnografnk adabiyotlar
tahlili
respublikamizda
etnografiya
fanining,
umuman,
muttasil
rivojlanayotganligidan dalolat beradiki, buni:
tadqiqotchilarning etnografiyaning kam o‗rganilgan yoki umuman
o‗rganilmagan muammolariga murojaat qilayotgamliklarida, shu bilan birga
tadqiqotlarning
sifat
jihatidan
yangicha
muammolari
ishlana
boshlanganligida;
etnograf olimlariing O‗zbekiston etnografiyasi masalalarini har tomonlama
chuqur tahlil qilishga, uning tarixini o‗rgainshga, etnografiya fani
rivojlanishining muhim yo‗nalishlari va istiqbolini aniqlashga intilishlarida;
mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va demokratik o‗zgarishlarni amalga
oshirishning amaliy vazifalarini hal qilishda etnograf olimlarning bevosita
ishtirok etayotganliklarida ko‗rish mumkin.
207
Shu bilan birga, shubhasiz, Vatanimiz etnografiyasi tadqiqot faoliyatida
muayyan nuqson va kamchilnklar ham mavjudki, ularni tezroq bartaraf etish, ilmiy
ishlar saviyasini keskin oshirishga, jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga
yordam beradi. Etnografiya — amaliyot fanidir, zero, u sirasini aytganda,
insonlarning nafaqat qanday yashashi, mehnat qilishi, e‘tiqodini o‗rganishi, balki
ularning turmushini farovonlashtirish, milliy rivojlanish ustuvorligida millatiing
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini zamonaviylashtirish xususida
aniq takliflar ham beradi.
Dastlab, O‗zbekiston etnografiya fanining ilmiy tadqiqot faoliyati muayyan
darajada tahlil qilingan, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollari
o‗z ifodasini toptan nazariy-uslubiy va umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‗lgan
ishlar haqida to‗xtaldik.
Mazkur asarlarda muallifning etnografiya fani ―tarixiy o‗tmishning chuqur
o‗rganilishi va haqqoniy yoritish mamlakatimiz barcha jihatlarini madaniy
merosimiz boyliklari bilan tanishtirish va tarixiy bilimlarini keng targ‗ib qilish‖dek
umumilliy jarayonga xolisona jalb etilgan, degan fikrlarga qo‗shilish joizdir.
O‗zbekistonda tarix fani rivojlanishining dolzarb muammolarini o‗rganar ekan
D.Alimova va E.Karimov bizning tarix va boshqa ijtimoiy fanlarimiz xususan
uslubiy ishlar sohasida barcha yutuq va ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ―talaygina
hal etilmagan muammolar to‗planib qolganligini haqli ravishda ta‘kidlaydilar‖.
Shu ma‘noda etnografiya fanining nazariy-uslubiy jihatlari xususida so‗z
borar ekan olimlarimiz bizningcha qisqa qilib aytganda, mohiyati asosan
quydagilardan iborat bo‗lgan O‗zbekiston ijtimoiy fani uslubiyatining boshqa
g‗oyasini albatta hisobga olishlari zarur.
Respublikamizning mustaqillik sharoitidagi o‗n yillik rivojlanish tajribasi
so‗ngi yillarda barcha iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga qaramay
O‗zbekistonning milliy rivojlanish mafkurasi o‗zining yashashga qobiliyatligini
yaqol isbotladi, demokratiyaning rivojlanishi jamiyatning ma‘naviy poklanishi
o‗zbek xalqining noyob an‘analari saqlab qolish va yanada ko‗paytirish sharoitida
kechayotganligini namoyon etdi. Qolaversa, G‗arb va Sharq madaniyatlarining
an‘anaviy idrok etiladigan mazmunini o‗zbek madaniyatining ishtirokisiz tassavur
qilish qiyinligi ayon bo‗lib qoldi.
O‗zbek xalqining etnik tarixi shuningdek O‗zbekiston xalqlari o‗rtasidagi
munosabatlarning holati respublikamizda etnografik tadqiqotlarning yetakchi
mavzularidan biri hisoblanadiki, unga ilmiy jurnallarda va asarlar to‗plamlarida
nashr etilgan qator maqolalar, dissertatsiyalar shuningdek etnografik-sotsiologik
tadqiqotlar bag‗ishlangan.
Ushbu asarlar uchun xos xususiya shundan iboratki, ularning mualliflari
mazkur muammoni izchil, o‗zbek xalqi rivojlanishining tarixiy-etnografik
208
jixatlarini jahon tarixi va madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‗unlikda
o‗rganishga harakat qilganlar.
Tabiiyki, mazkur tadqiqot yo‗nalishi o‗zbek xalqi milliy madaniyatini qayta
tiklash masalalari bilan chambarchas bog‗langan bo‗lib, bu haqda ba‘zi olimlar
o‗zlarining mamlakatimizda kechayotgan tub o‗zgarishlarga, shuningdek,
Markaziy Osiyo mintaqasining xos xususiyatlariga bag‗ishlangan asarlarida
to‗xtalib o‗tganlar. Mazkur asarlar mualliflari uchun mushtarak xususiyat shundan
iboratki, ular hozirgi O‗zbekiston xududi qadimdan turli madaniyatlar na
tamaddunlarning jadal o‗zaro ta‘sirlashuv va o‗zaro singishuv, shuningdek,
hunarmandchilik va san‘atning rivojlanish maskani bo‗lganligini anglab yozishgan.
Bunda, Orifxonova ta‘kidlaganidek, (O‗zbekistonning-«etnik-madaniy uyg‗onishi
respublika aholisining ijtimoiy-siyosiy hayotida va ijtimoiy onginda» kechgan tub
o‗zgarishlarning muhim oqibatlaridan biri. Bu esa milliy o‗z-o‗zini anglashning
ildam rivojlanishida, milliy madaniyat va ma‘naviyatniig qayta tiklanishiga milliy
davlatchilikni barpo etish va mustahkamlashga bo‗lgan intilishni kuchaytirishda
o‗z ifodasini topadi».
Shu jihatdan O‗zbekiston hozirgi rivojlanishining ijtimoiy yo‗nalishlariga
bag‗ishlangan bir qancha asarlar yaratildiki, ulardagi qoida va xulosalar
O‗zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimov asarlarida mukammal bayon
etilgan O‗zbekiston rivojlanish konsepsiyasining muhim qoidalariga asoslangan:
Ilmiy asarlarning kattagina qismi O‗zbekiston etnografiyasi turli
masalalarining tarixiy yo‗nalishlariga shuningdek, o‗zbek xalqining an‘ana va
urf-odatlari shu jumladan mehnat va xalq ijodiyotiga bag‗ishlangan.
Mazkur asarlar mazmunini tahlil qilishdan kelib chiqadigan eng muhim
xulosa shundan iboratki, ularning mualliflari o‗zbek xalqining iqtisodiy, etnik-
ijtimoiy va etnik-madaniy rivojlanish muammolarini yangicha jamuljam, quruq
fikrga asoslanmagan.
Har tomonlama idrok etish uning xususiyatlarining jahon taraqqiyotida
o‗zbek madaniyatining o‗rni va rolini xolis tavsiflashga intilishadi. To‗la ishonch
bilan shuni aytish mumkinki Vatanimiz etnografiya fani rivojlanishining sifatan
yangi, ijobiy yo‗nalishidir.
Ayni vaqtda tarixiy-etnografik tadqiqotlar bilan jarayonida shu narsa ayon
bo‗ldiki, ularning aksariyat vaqt jihatdan XIX asrning oxiri va XX asr boshlarini
o‗z ichiga oladi. Bundan shu davrgacha va udan keyin xalqimiz hayotida go‗yoki
biron jiddiy o‗zgarishlar ro‗y bermagandek taasurot tug‗iladi. Binobarin mualliflar
o‗z e‘tiborini XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida qaratar ekanlar, bilvosita
o‗zbek xalqining hayoti, turmush va madaniyatida tub o‗zgarishlar o‗sha davrdagi
siyosiy voqealar bilan, xususan, O‗rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan zabt
etilishi va o‗lkaning rus mustamlakasiga aylantirilishi bilan bog‗liq degan fikrni
209
tasdiqlamoqchi bo‗ladilar.
Tarixiy-etiografik va etnografik-sotsiologik asarlari mualliflari o‗zlarining
maxsus tadqiqotlarida O‗zbekistonning xududlari, chunonchi
,
Farg‗ona, Buxoro,
Qoraqalpog‗istonning mintaqaviy o‗ziga xosliklarini turli jihatlarini o‗rganganlar,
afsuski, bu borada, respublikamizning boshqa mintaqalari tadqiqotchilar nazaridan
chetda qolgan.
Fikrimizcha, zamomaviy shahar hayoti etnografiyasi o‗rganish, ayniqsa,
katta va kichik shaharlarniig qiyosiy tahlili, shuningdek, 1990 yillar davomida
bo‗lgan rivojlanish tarzini tadqiq etish ham ahamiyatga molikdir.
So‗ngi yillarda O‗zbekistonning tarixiy va zamonaviy etnografiyasi chet el
olimlarida ham katta qiziqish uyg‗otmoqda. Buning uchun barcha asoslar mavjud,
avvalo, respublikamizda olib borilayotgan siyosatning barqarorligi va ishoichliligi,
mamlakatimizning alohida geosiyosiy mavqei, boy resurslari nufuzi, shuningdek,
tub o‗zgarishlar jarayonlarining «o‗zbek modeli» hamda O‗zbekiston xalqaro
nufuzining jozibadorligidir.
O‗zbekiston bo‗yicha Rossiyada nashr etilgan, boshqa masalalar qatori
o‗zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, an‘ana va urf-odatlari, madaniyati
va turmushini aks ettiruvchi jamoaviy monografik asarlar ham diqqatga sazovor.
Xususan, «O‗zbekistan: obretenie novogo oblika» monografiyasi
mualliflaridan biri E. Ivanov respublika iqtisodiyoti va xo‗jalik yuritish xususiyati
haqida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday ta‘kidlaydi: «Sobiq SSSRiing
mustamlakka erishgan va milatlararo munosabatlarni haqiqiy ahvoli va
xususiyatidan, mamlakatimizdagi mavjud vaziyatdan umuman bexabardir.
Darvoqe, bunday holat Rossiyalik mualliflar tadqiqotlarinig aksariyatiga taalluqli.
O‗zbekistondagi mayda millatlarning ahvoli mavzui xususida so‗z borar
ekan,
rossiyalik mualliflar, asosan, respublikadagi etnik ruslar hamda rus tilida
so‗zlashuvchi axolining axvolini tadqiq etishadi, Ushbu muammoga talaygina
asarlar bag‗ishlangan. Rossiyalik mualliflarning bu asarlari O‗zbekiston bilan
Rossiya o‗rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda xar ikki mamlakatning xalqaro
maydondagi va mintaqa qo‗lamidagi o‗zaro aloqalari masalalar bilan uyg‗unshib
ketadi. Ta‘kidlash joizki, bir qator holatlarda rossiyalik tadqiqotchilar ruslarning
O‗zbekistondagi axvolnni aks ettiruvchi chinakam dalil ma‘lumotlarni e‘tiborga
olishmadi.
Ushbu sharhda, bir so‗z bilan aytish mumkinki, O‗zbekistonning tarixi va
madaniyati mavzusi G‗arbda, avvalo AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy
mamlakatlarda juda faol tadqiq etilapti, maxsus tarixnavislik nuqtai nazaridan
tadqiq etish talab qilinadigan mazkur asarlarni mufassal tahlil etishga berilmay,
shuni ta‘kidlamoqchimizki, xorijlik mualliflar O‗zbekistonning tarixi, hozir
rivojlanishi to‗g‗risidagi mulohazalarida, baho berish hamda xulosa chiqarishda
210
ko‗pincha, bir yoqlama va nojo‗ya yo‗l tutganlar. Bu hol, umuman, ularda
respublikada yuz berayotgan o‗zgarishlar haqida aniq tasavvur yo‗qligidan, o‗zbek
xalqining mentaliteti, milliy ruh, milliylik g‗oyasini tushunmasligndan dalolat
beradi.
O‗zbskiston etnografiyasi bo‗yicha maxsus adabiyotlarning qisqacha
sharhini yakunida, quyidagilarni ta‘kidlash joizdir.
Birinchidan, har qanday etnografik tadqiqotning nazariy saviyasi, amaliy
ahamiyati tadiqotchining mamlakatimizda ro‗y berayotgan tub o‗zgarishlardagi o‗z
ishtirokini nechog‗liq anniq, ravshan anglab yetishga o‗z Vatanining mustaqillik
g‗oyalarnga qay darajada sodiqligiga shaxsiy-ilmiy faoliyati amaliyotga qanchalik
samara berayoganligiga bog‗liq.
Ikkinchidan: etnografik tadqiqotlar faqat biron bir muayyan ilmi bilish
axborot tahliligdagina yo‗naltirilmasligi darkor, Bugungn kunda ilmiy
bilish
sohalaridan biri sifatida xalqning hayot tarzi, turmushi, madaniyati an‘ana
e‘tiqodini o‗rganuvchi etnografiya jamiyatimiz oldiga davr qo‗ygan savollarga
aniq javob berishi ayniqsa muhim. Shu munosabat bilan etnograf va
o‗lkashunoslarnnng respublika kengashida O‗zbekiston enografiya fanining aniq
amaliy vazifalarini belgilab olish maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
Uchinchidan: O‗zbekiston enografiyasi madaniyati bo‗yicha chet el
tadqiqotlarni tanqidiy o‗rganish etnografiya fanining muhim vazifasi bo‗lmog‗i
lozim. Bunnng muhimligi shundaki, xorijda nashr etilgan barcha asarlarning
mualliflari ham o‗z tadqiqotlarida xolis, respublikada ro‗y berayotgan jarayonlarni
to‗g‗ri tushunadilar, deb bo‗lmaydi. Bizning tadqiqotchilarimiz chet ellarda
elektron OAV va alohida nashrlar orqali keng tarqatilayotgan noto‗g‗ri fikrlarga,
O‗zbekistondagi voqelikka berilayotgan keskin va bir yoqlama, noxolis baholarga
jo‗yali va asosli javob berishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |