Savol va topshiriqlar:
1.
Tarixshunoslik predmeti va o‗rganish sohasi.
2.
Tarixshunoslikda maxsus sohalar.
3.
Tarixshunoslikning rivojlanish bosqichlari.
4.
Tarixiy manbalarning ahamiyati.
5.
Tarixiy tadqiqotlari tizimida tarixshunoslikning ahamiyati.
6.
Tarixiy davr va o‗zgarishlar.
7.
Tarixiy yilnomalar.
8.
Soxta tarix va haqiqat.
9.
Qadim tarix maktablari.
10.
Yunon-Rim tarixchilari.
11.
Geradot tarixshunosligi.
211
XVII-BOB. ILK O`RTA ASRLAR TARIXSHUNOSLIGI
V-VI asrlarda O`zbekiston tarixi Eftaliylar davlati tarixi bilan bog`liq.
Eftaliylar saklar va massagetlarning avlodlaridir. Eftaliylar juda katta hududda o`z
hukmronliklarini o`rnatdilar.
563-567 yillari turk hoqoni Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq
tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba beradi va ularga qarashli yerlarni bo`ysundirishga
muvaffaq bo`ladi.
VI asr o`rtalarida Turk hoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi
munosabatlari shakllana boshladi. O`zaro urushlar natijasida bo`linib ketgan
G`arbiy turk hoqonligi markazlashmagan davlat bo`lib, 15 ga yaqin mustaqil
hokimliklardan, So`g`dda yuechji xalqidan chiqqan jabg`u, Buxoroda mahalliy
buxorxudot, Farg`onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi.
Hoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So`g`d, Xorazm, Toxariston,
Farg`ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmanchilik va savdo-sotiq bilan, uning
tog`li va cho`l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan
shug`ullangan.
O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixini
T.Saidqulov, L.N.Gumilev, Abushiy Xasan Ato va Turon Usmon asarlari orqali
bilib olishimiz mumkin. Bu asarlar orasida Nasimxoning «Turk hoqonligi» nomli
asari alohida o`rinni egallaydi. Garchi olim filolog bo`lsada, qadimgi turkiylarning
imon-e`tiqodi, madaniyati, turmush tarzi haqida qiziqarli ma`lumotlarni keltiradi.
Ushbu asarning e`tiborli joyi shundakim, N.Ya.Bichurin, S.G.Klyashtorniy,
V.A.Livishits kabi tarixnavislarning ilmiy merosini yangicha yondashuv asosida
talqin qila olgan.
Arablar O`zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar.
705 yildan boshlab arablarning O`zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi.
Bunga arablarning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich
mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik qildi.
Arab istilosi O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga
katta zarar yetkazdi, ko`plab katta va boy shaharlarning kuli ko`kka sovurildi,
ming-minglab kishilarning «yostig`i quridi», Marv, Buxoro, Samarqand va
Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`q qilindi.
O`zbekiston xalqlari arab istilochilariga qarshi bir necha bor qo`zg`olon
ko`tardilar. Shular sirasida 769-776 yillarda butun Movarounnahrni larzaga solgan
Muqanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan qo`zg`olon
tarixshunosligi mustaqillik yillarida alohida o`rganildi. Masalan G`ulom Karim
«Muqanna qo`zg`oloni muarrixlar talqinida» // Ma`rifat, 2003 yil 8 fevral, 15
fevral, 15 may sonlarida.
212
Ibn Xalikkon Muqannaning nomi Ato bo`lgan deb yozadi. O`rta asrlarda
yashagan arab muarrixi turkiy «ota» so`zini shunday yozgan bo`lishi mumkin.
O`sha zamonda islomni qabul qilgan turonliklar asl turkiy va sug`diy nomlaridan
tashqari, arabcha ism yoki laqablar ham olishi urf bo`lgan edi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, qadimgi tarixiy manbalarda ham Muqanna
qo`zg`oloniga turlicha munosabat bilan yondoshish hollari bo`lgan. O`rta asrlarda
oq kiyimlilar harakatiga maxsus bag`ishlab yozilgan asarlar qatorida Abubakr
Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Ibrohim ismli muarrixning «Axbori Muqanna»
(«Muqanna haqida xabarlar») kitoblari tilga olinadi. Akademik V.V.Bartoldning
taxminicha, bu asar muallifi asli kelib chiqishi turkiy xonadondan bo`lgan va arab
tilida ijod qilgan mashhur shoir Ibrohim ibn Abbos as-Suliy bo`lishi kerak. Abu
Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida: «Muqanna
haqidagi xabarlarni forschadan arabchaga tarjima qildim va ularni «Oq kiyimlilar
va narmatiylar haqidagi xabarlar» nomli kitobimda to`la bayon etdim», deb
ma`lum qiladi. Oq kiyimlilar qo`zg`oloniga, shuningdek, o`rta asrlarning Tabariy,
Bal`aviy, Ibn Xallikon, Gardiziy, Abulfaraj Yahudiy, Ya`qubiy, Ibn al-Asir kabi
ulkan muarrixlari o`z asarlaridan joy ajratishgan.
Muqanna qo`zg`oloni zamonaviy tadqiqotchi va adiblarni ham ilmiy va
badiiy asarlar yaratishga ilhomlantirib kelmoqda. O`tgan XX asrda «oq kiyimlilar»
harakati haqida Sadriddiy Ayniy, A.Yakubovskiy, T.Qodirova va Poyon
Ravshanovlarning muhim tadqiqotlari yuzaga keldi. Atoqli shoir Hamid Olimjon
«Muqanna» tarixiy dramasi, yozuvchi Mirzapo`lat Toshpo`latov «Sanam tog`idagi
gulxan» tarixiy qissasini yozdi. Xorijiy mamlakatlarda ham ilmiy tadqiqotlar
yaratilgan bo`lib, Eron yozuvchisi Saif Nafisiy va argentinalik jahonga mashhur
adib Xorxe Luis Borxesning Muqanna haqida hikoyalar yozishgani ma`lum.
Arablar bosqini tarixiy bilimlar rivojiga ta`sir qilmasdan qolmadi. Insoniyat
tarixida xalqlar hech qachon bir-biridan uzilib qolgan holatda yashamaganlar.
Hayot dialektikasiga binoan bunday bo`lishi ham mumkin emas edi.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotidagi katta tafovutlar, mahalliy aholi va bosqinchilar o`rtasidagi
ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi tufayli Movarounnahrda Somoniylar (819
y) hokimiyat tepasiga keldilar. Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy
yuksalishiga yo`l ochdi.
Movarounnahr maxsus geografik termin sifatida arablar o`rtasida VII-VIII
asrdan, aniqrog`i, arab istilolari boshlanish davridan ma`lum va «Daryo orqasidagi
(Amudaryo ortidagi) yerlar» ma`nosini anglatgan.
Darhaqiqat, shundan boshlab Movarounnahrning shon-shuhrati jahonga
namoyon bo`ldi. Movarounnahr ilmu ziyo markazi sifatida butun dunyoga tanildi.
U islom ulamolarini yetishtirgan, xususan, tarixshunos va geograf olimlar Vatani
213
sifatida olamda shuhrat qozongan muqaddas yurtdir. Vatanimizning IX-XII
asrlaridagi madaniy yuksalishini tarixshunoslar sharq uyg`onish davriga
mengzaydilar.
Bo`riboy Ahmedovning «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari»
(Toshkent, 2003) risolasida O`zbekistonda VIII-XIX asrlarda yashab ijod qilgan
tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va muhim asarlariga qisqacha to`xtalib
o`tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar
kiritilgan bo`lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari
(tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma`lumot beriladi. Risolada IX-XII
asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy yuksalishga hissa qo`shgan,
tarixshunoslar haqida ma`lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh
Muhammad al-Xorazmiy – VIII-IX asrlarda (789-850 yy.) o`tgan xorazmlik
qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari – «Kitob ut-tarix» bo`lib, ayrim
parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari
orqali bizgacha yetib kelgan.
Bal`amiy – X asrda o`tgan buxorolik tarixnavis va davlat rabobi. Somoniylar
qo`lida vazir vazifasida xizmat qilib, Tabariyning «Tarix ul-anbiyo» va – r-rasul
va-l-xulofo» nomli asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan yozgan, natijada
asardan foydalanish osonlashtirilgan.
Abu Nasr Muhammad Utbiy (961-1022 yy.) X asrning yirik arabiynavis
tarixshunos olimi. «Tarixi yaminiy» (Yamin-arab, o`ng qo`l; Sulton Mahmudga
xalifa al-Qodir (991-1031) tarafidan berilgan) nomli asarni yozgan. Asar o`rta asr
tarixshunosligiga xos va oid og`ir uslub-saj bilan yozilgan.
Abu Hafs an-Nasafiy (1142-43 yy. vafot etgan) Samarqandlik tarixchi olim.
Uning «Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand» nomli asari mavjud. Bu asarda
Samarqandning osoru atiqalari va ulamolarining tarjimai holi haqida ma`lumotlar
beriladi.
Baxtga qarshi asarning arabcha nusxasi saqlanmagan. Bizgacha yetib
kelgani «Kichik qandiya» nomi bilan ataladi.
Sam`oniy XII asrda yashab o`tgan mashhur qomusiy olim. Sam`oniy o`zidan
katta yodgorlik qoldirib ketgan. U ikkita yirik asar «Kitob ul-ansob» («Nasablar
haqida kitob») hamda yigirma jildlik «Tarixi Marv» kitoblarining muallifidir.
Abubakr Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik an
Narshaxiy (899-959) X asrda yashab o`tgan buxorolik yirik tarixshunos olim.
Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog`idan
chiqqan.
Narshaxiy «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan qimmatli bir asar yozib
qoldirgan. Mazkur asar aslida arab tilida yozilgan, lekin arabcha matni
saqlanmagan. Bizgacha uning qisqartirilgan forsiycha tarjimasi yetib kelgan, xolos.
214
«Tarixi Buxoro»da Zarafshon vohasining quyi oqimida joylashgan shahar va
qishloqlarning geografik holati, mahalliy aholining VII-X asrlardagi turish-
turmushi, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, O`rta Osiyoning arablar tarafidan
istilo etilishi, mamlakatning Somoniylar hukmronligi (819-1005 yy.) yillaridagi
siyosiy tarixi voqealarigina qisqa tarzda bayon etilgan.
«Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi
shubhasizdir. Bizgacha yetib kelgan «Buxoro tarixi» so`z boshisida yozilishicha,
kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr
al-Quboviy o`z do`stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning
yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni
qisqartirgan, ammo asl mohiyati va mazmunini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar
bayonini o`zidan qo`shgan. Asar 1966 yili o`zbek tilida Sodiq Mirzaev tarjimasida
Toshkentda nashr etildi. Eng so`nggi o`zbek tilidagi nashri 1991 yilda Bo`riboy
Ahmedov tahririda chop etilgan bo`lib, tarixiy voqealarning xolisona bayoni uni
qimmatli manba darajasiga ko`taradi.
O`rta Osiyodan yetishib chiqqan olimlar tomonidan jahon ilm xazinasiga
qo`shilgan hissaning naqadar buyukligi tarixchilar tomonidan qayd etilgan,
tarixshunoslar tomonidan esa muntazam targ`ib qilib kelinadi. Hozirgi bizga
ma`lum «arab raqamlari» aslida Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan hind
raqamlari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Rim papasi Sil‘vester II (999-1003
yillar) buyrug`i bilan Ovrupo mamlakatlarida joriy etiladi. Bu davrgacha o`ta
noqulay rim raqamlari qo`llanilar edi. Sil‘vester yoshligida Ispaniyada ta`lim
olgan, arab tilini bilgan zamonasining o`qimishli vakili edi. Dastlabki Ovrupa
universitetlarining faqat tibbiyot bo`limlarida matematika o`rganilgan. O`rta
asrlarda ko`pchilik shifokorlar matematik ham bo`lganlar. Ibn Sino nomini
tarjimonlar o`z tillarida Aben Sena deb yozadilar. Bu nom oddiy tilda Aven Sina
shaklida qo`llanilib, lotin transkriptsiyasida Avitsenna bo`lgan. Bizning
tushunchamizdagi shifoxonalar Ovrupada faqat 1500-yillarda tashkil topadi. Ular
bemorlarni Ibn Sino va ar-Roziy usullari bilan davolaydilar. «Al-Qonun», 1500-
yilgacha hali kitob bosish ishi endigina amalga oshirila boshlagan davrda 16 marta
chop etiladi. Bu XVII asr oxirigacha Ovrupada yagona qo`llanma va darslik
sifatida qo`llanilgan.
O`rta Osiyo olimlarining ilmiy taraqqiyotidagi xizmatlarini hozirgi zamon
tarixshunosligi fani nuqtai nazaridan tahlil qilish barobarida ularning ijodiy
merosini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o`rganish ham dolzarb vazifa.
Aslida bu ham ana shu merosni istifodaga kiritishning yana bir yo`lidir. O`rta
Osiyo olimlari yunon, hind olimlari erishgan natijalarni o`zlashtirish barobarida,
fanni butunlay yangicha yondashuvlar, o‗ziga xos g`oyalar bilan boyitgani
borasida dalillar yetarli.
215
O`rta Osiyo hududlarining tarixiy-geografik tavsifiga oid asarlarda tarixdagi
ob`yektiv taraqqiyot qonunlarini ochib bermasdan, voqealarni faqat tashqi
bog`lanishi va izchilligiga qarab tasvirlovchi (pragmatizm) oqimi ham mavjud
bo`lgan.
Bu yo`nalishning ham o`ziga xos murakkabliklari mavjud. U nafaqat Sharq
olimlari asarlarini chuqur o`rganib chiqishni, ayni paytda G`arb falsafasining o`rta
asrlardan to bugungi kungacha bo`lgan rivoji davomida ko`tarilgan g`oyalarning
genezisi bilan tanishishni va qiyosiy tahlil qilishni talab etadi. Bu esa o`z navbatida
oliy o`quv yurtlari uchun tarixshunoslik darsliklarini nashr qilishni talab etadi.
Bunday o`quv qo`llanmalarda O`rta Osiyo mumtoz fani natijalarini hozirgi zamon
nuqtai nazaridan baholashimiz kerak bo`ladi.
Markaziy Osiyo ilk o‗rta asrlar (V - VIII) tarixi o‗ziga xos taraqqiyoti va
mintaqaviy jarayonlari bilan ajralib turadi. Bu davr jarayonlarini aniqlashda
sug‗dshunoslik sohasiga asos solgan va uni rivojlantirgan garb, rus, sovet va
postsovet, sharq va o‗zbek olimlarnipg beqiyos xizmatlari bor.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Sharqiy Turkiston vohalarida olib borilgan
arxeologik tadqiqotlar natijasida moniy, suryoniy va uygur tiliga yaqin alifbolarda
yozilgan yozma yodgorliklar topilgan. Bu noma‘lum "pahlaviy dialekti" yozuvini
F.K. Anders, X asrga oid Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"
asaridai sugdiy oy va kunlarning nomlanishini hujjatlardagi nomlar bilan qiyoslab
tikladi. Bu xaqda 1904 yilda eronshunos F.V.K. Myullerga xabar berildi. Shu
yildan boshlab sug‗d tili va yodgorliklarni o‗rganishga kirishilib, yangi soha
sug‗dshunoslikka asos solindi. Sohaga F.K. Anders, P. Pelo, Myuller tamal toshini
qo‗yishdi. Ular topgan aksariyat matnlar diniy-falsafiy mazmunda bo‗lib, Sharqiy
Turkistondagi turk-sug‗d jamoalari tomonidan sug‗diy tilga sanskrit va xitoy
tilidan qilingan tarjimalar olindi. Bu sohada boshlangan ishni, sug‗diy-suryoniy
(xristian) matnlari asosida, K.G. Zaleman, 1906 yilda A.Steyn tomonidan
Dunxuandan topilgan "Ko‗hna xatlar" ustida R. Plio, G. Rayxelt, keyinchalik V.B.
Xeyaning, Ya. Xarmatta, V. Lens kabi olimlar davom ettirdilar. Sug‗diy til
qonuniyatlarini P. Tedesko, sugdiy-buddaviy, sug‗diy-moniy va sug‗diy-suryoniy
matnlardagi sug‗diy tili qonuniyatlari, yozuvlar shakli uslubi, tarjimasi, izohi bilan
E. Benvenist, I. Gershevich, S. Telegdi, O. Xansen, F. Veller, D.N. Makkenzi, M.
Shvars, N. Sims-Vilyams kabi olimlar ishlab chiqdilar. Jumladan, N. Sims-
Vilyams so‗nggi yillarda topilgan sug‗d yozma yodgorliklarining o‗qilishi va
talqini masalasida F.Grene bilan hamkorlikda ish olib bordi. Ular Janubiy
Qozog‗istondan topilgan sug‗diy yozuvli Kultepa bitigini tahlil qilishdi.
Sug‘dshunoslik sohasiga Osiyo olimlari tomonidan munosib hissa
qo‗shilmoqda. Yapon olimlaridan Y. Yoshida Ipak yo‗li va u yerdagi
sug‗diylarning savdo koloniyalari masalalarini so‗nggi yillarda topilgan yangi
216
materiallar asosida o‗rgangan bo‗lsa, K. Enoki ilk o‗rta asrlar Markaziy Osiyodagi
etnik jarayonlar bilan shug‗ullandi. Eronlik olim B. Garib sug‗diy, forsiy va ingliz
tillaridagi lug‗ati bilan sug‗dshunoslik uchun katta xizmat qildi. So‗nggi yillarda
fransuz tadqiqotchisi F. Grene sug‗d yozma yodgorliklari va sug‗diylarning
Markaziy Osiyo tarixi masalasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. U Sug‗d
arxeologiyasi, tarixi va madaniyatiga oid qator ilmiy ishlarni chop ettirdi.
Yevropa olimlarning barcha sug‗diy madaniyatni, eron madaniyatining bir
qismi deb talqin qilib, xatoga yo‗l qo‗ymoqdalar. Vaholanki, sug‗diy madaniyat
o‗ziga xos bo‗lib, bu madaniyat turkiy muhitda shakllangan va turkiy madaniyat
bilan simbioz holatida faqat Markaziy Osiyoga xos turk-sug‗d madaniyatining
ajralmas qismidir. Chunki Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini sug‗diy (eroniy) yoki
turkiy madaniyat sifatida alohida o‗rganish va tadqiq qilish mumkin emas.
XX asr ikkinchi choragidan sobiq SSSRda sug‗dshunoslik bo‗yicha qator
ishlar qilindi. XIX asr oxirlarida yevropalik olimlar qatori Sharqiy Turkiston
arxeologiyasida ishtirok etgan Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqiy bo‗limining
arxeologik jamiyatining vakillari A.I. Koxanovskiy, N.I. Krotkova, S.F. Oldenburg
va V.I. Roborovskiylar tomonidan bir qator buddaviy, moniy va xristian dinlari
mazmunidagi matnlarning parchalari kolleksiyasi jamlandi. Mazkur noyob matnlar
parchasidan iborat kolleksiyani L.N. Ragoza nashrga tayyorlab, chop etgirdi. 1932-
1933 yillarda Tojikistonning Panjikent shahri yaqinidagi Mug‗ qal‘asi
xarobalaridan topilgan VIII asr boshlariga oid arxiv hujjatlari sovet
sug‗dshunosligi uchun katta manba bo‗ldi. N.A. Vasilevning Mug tog‗i arxivi
haqidagi ma‘lumotlari, A.A. Freyman ekspeditsiyasi aniqlagan 74 ta hujjat (teri,
qog‗oz va yogoch parchasidagi shaxsiy va diplomatik xatlar, bitimlar, taqvimlar,
xo‗jalik va hisob qaydlari, bitta arabcha, uchta xitoycha va bitta runiy yozuvidagi
arxiv) 1934 yildan nashr etila boshlandi. 1962 yilda A.A. Freyman mazkur
hujjatlarning tavsifi, nashri va tadqiqoti bo‗yicha o‗z ilmiy natijalarini nashr ettirdi.
I.Yu. Krachkovskiy Mug‗ arxivining arab tilli hujjatlarini tarjimasi va talqinini
e‘lon qildi. XX asr ikkinchi yarmidagi sug‗dshunoslik taraqqiyotiga V.A. Livshis
katta hissa qo‗shdi. U nafaqat Mug‗ tog‗i arxivi hujjatlarini, balki sug‗diy
matnlarning katta kompleksini amaliy o‗rgandi. Uning sohaga oid nashrlari orasida
sugd yozuvi xillari va tili masalasi alohida o‗rin tutadi. V.A. Livshis Sharqiy
eroniy tillar bo‗yicha mutaxassis L.A. Xromov bilan hamkorlikda sug‗d tilini
maxsus tadqiq etdi.
Sug‗dshunoslik sohasi rivojiga ulkan hissa qo‗shgan olima O.I. Smirnova
1962 yilda M.N. Bogolyubov bilan birga Mug‗ arxivining uchinchi qismini
(xo‗jalik hujjatlarini) nashr ettirdi. U nafaqat Mug‗ arxivi hujjatlari ustida, balki ilk
o‗rta asrlardagi Sug‗dning siyosiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati va
ayniqsa numizmatikasini o‗rganishda samarali ish olib bordi. Bu asarlarda
217
Sug‗dning mintaqada tutgan o‗rni, turk-sug‗d munosabatlarining siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy qirralariga daxldor ma‘lumotlar keltiriladi.
So‗ngti yillarda Rossiyada sug‗dshunoslikning yangi avlodi yetishib
chiqmoqda. Shulardan biri P. Lure hisoblanadi. Uning tadqiqotlari asosan sug‗diy
toponimiyaning tarixiy-lingvistik tahlillariga bag‗ishlangan.
O‗zbekistonda sug‗dshunoslik sohasiga XX asrning 70-yillarda asos solindi.
V.A. Livshisning shogirdi M.M. Is‘hoqov O‗rta Osiyoda birinchilardan bo‗lib,
sug‗dshunoslik bo‗yicha ilmiy tadqiqotlar olib borib, sug‗dshunoslik maktabini
shakllantirmoqda. 2008 yilda M.M. Is‘hoqovning "Markaziy Osiyo dunyo yozuv
madaniyati tizimida" nomli paleografik tadqiqotlarga bag‗ishlangan monografiyasi
o‗zbek va jahon sug‘dshunosligining katta yutuqlaridan biri bo‗ldi. Uning
shogirdlari O‗. Mansurov, Sh. Shoyoqubov, B.Mamarahimova, A. Xolmatov
kabilar sug‗dshunoslikning kelajakdagi rivoji uchun hissa qo‗shishga kirishganlar.
Ularning maqolalari va monografiyalarida sug‗diy hujjatlar, xususan Mug‗ arxivi
izchil o‗rganilib, Sug‗dning ikki etnik birligi sug‗diylar va turkiylar o‗rni xolis
yoritilganligi bilan xarakterlanadi.
Sug‗d yozuvining mintaqadagi o‗rni va turkiy davlatchilikdagi ahamiyati
G‗.B. Boboyorov tomonidan olib borilyotgan tangashunoslik tadqiqotlarida aks
etmoqda.
O‗zbekistonda sug‗dshunoslik sohasini rivojlantirish va o‗zbek olimlarining
jahon sug‗dshunoslari bilan hamkorlik qilishi masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
Chunki, shu davrgacha qilingan sug‗dshunoslikka daxldor ilmiy maqolalar va
ilmiy tadqiqot ishlari hozirda O‗zbekistonda mavjud manbalarga suyangan holda
bajarilmoqda xolos. Vaholanki, so‗nggi yillarda Germaniya, Italiya, AQSh,
Yaponiya va Xitoy kabi mamlakatlarda sug‗d yozma yodgorliklaring yangi
namunalari asosidagi tadqiqotlar olib borilmoqda. O‗zbek olimlari ushbu
jarayonga qo‗shilish uchun xalqaro internet tizimi, ilmiy mussasalar bilan
hamkorlik va O‗zbekistonda sug‗d yozma yodgorliklari fondini yaratish uchun
harakat qilishlari, soha bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislarni bir markazga to‗plab
faoliyat yuritishlari maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
Dostları ilə paylaş: |