O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Savollar: 
1.
O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o‗zaro munosabatlari 
tarixshunosligi. 
2.
Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri. 
3.
O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi. 
4.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri. 
5.
Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning 
kuchayishi. 
6.
O‗rta Osiyoda XII-XIV asrlarda tarixiy bilimlarning holati. 
7.
Xorazmshohlar davlati tarixi va Sulton Jaloliddin kurashi tarixshunosligi. 
8.
O‗rta Osiyo xalqlari siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti muammolarining 
Rashiduddin, Ibn Batuta va Hamidulloh Kazviniy asarlarida yoritilishi. 
 
XIX-BOB. RIVOJLANGAN O`RTA ASRLAR TARIXSHUNOSLIGI 
Bag`dod xalifaligining sobiq hududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan 
biri Somoniylar davlati (819-999 yy.) edi. X asr oxirlariga kelib feodal tarqoqlik 


234 
yanada kuchaydi. Hamadon, Isfahon va Rayda Buvahiylar, Tabaristonda va 
Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar. 962 yilda Somoniylarning G`aznidagi 
noibi Alptakin ham mustaqillik e`lon qildi. Sirdaryoning o`ng sohilidagi yerlar, 
shuningdek, Chag`oniyon va Xorazm ham somoniylarga itoat etishdan bosh 
tortdilar. 
Xorazmshohlar davlati tarixshunosligini o`rganish, ayniqsa Mustaqil 
O`zbekiston Respublikasi tashkil topganidan so`ng jonlanib ketdi. Bu sohada 
Azamat Ziyo, Ozod Masharipov, Matyoqub Maniyozov, Abdulla Sotliqov, 
Anatoliy Sagdullaev va boshqalarning xizmatlari samarali bo`ldi. 
Tarixshunosligimizda, mamlakatimizning har bir voha yu vodiysining 
hissasi bor ekanligini biz bir necha bor ko`rdik. Shu ma`noda davlatchiligimiz 
ibtidosi qaror topgan ko`hna Xorazmda XI-XIII asr boshlarida kechgan siyosiy 
jarayon va uning tamom mintaqaga ta`siri katta qiziqish uyg`otadi. 
Xorazmshoh deyilganda, aslida, Xorazm vohasida hukmronlik qilgan sulola 
vakili tushuniladi, ya`ni Xorazm hukmdori (shohi) ma`nosini anglatadi. Uzoq 
asrlar davomida bu viloyatda bir qator sulolalar xorazmshohlar unvoni ostida 
faoliyat ko`rsatganliklarini bilamiz. Masalan, IV-X asrlarda afrig`iylar xonadoni, 
995-1017 yillarda ma`muniylar (Ma`mun I, Abulhasan Ali, Ma`mun II), 1017-
1041 yillarda esa oltuntoshiylar (Oltuntosh, Horun, Handon) sulolalari 
xorazmshohlar unvoni bilan boshqaruv kursisida o`tirganlar. Ammo Xorazm 
doirasidan tashqariga chiqib, mamlakat, mintaqa miqyosida ot surib va bu bilan 
ham cheklanmasdan boshqaruvning saltanat darajasiga erishgan sulola bu 
anushtegeniylardir (1097-1231). 
1017 yili Xorazmni Mahmud G`aznaviy bosib oldi, o`zining bosh hojibi 
Oltintoshni xorazmshoh unvoni bilan Xorazm hokimi etib tayinladi. 
1043 yili Xorazm saljuqiylar davlatiga qo`shib olindi. Saljuqiylarning 
Xorazmdagi noibi Otsiz xorazmshoh saljuqiylarning zaifligidan foydalanib, 
mustaqil siyosat yurgiza boshladi va Xorazmda yangi sulolaga asos soldi. 1172 yili 
Xorazmga qoraxoniylar bostirib kirdi. Otsiz xorazmshohning nabirasi Takash 1187 
yili Nishonpurni, 1192 yili Rayni, 1193 yili Marvni bosib oldi, 1194 yili saljuqiylar 
sultoni To`g`rul II ni yengdi. Takash xorazmshoh davrida (1172-1200) Eronning 
Sharqiy qismi Xorazmga qo`shib olindi. Uning o`g`li Muhammad Xorazmshoh 
davrida Xorazm Yaqin Sharqda eng qudratli davlatga aylandi. Xorazmga Kaspiy 
dengizining shimoliy sohillaridan fors qo`ltig`igacha, Kavkazdan hindukush 
tog`larigacha bo`lgan hudud qarardi. Xorazm Xitoy, Mo`g`uliston, Tibet, 
Hindiston, Yaqin Sharqdagi mamlakatlar, Rus va volga bo`yidagi shaharlar bilan 
savdo-sotiq qilardi. Bu haqida tarixchi olim Ozod Masharipov «Xorazm tarixidan 
sahifalar» (Toshkent, 1994), Matyoqub Matniyozov va Abdulla Sotliqov «Jahon 
tarixi va madaniyatida Xorazm» (Urgench, 1999 yil), o`z asarlarida ma`lumotlar 


235 
keltirib o`tadilar. Ularning qimmati ham shundaki, bugungi zamon nuqtai-
nazaridan tarixshunosligimizni boyitganlar. 
Ammo, Anushteginlarning turkiy qabilalardan kelib chiqqanligi, uning 
o`g`uz qabilalarining Bekdili urug`idan ekanligi to`g`risidagi ma`lumotlar fors 
tarixchisi Rashiduddinning asarlarida keltirilgan.
G`aznaviylar sulolasiga 962 yil somoniylar sarkardasi Alptakin G`azna 
shahrini bosib olib, u yerda g`aznaviylar sulolasiga asos solgan. Bu tarixnavislikka 
G`aznaviylar devonida 25 yillik davlat xizmati bilan Abul Fayzi Bayhaqi o`zining 
«Mas`ud tarixi» yoki «Tarixi Bayhaqiy» asari bilan asos soldi.
G`aznaviylar davlati ravnaq topgan davrda saroyda va shaharlarda buyuk 
olimlar yashab, ijod etganlar (Beruniy, Utbiy, Abulfazl Bayhaqiy, Gardiziy, 
Firdavsiy va boshqalar) G`aznaviylar davlati Mahmud G`aznaviy vafotidan keyin 
zaiflasha boshladi. Mas`ud I davri (1030-1041)da Xorazm qo`ldan ketdi, 
Movarounnahrning Amudaryo yuqori oqimidagi yerlarni qoraxoniylar tortib oldi. 
XII asr 70-yillarida g`uriylar g`aznaviylarni Shimoliy Hindistonga siqib 
chiqardilar, Lahor ularning poytaxtiga aylandi. 1186 yili g`uriylar Lahorni ham 
bosib oldilar. 
Saljuqiylar davlati (1038-1194) nomi ko`chmanchi turk-o`g`uz qabilasi 
boshlig`i Saljuq nomidan olingan. Saljuqiy turklar XI asr 30-yillarida harbiy 
xizmatlari evaziga Xurosonda g`aznaviylardan mulklar oladilar. Tarixchi olim 
Azamat Ziyoning «O`zbek davlatchiligi tarixi» nomli asarida ko`rsatilishicha 
saljuqiylar tarixshunosligi Sadr ad-din Ali Husayniyning «Zubdat at-tavorih», 
«Tarixi Salojoqa», «Rohat as-sudur» nomli asarlaridan boshlanadi. Eng yangi 
zamon tarixshunosligi Agadjanov S.A.ning «Ocherki istorii og`uzov i turkmen 
Sredney Azii IX-XII vv» (M., 1969) asarlari bilan davom etishini ko`rsatadi. 
XI asr oxirlaridan boshlab, saljuqiylar davlati tanazzulga uchray boshladi. 
Chunki birinchi salib yurishlari natijasida saljuqiylar Kichik Osiyoning qirg`oq 
bo`yi hududlaridan ajradilar. O`zaro sulolaviy va ichki nizolar tufayli, To`g`rulbek 
avlodlarining ba`zilari mustaqil sultonliklar tuzib oldilar, natijada saljuqiylar 
davlati ikkiga bo`linib ketdi. Birinchi poytaxt Hamadon, ikkinchisi Marv bo`lib 
qoldi. Xorazmshoh Takash Marvni bosib oldi, Hamadon poytaxti bo`lgan ko`hna 
sultonligi esa XII asrgacha hukm surdi. 
A.Sagdullaev, B.Aminov, O`.Mavlonov, N.Norqulov «O`zbekiston tarixi: 
davlat va jamiyat taraqqiyoti. I qism» (-Toshkent, «Akademiya», 2000) asarida 
saljuqiylar haqida hech bir ma`lumotni keltirmaydilar. Shunday bo`lsada, Bo`riboy 
Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» (T., 1994) asarining 424-425 betlarida 
Saljuqiylar davlati haqida qisqacha ma`lumotlar keltirib o`tiladi. 
So`g`diylar va turkiy urug`lar aloqalarining kuchayishida Sharqiy Turkiston, 
Yettisuv va Janubiy Tangritog` viloyatlarida tashkil topgan musulmon turk 


236 
davlati–Qoraxoniylar (927-1212) muhim o`rin tutadi. Qoraxoniylar davlati 
Yettisuv hududida Qarluq (756-940) davlati o`rnida tashkil topdi. Uning asoschisi 
Sotuq Bug`roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolosog`un hokimini mag`lub 
etib o`rniga o`zini hoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila –yag`mo –
chigil 
qabilalari 
birlashdilar. 
Qoraxoniylar 
tarixshunosligi 
Mahmud 
Qoshg`ariyning «Devonu lug`ati turk», Gardizning «Zayn ul-axbor» («Xabarlar 
ziynati») asarlari bilan boshlanadi. Keyinchalik bu yo`nalishdagi tarixnavislik 
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asaridagi ma`lumotlar bilan to`ldiriladi. 
XI asr 60-70 yillarida qoraxoniylar saljuqiylar bilan to`qnashib, zaiflashib 
qoladi. 1212 yili Muhammad Xorazmshoh qoraxoniylar davlatini butunlay tugatdi. 
XI-XII asrlarda O`rta Osiyoda tovar-pul munosabatlari juda rivojlandi. Bu 
davr tarixshunoslikda ham shaharlarning kengashi va rivojlanishi, tovar ishlab 
chiqarish, iqtisodiyotning umumiy ko`tarilish davri edi. Siyosiy o`zgarishlar O`rta 
Osiyo xalqlari fani va madaniyatiga ham kuchli ta`sir ko`rsatdi. 
Tarixshunoslikda siyosiy dunyoqarash va ularni tarixiy o`rganish arab tilida 
yaratilgan tarixiy asarlarning umumiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi. Ular 
garchi arab tilida yozilgan bo`lsada, barchasida umumiy tarixni qamrab olishga
ya`ni tarixni jahon tarixi sifatida idrok etishga, talqin qilishga intilish alohida 
sezilib turadi. 
Tarixnavislikda ham kitoblar ichida tarixchi o`zining «Qur`oni Karim», 
hadislar va «Payg`ambarlar qissalari», diniy rivoyatlarni yaxshi bilishini namoyon 
etishga va ulardagi mashhur va ma`lum voqea, hodisa, rivoyat, aqidalardan unumli 
foydalanishga intilganlar. 
Arab tilidagi tarix asarlarining eng qadimgilari – kufiyda «Qur`oni Karim» 
va tafsir, hadislar – nasxda, suls-yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so`ng iste`molga 
nasta`liq yozuvi kirgan. Alohida farmon va hujjatlar nasta`liq yozuvida bitilgan. 
Tarixnavisligimizga oid asarlar mazmunida mayin ma`naviy Alloh hamdi – 
tamhid, payg`ambarimiz na`sihatlari, to`rt sahoba yoki sahobai roshidin ta`rifi 
kelib, undan so`ng asar kimga bag`ishlangan bo`lsa, odatda ularga bag`ishlov – 
maqtov yoziladi va shundan keyin kamtarin muallif o`zi haqida, qanday asar 
yozmoqchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham mazmuni haqida yozgan. 
Asarning oxiridagi xotima – kolofonda esa, muallif asarini tugatib olgani 
uchun Allohga shukronalar keltirib, mazkur qo`lyozma asar va uning ushbu 
nusxasi, ko`chirilish joyi va tarixi, xattoti haqida ma`lumot keltiradi. 
Hazrati Beruniy arablarda tarix yaratish an`anasi juda qadimiy va boy 
emasligini haqli ravishda qayd etgan bo`lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan 
so`ng, yunon, eron, yahudiy va nasroniy tarix an`analaridan ijobiy va ijodiy 
foydalangan arab va arab tilida ijod qiluvchi muarrixlar arab xalqlari, hamda arab 


237 
xalifaligi hududiga kirgan yoki unga qo`shni bo`lgan xalqlar tarixini yozishga katta 
hissa qo`shdilar. 
Yurtimizdan yetishib chiqqan tarixchilarimiz ham arab tilida, ayniqsa 
Beruniy, Sam`oniy, Shahobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib 
arab tilidagi tarix ilmiga munosib ulush qo`shdilar. 
Ko`chmanchi xalqlar tarixini o`rganish va uning tarixshunosligi hozirgi 
zamon tarixshunosligining dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoni, 
taniqli olim Bo`riboy Ahmedov «Tarixda saboqlar» (T., 1994) asarida tahlil 
qilishga harakat qiladi. 
XIII asrning ikkinchi yarmida Dashti qipchoqning katta qismi, xususan, Oq 
O`rda va Shaybon ulusida ko`chib yurgan turk-mo`g`il qabilalari «o`zbeklar», bu 
bepoyon hudud esa «O`zbeklar viloyati» deb atala boshladi. Bundan o`zbeklar 
Dashti qipchoqda faqat XIV asrning ikkinchi yarmidan paydo bo`lgan, degan 
xulosa kelib chiqmaydi. Hozirgi o`zbeklar, shuningdek qozoqlar, qoraqalpoqlar, 
boshqirlar, tatarlar va boshqa turkiyzabon xalqlarning ota-bobolari qadim 
zamonlardan shu xalqlar hozirgi yashab turgan hududda hayot kechirganlar. 
Mas`ud ibn Usmon Ko`histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy» nomli tarixiy 
asarida ko`chmanchi o`zbeklar va ularning XV asrda tashkil topgan davlati 
to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bor. 
Kamoliddin Binoiyning (1453-1512) «Shayboniynoma» asarida ham XV 
asrning 80-yillarida Shayboniyxon tevaragida uyushgan qabilalar orasida 
shodboqli qabilasi bo`lganini yozadi. 
Mahmud ibn Vali (1596-16….) «Bahr ul-asror fi manoqib ul-aqyor» 
(«Oliyjanob kishilarning jasorati haqida sirlar dengizi») nomli asarida yozilishicha, 
ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinida uyrot, mojor va qipchoqlarning lashkarlari ham 
bo`lgan. 
Abulxayr Fazlulloh Ro`zbekxoning «Mehmonnomayi Buxoro» degan 
asarida ham o`zbeklar haqida qimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Uning fikricha 
o`zbeklar (ko`chmanchi o`zbeklar) asosan uch toifadan, ya`ni qabilalar ittifoqidan: 
Shaybon ulusiga kirgan qabilalar (Shayboniyon), qozoqlar va mang`itlardan tashkil 
topgan. 
Ko`chmanchi o`zbeklar davlati o`sha vaqtda hozirgi Qozog`istonning katta 
qismi va Janubi-G`arbiy Sibir ustidan o`z hukmronligini o`rnatdi. Tarix fanida bu 
davlatning tashkil topishi, taraqqiyoti va inqirozga yuz tutishi, shuningdek, ana shu 
bepoyon hududda XV asr davomida ko`chib yurgan turk-mo`g`ul qabilalarining 
ijtimoiy-siyosiy hayoti hanuzgacha chuqur o`rganilmagan. 
Umuman ko`chmanchi xalqlar tarixi–nomadizm tarixshunosligi deb ataladi. 
Shu sababdan, shubhasiz, o`zbeklar tarixida mo`g`illar istilosidan keyin tuzilgan 
birinchi davlat tarixini o`rganish nafaqat o`zbek xalqining, bugungi qozoq 


238 
xalqining ham bir xalq bo`lib tashkil topishi masalasini to`g`ri tushunish uchun 
katta yordam berishi mumkin. 
1219-1221 yillar ichida O`zbekiston mo`g`ullar tomonidan istilo qilindi. 
Chingizxonning ikkinchi o`g`li Chig`atoy (1227-1241 yy.) nomli ulus, mashhur 
xorazmlik Savdogar Mahmud Yalovuchga (1125-1238) va uning o`g`li Ma`sudbek 
(1238-1289) yordamida idora qilindi. 
Mo`g`illar hukmronligi yillarida Movarounnahr xalqi ikki tomonlama–
mo`g`il hukmdorlari dorug`alar, bosqoqlar hamda mahalliy yer egalari zulmi ostida 
qoldi. 
Bu davr tarixshunosligida Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddovga 
Abulxayr al-Xamadoniyning «Jome` ut-tavorix» («Tarixlar majmuasi») asari bilan 
muhim o`rinni egallaydi. Bu kitob o`rta asr Sharq tarixchiligida yangi an`anani 
boshlab bergan asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi 
bilan birga, G`arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini ham yoritishga 
intilgan, Sharq mamlakatlari tarixi umum jahon tarixining bir qismi, deb 
hisoblangan. 
«Jome` ut-tavorix» asarining ayniqsa turk-mo`g`ul asarlari tarixini o`z ichiga 
olgan Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda katta ahamiyatga ega. 
Umumiy tarix yo`natilishida yozilgan yana bir asar «Tarixi guzida» 
(«Saylangan tarix»)ning muallifi Hamdulloh Qazviniy bo`lib, kelib chiqishi 
bo`yicha arab, 1281 yili Eron Azarbayjonining Qazvin shahrida tug`ilgan. Ushbu 
asarda qadim zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman, O`rta Osiyoda bo`lib 
o`tgan voqealar yozilgan. 
O`tamish Xojining «Chingiznoma» asari Xorazmda hukmronlik qilgan 
shayboniylardan Esh sulton (1558 yili o`ldirilgan)ning topshirig`i bilan XVI 
asrning birinchi yarmida yozilgan. Bu asar Oltin O`rda va Qozog`istonning ko`hna 
tarixidan, aniqrog`i XIII-XVI asrlardagi tarixidan hikoya qiluvchi qimmatli tarixiy 
asardir. «Chingiznoma» asari Jo`chi ulusi va Xorazmning o`rta asrlardagi 
tarixining qorong`i taraflarini yoritishda muhim manba bo`lib xizmat qiladi. 
Movarounnahrni bosib olish mo`g`illarga osonlikcha muyassar bo`lmadi. 
Xorazmshohning to`ng`ich o`g`li Jaloliddin Manguberdi va Temir Maliklar 
hayotining so`nggi damlarigacha kurashayotgan xalqqa rahnamolik qildilar. Ular 
o`zlarining botir jangchilari bilan o`n yil davomida goh Movarounnahr, goh 
Afg`on, goh Hind yoki Eron, gohida Kavkazda paydo bo`lib, mo`g`ullarga 
qaqshatqich zarbalar berdilar.
Ular haqida ma`lumot beruvchi yirik tarixiy kitob «Tarixi jahonkushoy» 
(«Jahongir (Chingizxon) tarixi») nomli bo`lib (muallifda) XIII asr tarixchisi 
Alouddin Juvayniydir. Tarixchining otasi Bahouddin mo‗g‗ullar xuruji davri 
Sulton Jaloliddin bilan birga dushmanga qarshi janglarda qatnashgan edi. 


239 
O`zbekiston tarixi uchun «Tarixi Jahonkushoy»ning I-II qismlari alohida 
ahamiyatga ega. 
Sulton Manguberdi tarixshunosligini o`rganishda Shahobiddin Muhammad 
an-Nasaviyning «Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti» (Toshkent, 1999) asari 
nihoyatda muhim o`rin tutadi. Shuningdek, Sulton Jaloliddin tarixini yoritishda, 
akademik Ziyo Bunyodovning «Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231 
yy.)» nomli asari qimmatlidir. 
Jaloliddin 1231 yil 17-20 avgustlarida xoinona ravishda o`ldirildi. Jaloliddin 
nobud bo`lgan bo`lsada, ammo uning safdoshlari–xorazmlik amirlar va ularning 
qo`l ostida minglab askarlar qatl etdilar. Harbiy mahorat va uyushqoqlikda 
g`oyatda puxta tayyorgarlik ko`rgan, o`zlari ham shijoatli Xorazmliklar – Sulton 
Jaloliddin o`limidan so`ng yana o`n besh yil davomida Iroq, Kichik Osiyo, Suriya, 
Misr siyosiy hayotida muhim o`rin tutib kelganlar. Ularning qudratiga tayanib 
Yaqin Sharqdagi mahalliy turkiy sulolalar Damashq, Qohirani zabt etishga 
muvaffaq bo`lganlar. 1241 yili esa xorazmliklar Quddusni egallaydilar. Natijada 
1229 yildan beri salibchilar qo`lida bo`lgan bu muqaddas shaharni musulmonlar 
ixtiyoriga qaytaradilar. 
Xullas, tarixshunosligimizda, biz Jaloliddin mo`g`ullar va yaqin Sharq, 
Yevropa o`rtasidagi to`g`on bo`lgan desak hech ham mubolag`aga yo`l qo`ymagan 
bo`lamiz. Shuning uchun ham ona yurt sharofati bilan sulton Jaloliddin 
Manguberdi tariximizda Buyuk Xorazmshoh nomi bilan kirib abadiy qolmoqda. 
Buyuk mutafakkir va olim Abu Rayxon Beruniy hayoti va ilmiy merosining 
o‗rganilishi o‗z tarixiga ega bo‗lib, tarix fanining beruniyshunoslik yo‗nalishiga aylandi. 
XX asrda mazkur sohaning rivojlanishi alloma faoliyatiga doir ko‗plab adabiyotlarning 
yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi. Ushbu asrning 70-yillarini beruniyshunoslikning avj 
nuqtasi deyish mumkin. Sababi 1973 yilda Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1000 
yillik yubileyi YuNESKO boshchiligida jahon miqyosida keng nishonlangan. Shu 
munosabat bilan allomaning hayoti va ilmiy merosini o‗rganish jarayoni yanada 
faollashdi. Ular orasida atoqli sharqshunos olim P. G. Bulgakovning «Beruniyning 
hayoti va asarlari» («Jizn i trudы Beruni») kitobi alohida o‗ringa ega. Umumiy hajmi 
428 betdan iborat bo‗lgan ushbu kitobni beruniyshunoslik sohasida erishilgan 
yutuqlarning cho‗qqisi deb hisoblash lozim. Kitob muallifi o‗zining ko‗plab 
tadqiqotlarida
 
Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodining u yoki bu jihatlarini 
yoritgan bo‗lib, mazkur kitob ana shu ilmiy izlanishlarning natijasi va 
umumlashmasidir. 
«Beruniyning hayoti va asarlari» kitobi 15 bo‗limdan iborat bo‗lib, 
dastlabki bilim «Madaniy yuksalish davri» deb nomlanadi. Unda muallif Sharq, 
Renessansi davriga tarixiy nuqtai nazardan baho bergan. P. G. Bulgakov uchun 
mazkur davrdagi O‗rta Osiyo madaniyati Uyg‗onish davrining ajralmas 


240 
qismidir. U o‗z fikrini Muxammad al-Xorazmiy, al-Orobiy, Ibn Sino, Abul 
Vafo Buzjoniy, Abu Nasr Mansur ibn Iroq, Abu Maxmud Xo‗jandiy, Abu 
Abdulloh al-Xorazmiy kabi ushbu davr ilm-fani namoyandalari misolida 
asoslab bergan. Kitobning qolgan bo‗limlari Abu Rayxon Beruniyning bolalik 
davridan boshlab vafotiga qadar bo‗lgan davrining tarixiy manbalar va 
adabiyotlarga asoslangan batafsil bayoniga bag‗ishlangan. 
«
Beruniyning hayoti va asarlari» kitobida allomaning hayot yo‗li alohida 
bosqichlarda kirib chiqilgan bo‗lib, ularning har birida yaratilgan asarlar nomi, 
ular mavzuining qisqacha tahlili berilgan, shoh asarlari uchun esa alohida 
bo‗limlar ajratilgan: «O‗tmish avlodlarga yodgorlik» ( «Qadimgi xalqdardan 
qolgan yodgorliklar» asari haqida 95— 119-betlar

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin