O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
 
yilning oxiri — 
1004
 
yilning boshlarida ro‗y bergan. 
Kitobda allomaning siyosiy faoliyatiga doir ma‘lumotlar manbalarga 
asoslangan holda berilgan (122—126-betlar). Shu bilan birga, uning shaxsiy 
fazilatlari ham bayon qilingan. P. G. Bulgakov Beruniyning olim sifatidagi 
faoliyatini Abu Bakr ar-Roziy shaxsi
 
bilan solishtirish asnosida baholagan va 
ularning umumiy jihatlarini quyidagicha ta‘riflagan har ikkala alloma ham natur 
falsafa tarafdori bo‗lganlar va antik falsafiy merosni rivojlantirganlar, ular uchun 
dogmatizm bilan kurashga yo‗naltirilgan ratsionalizm xos bo‗lgan, eskilikka 
yangicha qarash har ikkala olim falsafiy qarashlarining umumiy tomonidir. Roziy 
ham, Beruniy ham inson tafakkuri dunyoning rivojlanish qonunlarini tajriba 
orqali bilishining cheksiz imkoniyatlariga ishonganlar. Dinga munosabat 
borasida ham ularning fikrlari umumiy bo‗lgan (285—288-betlar). Shuningdek, 
kitobda muallif Abu Rayhon Beruniyning ilmiy uslubini aniq va lo‗nda qilib 
quyidagicha ifodalagan: «o‗tkir tanqidchilik, an‘analarga amaliy tajriba 
natijalarini qarama-qarshi qo‗yish, xulosalarni tahlilash, talabchanlik bilan o‗z-
o‗zini tekshirib borish, aniq tajribalarning natijalarini sintezlash asosida umumiy 
xulosalar va qoidalar ishlab chiqish, fan masalalarini hal qilishda din talablaridan 
mustaqil bo‗lish» (69-bet). 
«Beruniyning xayoti va asarlari» kitobida P. G. Bulgakov allomaning 


243 
fexristi va unga qo‗shimchalardan kelib chiqib u qoldirgan ilmiy meros hajmi o‗n 
ming qo‗lyozma varaqdan iborat bo‗lishi mumkinligini bayon qilgan. Agar ushbu 
xajmni zamonaviy nashrlar bilan taqqoslasak, har biri kamida 35 bosma taboqli 40 
jild kitob hosil bo‗lgan bo‗lar edi (289-bet). Shundan so‗ng P. G. Bulgakov 115 ta 
asar nomini o‗z ichiga olgan fexristni birinchi marta tarkibiy jihatdan tahlil qilgan 
va quyidagi xulosaga kelgan: asarlarni mavzu jihatdan quyidagicha tasniflash 
lozim: 
1.
Sferik astronomiya va zijlarga oid asarlar 18 ta. 
2.
Geodeziya va geodezik astronomiyaga oid asarlar 15 ta. 
3.
Arifmetikaga oid asarlar 8 ta. 
4.
Astrologik astronomiyaga oid asarlar 4 ta. 
5.
Astrolyabiya va u bilan ishlash usullariga oid asarlar 5 ta. 
6.
Vaqtni anglash masalalariga oid asarlar 5 ta. 
7.
Meteorit va kometalar haqida asarlar 5 ta. 
8.
Turli mavzularga bag‗ishlangan asarlar 12 ta. 
9.
Astrologiyaga oid asarlar 9 ta. 
10.
Satira va afsonalar haqidagi asarlar 13 ta. 
11. Diniy e‘tiqod bilan bog‗liq asarlar 6 ta. 
12.
Qoralama holida qolib ketgan va yo‗qolgan asarlar 5 ta. 
13.
Alohida qo‗shimchalar talab qilinadigan ishlar 10 ta. 
Kitobda ana shu tasnifdan so‗ng qiziqarli tahlilga duch kelamiz. 1953 yilda 
xorij tadqiqotchisi D. Bualo fexrist, Yokut Xamaviy va Xoji Xalifa asarlaridan 
foydalanib Abu Rayxon Beruniy qalamiga mansub asarlar ro‗yxatini tuzib 
chiqgan edi. Mazkur ro‗yxatda alloma qalamiga mansub asarlar soni 180 ta deb 
ko‗rsatilgan. P. G. Bulgakov esa o‗z kitobida ro‗yxatni tanqidiy nuqtai nazardan 
ko‗rib chiqqan. Uning fikricha, asarlar soni oshirib yuborilgan, sababi D. Bualo 
asarlar ro‗yxatini tuzganda, «Fexrist»da keltirilgan ayrim asarlarni Beruniyga 
tegishli emas, balki unga atab yozilganligini xisobga olmagan, shuningdek, ba‘zi 
asarlarning manbalarda keltirilgan turlicha nomlarini alohida asarlar deb 
hisoblagan. P. G. Bulgakovning sinchiklab o‗tkazgan tahlili, Beruniy qalamiga 
mansub asarlar soni 146 ta bo‗lib, kitob so‗nggida ilova tarzda ularning to‗liq 
ro‗yxati keltirilgan (420—424-betlar). 
«Beruniyning xayoti va asarlari» kitobining so‗nggi bobida allomaning 
hayot yo‗liga umumiy tavsif berilgan. Muallif bayon qilingan barcha 
ma‘lumotlardan foydalanib uni quyidagi bosqichlarga bo‗lgan: 
1.
bosqich. 983—990 yillar. Umumiy ta‘lim va boshlang‗ich maxsus 
matematik-astronomik bilimlar olish davri. 
2.
bosqich. 991—998 yillar. Dastlabki mustaqil ilmiy tadqiqotlar davri. 


244 
 
3.
bosqich. 998 yillar oxiri — 1004 yilning birinchi yarmi. Jurjon davri. 
Sermaxsul ilmiy ishlar va ijodiy faoliyat davri. 
4.
bosqich. 1004—1017 yillar. Urganch davri. Beruniy ilmiy faoliyatini 
siyosiy ishlar bilan birga olib bordi. 
5.
bosqich. 1018—1029 yillar. «Geodeziya» — G‗azna davri. 
6.
bosqich. 1030—1037 yillar. Sakkiz yillik kulminatsion ijod davri. 
7.
bosqich. 1038—1048 yillar. Yakuniy davr (352—355-betlar). 
Bunga qadar allomaning umr yo‗li faqat umumiy tarzda bosqichlarga 
bo‗lingan bo‗lib, yuqoridagi davrlashtirish P. G. Bulgakov tomonidan ilk marotaba 
amalga oshirilgan. 
Shundan keyin kitobda Beruniyning fanlar rivojiga qo‗shgan hissasi 
umumiy tarzda ko‗rib chiqilgan. Ta`kid etish lozimki, P. G. Bulgakov allomaning 
falsafiy qarashlari va dinga munosabatiga baho berganda o‗z davri talablaridan 
kelib chiqib, ob‘ektivlikdan bir oz chetga chiqqan. Allomaning falsafiy 
qarashlarini materialistik nuqtai nazardan baholagan muallif Beruniyni ateist deb 
hisoblaydi, uning fikrlaridan allomaning ilmiy merosida materialistik qarashlarni 
kuchaytirib ko‗rsatishga intilishni kuzatamiz. Dinga munosabat borasida P. G. 
Bulgakov Beruniy ilmiy merosini ateistik nuqtai nazardan baholagan, ammo, 
fikrimizcha, Beruniyning diniy bag‗rikengligi va dunyoviy fanlarga munosabatini 
yoddan chiqarmagan holda uning musulmon olim ekanligini esda saqlash lozim. 
Bo‗limning so‗nggida XIX asr oxiridan 1973 yilga qadar bo‗lgan davrda 
allomaning hayoti va ijodining o‗rganilish tarixi berilgan. Kitobni mutolaa qilish 
asnosida beruniyshunoslik bilan shug‗ullangan xorijlik tadqiqotchilar, ularning 
ishlari bilan tanishish imkoniga ega bo‗lamiz, kitob bibliografiyasida ularning 
ilmiy tadqiqotlari uchun alohida qism ajratilgan (404—410-betlar). 
Yuqoridagi fikrlarning barchasi kitob muallifining mukammal bilim egasi va 
fidoyi beruniyshunos bo‗lganligidan dalolat beradi. Kitobda keltirilgan fikrlar va 
tahlillarni beruniyshunoslik sohasida o‗sha davrgacha amalga oshirilgan 
tadqiqotlarning jamlanmasi deb hisoblasa buladi. Fikrimizcha, uni o‗zbek tiliga 
tarjima qilish Abu Rayhon Beruniy merosini o‗rganishga yanada yaqnlashuvga 
xizmat qilgan bo‗lardi. Kitobning so‗z boshisida ta‘kidlanganidek, P. G. 
Bulgakovning kitobni yozishdan «asosiy maqsadi alloma Beruniyning mumkin 
qadar to‗liq qiyofasini o‗quvchiga ravon tilda yetkazish
»
bo‗lib, u o‗z maqsadiga 
erishgan, deb hisoblash mumkin. 
Buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy (973-1048) hayoti davomida fanning 
turli sohalariga oid 150 dan ortiq, asarlar yozib qoldirgan. Yurtimizda
 
uning 
hayoti va ilmiy merosiga qiziqish Rossiya imperiyasi davrida boshlanib sovet 
sharqshunosligida katta o‗rin olgan va rivojlangan. Ayniqsa, XX asrning 40-
yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar beruniyshunoslik sohasiga salmoqlii hissa 


245 
bo‗lib qo‗shildi. 
1949 yilda Abu Rayxon Beruniy vafotiga 900 yil to‗lishi (xijriy yil 
xisobida 1000 yilligi) ning Butunittifoq, miqiyosida nishonlanishi Beruniyning 
xayoti va ijodining o‗rganilishida muhim omil bo‗ldi. Yubileyning Xorazmda 
1937-1947 yillarda o‗tkazilgan S.P.Tolstov boshchiligidagi SSSR FA arxeologik-
etnografik ekspeditsiyaning yakunlanishi bilan bir paytga to‗g‗ri kelganligi esa 
beruniyshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning sermahsulligini yanada oshirdi. 
1948-1950 yillar oralig‗ida e‘lon qilingan tadqiqotlarning barchasi buyuk Beruniy 
vafotining 900 yilligiga bag‗ishlandi. Yuqorida qayd etilgan Xorazm arxeologik-
etnografik ekspedidiyasning o‗n yillik faoliyati natijalari bayon qilingan S. 
P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» nomli mashxur kitobi Abu 
Rayxon Beruniy xotirasiga bag‗ishlangan edi. Ekspeditsiya natijasida qo‗lga 
kiritilgan ishlar fan olamida birinchi marta Qadimgi Xorazm va Beruniy 
zamonidagi Xorazmning tarixi va madaniyati haqida to‗liq va aniq tasavvur hosil 
qilishga imkon yaratdi. O‗z navbatida Beruniyning Xorazm va unga yondosh 
mamlakatlar haqidagi ma‘lumotlari S. P. Tolstov va uning gurhiga ekspeditsiyada 
qo‗lga kiritilgan Xorazm tarixiga oid ko‗plab fakt va dalillarni talqin qilishda 
katta yordam berdi. S. P.
 
Tolstovning yuqorida tilga olingan asarining alohida 
bo‗limi Beruniy davriga bag‗ishlangani bejiz emas. 
1949-yilning 25-26 martida SSSR FAning Tarix va falsafa, Til va adabiyot, 
Fizika-matematika, Geologiya-geografiya fanlari bo‗limlarining birlashgan 
yubiley sessiyasi bo‗lib o‗tdi. Unda S. P. Tolstovning «Beruniy va uning davri», I. 
Yu. Krachkovskiyning «Beruniy va uning sharq geografiyasi tarixidagi roli» (bu 
ma‘ruzani sessiyada Zaxoder o‗qib bergan), X.U.Sodiqovning «Beruniyning 
astronomik bilimlari», A. M. Beleniskiyning «Beruniyning «Mineralogiya»si 
xaqida», G. G. Lemmleynning «Beruniyning mineralogiyaga oid ma‘lumotlari», 
V. Y. Zoxidovning «Beruniy donishmand sifatida» deb nomlangan ma‘ruzalari 
tinglandi. Ammo Beruniy dahosining o‗rganilish jarayoni o‗sha davrda barcha 
sohalarni qamrab olgan mafkuralashtirish siyosatidan chetda qolgani yo‗q. 
Allomaning yubileyi bu davrda e‘lon qilingan «burjua kosmopolitizmi»ga qarshi 
kurash shiori bilan o‗tkazildi va mafkuraviy qurol vazifasini bajardi, desa bo‗ladi. 
Biroq, bu jarayon beruniyshunoslik sohasidagi tadqiqotlar aksariyatining 
qimmatini kamaytirgani yo‗q. 
Usha davrda allomalar faoliyatiga baho berishda sovet konsepsiyasi 
shakllangan edi. Hattoki, Abu Rayhon Beruniy davrini tadqiq qilgan arxeolog 
V.M.Massonning maqolasi ham bundan xoli bo‗lmagan. Xususan, u shunday deb 
yozgan: «Tarixga antipatriotcha kosmopolitik nuqtai nazar bilan yondashuvchi 
falsifiqatorlar Beruniyni sxolastik mavhumlashtirilgan planda ko‗rib chiqishga 
harakat qilib, o‗zbek xalqini madaniy merosdan mahrum qilishga uringanlar. 


246 
Beruniy merosini materialistik nuqtai nazardan baholash birlamchi manbalarga 
asoslangan ulkan mehnat talab qiladi. Beruniyning asarlari materializm va 
idealizm kurashgan kesishmada k o‗rib chiqilishi lozim, uning davri 
sinfiy kurash tu shunchasi chuqurlashgan davrdir, bunda kurash 
umumiy j ihatlarini k o‗rsatsada, mafkura sohasida hali u darajada 
o‗zini ko‗rsatmagan edi». V. M. Masson o‗z maqolasida Xorazmning 
o‗sha davr tarixini yaxshi yoritgan, ammo sovet mafkurasi alloma 
faoliyatining biryoqlama o‗rganilishiga olib keldi.
 
1949-yilning yanvar oyida O‗zbekistonda Abu Rayhon Beruniy vafotining 900 
yilligi keng nishonlangan. Bu munosabat bilan ikkita to‗plam nashr etilishi mo‗ljallangan 
edi. Birinchisi «Beruniy asarlaridan parchalar», ikkinchisi Beruniyga bag‗ishlangan 
maqolalar to‗plami. Ushbu to‗plamlarni nashrga tayyorlash uchun ham maxsus komissiya 
tuzilgan bo‗lib, unga Ya. F. G‗ulomov rahbarlik qilgan. Ammo har ikkala to‗plam 
umumlashgan holda o‗zbek va rus tillarida nashr etildi. V. I. Zoxidovning «Fan xomiysi 
Beruniy» deb nomlangan maqolasi ham yubiley munosabati bilan e‘lon qilingan edi. 
Maqolada Abu Rayhon Beruniy yashagan davr haqida hikoya qilingan, uning ilmiy va 
falsafiy qarashlari tanqidiy sharhlangan. Shu bilan birga Beruniyning borliqni ilmiy bilish 
uchun kurashi, fanni din ta‘siridan kutqarish uchun intilishlari, g‗ayri ilmiy tushunchalarga 
qarshi kurashi haqidagi fikrlar berilgan. Garchi maqolada masalaga ilmiy materialistik 
yondashuv sezilib tursada, u Beruniyning falsafiy qarashlarini o‗rganishda ahamiyatga 
egadir. 
1949-yil Beruniy merosini o‗rganishda yangi qarashlar ochilgan yil bo‗di. Gap 
allomaning mineralogiya va geologiya sohasida qoldirgan ilmiy merosi va bu fanlar 
rivojlanishi uchun qo‗shgan hissasi haqida bormoqda. Ushbu masalani o‗rgangan olim A. 
M. Beleniskiy o‗zining qator tadqiqotlarida Beruniyning minerolog va geolog sifatidagi 
faoliyatini yoritgan. 
A. M. Beleniskiyning «Beruniyning dunyo kartinasi» deb nomlangan maqolasi 
1937 yil Hindistonda shu nomda (Beruni‘s picture of world) arab tilida nashr etilgan 
seriyali nashrga bag‗ishlangan taqrizdir. Uning tarkibida Beruniyning quyidagi asarlaridan 
parchalar o‗rin olgan edi: «Al Qonun al Mas‘udiy», «Geodeziya», «Mineralogiya» 
va «Saydana». A. M. Beleniskiy o‗z maqolasida mazkur nashrning tarkibi haqida 
so‗z yuritgan. Maqolada Beruniy asarlarining qaysi qo‗lyozmalardan olinganligi, 
ularning ko‗pchiligi birinchi marta chop etilayotgani haqida so‗z boradi. Muallif 
1936 yili Xaydarobodda Beruniyning «Mineralogiya» asari arab tilida to‗la nashr 
qilinganligini alohida ta‘kidlagan.
 
«O‗rta Osiyolik XI asr ensiklopedisti Al Beruniy O‗rta Osiyoning 
tog‗ 
boyliklari haqida» deb nomlangan 
maqolasida esa A. M.Beleniskiy 
«Mineralogiya» asari va undagi ma‘lumotlar haqida fikr yuritgan. Bunda muallif 
asarning 1937 yilgi Hindiston nashridan foydalangan. Maqolada muallif 


247 
allomaning O‗rta Osiyo hududlarida mavjud bo‗lgan ma‘danlar, metallarni ko‗rib 
chiqqani, ularni bayon qilish asnosida tarixiy-geografik joy nomlarining izohlarini 
ham keltirgani, jumladan, minerallardan badaxshon la‘li, lazurit, 
tog‗ billuri, 
firuza, nefrit toshi, yada toshi, metallardan oltin va margimush haqidagi Beruniy 
keltirgan ma‘lumotlarni o‗qish mumkin. 
A. M. Beleniskiyning keyingi tadqiqoti «Al Beruniyning «Mineralogiya»si 
haqida»dir. Maqola yuqorida tilga olingan 1936 yili F. Krenkov tomonidan 
Xaydarobodda amalga oshirilgan arab tilidagi nashrga asoslanib yozilgan. A. M. 
Beleniskiyning maqolasida Beruniyning mineralogiyaga oid ishlari haqida xorijda 
amalga oshirilgan yana bir tadqiqot xaqida so‗z boradi. 1935 yilda Germaniyaning 
Bonn universitetida suriyalik tadqiqotchi Xashmiy Beruniyning «Mineralogiya» 
asariga oid manbalar haqida dissertatsiya nashrini e‘lon qilgan. Ammo o‗sha 
paytda dissertatsiya muallifi o‗z tadqiqotida alloma asaridagi ikkinchi darajali 
boblardan foydalanib, «Mineralogiya»-«kompilektiv asar» deya noto‗g‗ri xulosaga 
kelgan. A. M. Beleniskiy uning fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, «Mineralogiya»dan 
isbotlar keltirib, Beruniy zamonaviy fan talablariga javob beruvchi olim, degan 
xulosaga kelgan. A. M. Beleniskiyning maqolasi, uning xulosa qismida 
ta‘kidlanganidek, Beruniy asarining mineralogiya tarixidagi o‗rnini yoritishdagi 
dastlabki qadam edi. Ammo tahlil qilingan qisqacha ushbu materiallar ham xorazmlik 
Abu Rayxon Beruniyning mineralogiya sohasida ajoyib asar yaratganligidan guvohlik 
beradi. 
Oradan bir yil o‗tib ushbu tadqiqotning bevosita davomi sifatida A. M. 
Beleniskiy «Beruniyning mineralogiyaga oid asarining «Temur haqida»gi 
bo‗limi» va B. A. Kolchinning «Beruniyning mineralogiyaga oid asarining 
«Temur haqida» gi bo‗limiga bir qancha eslatmalar» deb nomlangan maqolalari 
chop etilgan. Birinchi maqolada muallif Beruniyning «Mineralogiya» asaridagi 
«Temir haqida»gi bo‗limining tarjimasini berish bilan birga asarni yozishda allo-
ma foydalangan usullar, asar tarjimasidagi ayrim qiyinchiliklar va undagi she‘riy 
matnlarning tashlab ketilganligini yozgan. Ammo maqola «Mineralogiya» asari 
rus tilidagi tarjimasining (bir bo‗limi bo‗lsa ham) qaldirgochidir. 
Ikkinchi maqola muallifi B. A. Kolchin esa mazkur tarjima haqida va 
undagi ma‘lumotlarning rus metallurgiyasi tarixidagi ahamiyati haqida fikr 
yuritgan. Unda Beruniyning rus qilichlari haqidagi ma‘lumotlari qimmatli 
ekanligi, ular arxeologik ma‘lumotlar asosida tasdiqlanganligi, tarjimada she‘riy 
matnlar berilmaganligi uchun ayrim tushunarsiz joylar borligi, umuman, 
Beruniyning ushbu asari O‗rta Osiyoda X—XI asrlarda metallurgiya va 
metallarga ishlov berish texnikasi rivojlanganligi va ilmiy asoslanganligidan 
darak berishi bayon qilingan. 
1949
yil Abu Rayxon Beruniyning xayoti va ijodini o‗rganishda 


248 
sermahsul yil bulgan. O‗sha yili yuqorida tilga olingan yubileylar munosabati 
bilan uchta to‗plam dunyo yuzini ko‗rdi. Ularning birinchisi SSSR FAning 
birlashgan yubiley sessiyasi materiallari bo‗lib, S. P. Tolstov tahriri ostida 
«Beruniy» nomi bilan nashr etilgan. Dastlabki maqola unga tegishli bo‗lib, 
«Beruniy va uning zamoni» deb ataladi. Mazkur maqola har uchala to‗plamning 
ilk maqolasidir. Maqolada Beruniy yashagan davr tadqiq, etilib, alloma «arab» 
yoki «eronli» emas, «o‗zidan oldin o‗tgan buyuk vatandoshi Muxammad ibn 
Muso Xorazmiy singari o‗zbek madaniyatining klassigi, o‗zbek fanining 
yaratuvchisi, 
O‗zbekistonda 
yetishgan 
o‗rta 
asr 
olimlarining 
eng 
buyuklaridandir», deya e‘tirof etilgan. Maqolada Beruniy yashagan davr tarixi 
sinfiy kurash nuqtai nazaridan yoritilgan, Beruniy va Xorazmiyning hayot yo‗li 
ham solishtirilib, ularning umumiy jihatlari bayon qilingan. Shuningdek, muallif 
Beruniyning ijodi, ilmiy qarashlariga qisqacha to‗xtalib, uning xarakterli 
xususiyatlaridan biri haddan tashqari ko‗p o‗qiganligi va kishini hayron qoldirarli 
darajada bilimdonligidadir, deb xisoblaydi. 
«Beruniy donishmand sifatida» nomli maqola muallifi V. I. Zoxidov 
Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, o‗sha davrdagi ijtimoiy, iqisodiy, siyosiy 
hayotni ko‗rib chiqqan. 
Akademik I. Yu. Krachkovskiy esa o‗z maqolasida Beruniyning Sharq 
geografiyasi tarixidagi o‗rnini ko‗rsatib, xorijlik beruniyshunos M. Meyerxofning 
alloma haqidagi fikrlarini keltirgan, ya‘ni maxsus tadqiqotlar natijasida Meyerxof 
shunga amin bo‗ldiki, butun o‗rta asrlarda tadqiqot usullarining asoslanganligi 
bo‗yicha Beruniyga yetadigani topilmaydi. Mashxur sharqshunos Beruniyning 
hayoti va ijodini tadqiq etar ekan, o‗zigacha mavjud bo‗lgan barcha manba va 
adabiyotlarni chuqur tahlil qilgan, ulardan unumli foydalangan. Chunki bu 
davrga kelib xorij tarixshunosligi beruniyshunoslikda ancha yuqori natijalarni 
qo‗lga kiritgan edi. Al Beruniyning nisbasi forschada Berunidir, arab tilida 
cho‗ziq «ye»ning yo‗qligi Biruniy aytilishiga sababdir, deb izoxlaydi I. Yu.
 
Krachkovskiy. Berun — «shahar tashqarisidan bo‗lgan kishi», uning ko‗niyasi 
Abu-Rayxon 
esa 
rayhonga 
ega 
kishi 
demakdir. 
Olim 
Beruniyning 
genealogiyasini izlashda uning she‘rlariga ham
 
murojaat qilgan. Arab adabiyoti 
tarixida Al Beruni geografiya va sayohatlar sohasida nom chiqargan bo‗lsada, u 
yozgan asarlarning nomlaridan ko‗rinib turibdiki, Beruniy nafaqat geograf, balki 
o‗z davrining barcha fanlarini egallagan, avvalo, matematika-fizika, so‗ngra 
tabiiy-tarixiy fanlar sohalarini mukammal bilgan keng dunyoqarashli en-
siklopedist hamdir. Shu o‗rinda qayd etish lozimki, I. Yu. Krachkovskiy 
Beruniyni arab tilida ijod qilgan xorazmlik olim deb xisoblaydi. Muallif 
«Xronologiya», «Hindiston», «Mas‘ud qonuni», «Mineralogiya», «Geodeziya», 
«Farmakognoziya» asarlaridagi ma‘lumotlar (asosan geografik)ni tahlil qilgan. 


249 
Shuningdek, asarda Beruniy asarlaridan foydalangan o‗rta asr arab geograflari 
haqida ham so‗z yuritilgan (Yoqut, Abul Fid, al Makriziy). Bu esa Beruniyning 
bizgacha yetib kelmagan asarlari haqida ma‘lumot olishga imkon beradi. 
Masalan, Yoqut o‗z asarida Beruniyning 1031 yilda yozib qoldirgan «Taqosim 
al-aqolim» («Iqlimlar taqsimoti») asaridan foydalangan, ammo u bizgacha yetib 
kelmagan. I. Yu. Krachkovskiyning e‘trofiga ko‗ra, Beruniyning geografiyaga 
bag‗ishlangan alohida asarlari saqlanib qolmagan bo‗lsada, yirik asarlarida 
keltirilgan ma‘lumotlarning o‗ziyoq uning geografik qarashlarini o‗rganishga 
imkon beradi, olim uchun Beruniy shunday allomaki, uning qiziqan sohalarini 
sanashdan ko‗ra, qiziqmagan sohalarini sanash osonroq. 
X.U.Sodiqovning «Beruniyning astronomiyaga oid bilimlari» nomli 
maqolasi esa allomaning astronomiyaga oid merosini o‗rganishda yirik va 
zalvorli tadqiqot xisoblanadi. Chunki o‗sha davrga qadar Abu Rayxon Beruniy, 
asosan, astronom va matematik sifatida ma‘lum bo‗lsa ham, uning bu sohalardagi 
ishlari ilmiy asosda tadqiq etilmagan edi. Uning o‗sha yili e‘lon qilingan 
«Beruniy va uning astronomiyaga oid ishlari» maqolasi ham diqqatga sazovordir. 
Maqola muallifi o‗z tadqiqotida Beruniyning Kopernikdan 500 yil avval yerning 
harakatlanish ehtimoli haqidagi fikrga kelmaganligini ta‘kidlaydi. Ikkinchi 
maqolada esa o‗zigacha bo‗lgan Beruniyning nashr etilgan asarlaridan foydalanib 
allomaning nafaqat astronomik, balki trigonometrik jadvallar va matematikaga 
oid boshqa ishlarini ham yoritgan. 
«Beruni» to‗plamidan A. M. Beleniskiyning yuqorida nomi tilga olingan 
«Al-Beruniyning «Mineralogiya»si haqida» nomli maqolasi o‗rin olgan. To‗plam 
so‗ngida esa uning mazkur asardan olingan «Qahrabo haqida» nomli bo‗limining 
tarjimasi berilgan. 
To‗plamning so‗nggi maqolasi professor T. G. Lemmleynga tegishli bo‗lib, 
unda «Beruniyning mineralogiyaga oid ma‘lumotlari» o‗rin olgan. Maqola o‗sha 
paytgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarning mantiqiy davomidir. Unda 
Beruniyning ma‘danlar va ularning solishtirma og‗irliklariga misollar keltirilgan. 
«Beruniy — o‗rta asrning buyuk olimi» deb nomlanuvchi V. Y. Zoxidov 
tahriri ostida chiqqan ikkinchi to‗plam esa yurtimizda nishonlangan yubiley 
natijasidir. Uning rus tilidagi nashrida S. P. Tolstovning «Beruniy va uning 
zamoni», A. A. Semenovning «Beruniy — o‗rta asrning buyuk olimi», V. Y. 
Zovddovning «X—XI asrlarning buyuk mutafakkiri», F. Jalolovning «Beruniy va 
astronomiya fani», Ya. G‗ulomovning «Beruniy Amudaryo oqimining tarixiy 
gidrografiyasi haqida» deb nomlangan maqolalari o‗rin olgan. To‗plamning 
o‗zbek tilidagi nashrida esa ularga qo‗shimcha ravishda F. Jalolovning «Beruniy 
va kartografiya», S. Mirzayevning «Beruniy va sayidana ilmi», A. Nosirovning 
«Beruniy haqida sharq qo‗lyozma kitoblaridagi materiallar», «Beruniy asarlarining 


250 
ro‗yxati (fexrasti)», shuningdek, Beruniy ayrim asarlarining o‗zbekcha tarjimalari 
o‗rin olgan. 
Mazkur to‗plam materiallarining tahlili bizga beruniyshunoslikda katta 
yutuqlarga erishilganligini ko‗rsatadi. Masalan, A. A. Semenov o‗zining 
maqolasida o‗rta asr Yevropasi buyuk olimni Aliborona ismi bilan tanir edilar, 
deb yozgan. Maqolada Beruniyning «Yodgorliklar», «Geodeziya» va 
«Hindiston» asari haqida fikrlar, astronomiyaga oid ishlari, biologik va botanik 
kuzatishlari, yo‗li va yashagan davri haqidagi qimmatli ma‘lumotlar o‗rin olgan. 
V. I. Zoxidovning «O‗rta asr falsafiy ongining ulug‗ pahlavoni» maqolasi 
esa Beruniyning falsafiy merosi va qarashlariga bag‗ishlangan qimmatli 
tadqiqotdir. Unda Beruniy ishlab chiqqan tabiatni o‗rganish va bilish metodining 
xarakterli belgilari tizimlashtirib bayon qilingan. Muallif Beruniyni tarixchi 
sifatida ham ko‗rib chiqqan. 
Ya. G‗ulomovning maqolasida esa Beruniy asarlarida keltirilgan 
Amudaryo oqimining gidrografiyasiga doir ma‘lumotlar ko‗rib chiqilgan. Ushbu 
maqola ham Beruniy ijodining yangi qirralaridan biri, ya‘ni allomaning 
gidrografiya sohasidagi ishlarini yoritdi. 
F. Jalolovning Beruniyni astronom sifatida tadqiq qilgan maqolasida 
Beruniyning astronomiya va matematikaga oid o‗nta yangi asarining nomlari, 
uning astrologiyaga munosabati bayon qilingan. Shuningdek, O‗z SSR FA Sharq 
qo‗lyozmalari institutida saqlanuvchi «Kitob at Tavhim»da berilgan Beruniyning 
astronomiyaga oid chizmalari, yer harakati haqidagi fikrlari, sferik trigonometriya 
sohasidagi ishlari ham tadqiq qilingan. Bu muallifning «Beruniy va kartografiya» 
deb nomlangan maqolasi esa alloma faoliyatining yangi qirrasini namoyon etishi 
bilan ahamiyatlidir. 
Beruniy ijodini yanada kengroq, yoritishga, uning yangi jihatlarini 
ochishga xizmat qiluvchi yana bir maqola S. Mirzaevga tegishli. «Beruniy va 
saydana ilmi» deb nomlangan maqolada Beruniyning farmakologiya sohasidagi 
asariga oid ma‘lumotlar bor. Muallifning yozishicha, Beruniy O‗rta Osiyoda 
birinchi marta saydana ilmi haqida asar yozdi. Bu asarning nomi «Kitobus 
saydana fit tib»dir. Usha davrda asarning to‗liq, qismi hali aniqlanmagan bo‗lib, 
maqola muallifi Moskva universitetining Gorkiy kutubxonasidan olingan 18 
betlik qismi bilan tanish bo‗lgan va ularning ayrimlarini o‗zbek tiliga tarjima 
qilgan. Mazkur manba Beruniyning «Saydana» asarini o‗rganish tomon qo‗yilgan 
ilk qadamdir. 
To‗plamdan o‗rin olgan A. Nosirovning «Beruniy haqida Sharq qo‗lyozma 
kitoblaridagi materiallar», «Beruniy to‗g‗risida bo‗lgan manbalarning qisqacha 
mazmuni», «Beruniy asarlarining ro‗yxati» va «Beruniy asarlaridan ba‘zilarining 
mazmuni va mavqei haqida turli manbalardan olingan ma‘lumotlar» deb 


251 
nomlangan maqolalari esa beruniyshunoslikda tengi yo‗q tadqiqotlardir. Bunda 
muallif O‗z SSR FA Sharqshunoslik institutida, O‗rta Osiyo Davlat 
universitetining asosiy kutubxonasida va A. Navoiy nomli O‗zbekiston Davlat 
xalq kutubxonasida saqlanib kelayotgan o‗zbek, arab, fors tilidagi qo‗lyozma va 
bosma kitoblardan Beruniyga va uning asarlariga taalluqli bo‗lgan ma‘lumotlarni 
jamlagan va ularni uch qismga ajratgan. Birinchi qism Beruniyning tarjimai 
holidan iborat bo‗lib, o‗sha davrgacha adabiyotlarda mavjud bo‗lmagan yangi 
ma‘lumotlar berilgan. Jumladan, allomaning ustozlari, shogirdlari va yuzga yaqin 
zamondoshlarining ismlari keltirilgan. Ikkinchi qism o‗zbek, arab va fors tillarida 
uchragan qo‗lyozma va bosma kitoblarda uchragan Beruniyga oid ma‘lumotlarni 
o‗z ichiga olgan. Uchinchi qism faqat olimning asarlariga bag‗ishlangan. Bunda 
Beruniyning 154 asarini o‗z ichiga oluvchi uch xil ko‗rsatkich berilgan, 
asarlardan 47 tasining mazmuni va ulardan ma‘lumotlar ham berilgan. Fexrastda 
Beruniy o‗z qo‗li bilan yozgan kitoblari ro‗yxati va unga atab yozilgan 
kitoblarning ro‗yxati o‗rin olgan. Ushbu tadqiqot Beruniy hayoti va ijodining 
o‗rganilishida muhim o‗rin tutadi va keyingi tadqiqotlar uchun manbaviy asos 
vazifasini bajargan. 
Beruniyning hayoti va ijodiga bag‗ishlangan to‗plamning yana bir 
qimmatli jihati shundaki, unda birinchi marta o‗zbek tiliga tarjima qilingan 
Beruniy asarlari bilan tanishish mumkin. «Hind xalqlarining aqliga muvofiq yoki 
aqlga muvofiq fikrlarining xaqiqati to‗g‗risida» asarining Ye. Muxammadxo‗jaev 
tomonidan, «Al osorul boqiya anilqurunil xoliya» asarining A. Rasulov 
tomonidan amalga oshirilgan tarjimalari va M. Abduraxmonovning «Kitobul 
jamohir fi ma‘rifatul jamohir»dan olingan tarjimasi beruniyshunoslikda Beruniy 
asarlarining o‗zbekcha tarjimasiga tamal toshini qo‗ydi. Shu bois ularning qisqa 
parchalar ekanligi tarjimalar ahamiyatini pasaytirmaydi. 
1949
yilda Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan yana bir 
muhim nashr dunyo yuzini ko‗rgan. Bu Beruniy bilan Ibn Sinoning Aristotel 
ilmiy merosi masalasida olib borgan yozishmalarining o‗zbekcha va rus tilidagi 
nashrlaridir. Mazkur tarjima har ikkala alloma ijodi bilan tanishish imkonini 
beradi, ularning falsafiy qarashlarini aniqlashda muhim manba bo‗lib xizmat 
qiladi. Shuningdek, F. Jalolovning rus va o‗zbek tillarida nashr etilgan Abu 
Rayxon Beruniyning hayoti va ijodiga bag‗ishlangan ilmiy-ommabop kitobi, M. 
A. Salening «Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy» nomli maqolasi ham 
yubiley munosabati bilan e‘lon qilingan tadqiqotlardir. F. Jalolovning «Abu 
Rayhon Beruniy» nomli kitobida alomaning tarjimai holi va ijod yo‗li bayon 
qilingan. U orqali Beruniy ijodiga qiziqqan barcha kishilar alloma haqida yetarli 
ma‘lumot olish imkoniga ega bo‗lgan. 
M. A. Salening maqolasi esa ocherk tarzida yozilgan. Unda Beruniyning 


252 
hayot yo‗li, uning asarlari mavzularining tamili, ilmiy metodologiyasi, 
allomaning metodologik va sotsiologik qarashlari haqidagi fikrlar o‗rin olgan. 
Muallifning fikricha, Beruniy asarlarining ko‗pchiligi aniq fanlarga 
bag‗ishlangan, sof falsafiy masalalarga bag‗ishlangan asarlar uning ilmiy 
merosida uchramaydi, Beruniyning dunyoqarashida stixiyali materializm din 
elementlari bilan qorishib ketgan, shu bilan birga, Beruniy ijodida jahon fanida 
birinchi bulib Amudaryo (o‗zani) masalasini kiritgan. Maqolada Beruniyning 
«Yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya» asarlari haqida 
fikrlar berilgan. 
Umuman olganda, XX asrning 40-yillari beruniyshunoslik tarixida 
avvalgi tadqiqotlarni rivojlantirgan, sifat va son jihatidan kengaytirgan davr 
bo‗ldi. Bunda alloma vafotining 900 yilligiga bag‗ishlangan yubileylar muhim 
omil bo‗ldi. Ushbu davrda Abu Rayhon Beruniyning xayoti, faoliyati, ilmiy 
merosi va yashagan davriga oid yangi tadqiqotlar va ma‘lumotlar yaratildi, 
uning barcha asarlarining nomi bulsada tuliq aniqlandi. Shu bilan birga allo-
maning ijod yo‗li va u qoldirgan merosdan kommunistik mafkura manfaatlari 
yo‗lida foydalanildi. Ammo bu amalga oshirilgan tadqiqotlar ahamiyatini 
tushirmadi. Endilikda Beruniy asarlarini topish, tarjima qilish va nashr etish, 
xayotining hali yoritilmagan jihatlarini tadqiq etish kabi vazifalar bor ediki, bu 
kabi ishlar keyingi davrdagi tadqiqotlarda amalga oshirildi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin