162
jihatdan eng qoloq kapitalistik davlatlardan biri edi va ijtimoiy taraqqiyot jihatidan
halokat yoqasiga kelib qolgan edi. Rossiya imperiyasining qiyofasini 1904-1905
yillardagi Rus-Yapon urushi ko‗rsatib berdi, bu urushda Rossiya sharmandalarcha
mag‗lub bo‗ldi. Mag‗lubiyatdan so‗ng 1-rus inqilobi (1905-1907yy.) bo‗lib o‗tdi.
Shundan so‗ng, Rossiya 1-jahon urushigacha tortiladi. Uzoq davom etgan urushda
ishtirok etish, iqtisodiy qoloqlikka olib keldi. Bu yangi
ijtimoiy portlashga olib
keldi. 1917 yilda bolsheviklar qonuniy Muvaqqat hukumatni ag‗darib, hokimiyatni
egalladilar va yangi davlat apparatini tuzdilar.
Turkiston ham bu siyosiy voqealardan chetda qolmadi. 1905-1907 yillarda
Samarqandda sosial-demokratik partiya tashkil etildi, temir yo‗l
deposi ishchilari
namoyishlar uyushtirdilar. Rus hukumati ishchilarining 8 soatlik ish kuni haqidagi
talabini qondirdi. Shuningdek, yirik xalq qo‗zg‗olonlari 1916 yilda Turkistonning
muhim sanoat markazlarida bo‗lib o‗tdi.
Bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan
mustaqil rivojlanishga
bo‗lgan intilishlar yo‗q qilindi. Sovet hukumati Rossiya imperiyasining boshqa
tomoni edi, hattoki chegaralar ham o‗zgarmadi. Yangi sovet, to‗g‗rirog‗i
kommunistik hukumat tezlash metodi yordamida sosialistik asoslarni yaratmoqchi
bo‗ldi va buning uchun quyidagi masalalarni hal qilish lozim deb hisobladi: 1.
Ishlab
chiqarishni industriallash; 2.Qishloq xo‗jaligini kollektivlashtirish;
3.Madaniy inqilob. Bu masalalarni amalga oshirishning aniq chegaralarini
ko‗rsatib berdi. Stalin rahbariyati o‗zlari xohlagan narsani haqiqat deb ko‗rsatishga
urinib, 30-yillarning oxirlarida sosializm qurilganligini e‘lon qildi.
Tez orada mamlakat 6 yil davom etgan 2-jahon urushiga tortiladi.
Urushdagi g‗alaba Stalin hokimiyatni mustahkamladi
va uning repressiya
mashinasi qaytadan ishga kiritildi.
Siyosiy tizimda hech qanaqa o‗zgarishlar ro‗y bermadi. Shaxsga
sig‗inishning tanqid ostiga olinishi demokratik o‗zgarishlarga olib kelgandek
ko‗rinsada, lekin ular vaqtinchalik xarakterga ega edi. Siyosiy rahbariyat jamiyatni
demokratlashtirishni o‗ylamasdan, aksincha kommunistlar partiyasi o‗rnini
mustahkamladi. 80-yillar boshida hokimiyat tepasiga
demokratik fikr yurituvchi
rahbarlarning kelishi bilan ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy hayotning barcha
tarmoqlarida qayta qurish boshlandi. Bu kommunistik tizimning parchalanishi
bilan tugallandi.
Dostları ilə paylaş: