O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112
 
Savollar: 
1.
Xorazmshohlar davlati tarixshunosligi muammolari. 
2.
G‘aznaviylar davlati Saljuqiylar sulolasining va Qoraxoniylar hoqonligi 
tarixshunosligi. 
3.
XI-XII asr tarixchilari siyosiy dunyoqarashi va ularni tarixiy jihatdan 
o‗rganish muammolari. 
4.
Ko‗chmanchi xalqlar tarixini o‗rganish va uning tarixshunosligi. 
5.
Movaraunnahrda mo‗g‘ullar hukmronligi davrida O‗rta Osiyo xalqlari 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti masalalari. 
6.
Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va kurashi tarixshunosligi. 
 
XX-BOB:AMIR TEMUR TARIXI TARIXSHUNOSLIGI 
XX.1-BOB.TEMURIYLAR DAVRI TARIXSHUNOSLIGI 
 
Chingiziylar hukmronligi o`lkamizda 150 yil davom etgan bo`lsa-da, shu 
katta davr ichida na ijtimoiy-iqtisodiy hayotda, na ilmu madaniyatda e`tiborga 
molik biron-bir tadbir amalga oshirilmadi. Ko`plab olimu fozillar, shoirlar panoh 
izlab tinch o`lkalarga, masalan, Shimoliy Hindistonga ketib qolgan edilar. 


253 
XIV asr ikkinchi yarmida, Chig`atoy ulusining janubi-g`arbiy qismini tashkil 
etgan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi. Feodal tarqoqlikdan 
barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy 
hokimiyatni qo`lga oldi. U 1370-1379 yy. mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, 
Movarounnahr va Xorazmni o`ziga bo`ysundirdi. 1381-1402 yillarda Amir Temur 
qo`shni mamlakatlar ustiga yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, Iroq, Kichik Osiyo va 
Hindistonni istilo qildi, Oltin O`rda xoni To`xtamishga (1376-1395) qaqshatqich 
zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi. 
Amir Temur va Temuriylar davlati mayda uluslarga bo`lingan holda idora 
qilindi. Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bo`lgan 
Suyurg`atmish (1370-1380) va Sulton Mahmudxon (1380-1402) turdi. Keyinchalik 
xon ko`tarish tartibi bekor qilinib, oliy hukmdor o`zini podshoh deb e`lon qildi. Bu 
davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Nizomiddin Shomiy va Hofizi Abru, 
Sharafuddin Ali Yazdiy va Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond va 
G`iyosiddin Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abdurahmon 
Jomiy, Bisatiy Samarqandiy va Xoja Ismatilla Buxoriy, Shayx Ahmad Suxayliy va 
Kamoliddin Binoiy kabi juda ko`p iste`dodli shoir va olimlar yetishib chiqdi. 
Sobiq tarixshunoslik fanida Amir Temur faoliyatining faqat bir tomoni ya`ni 
uning jahongirlik faoliyati yoritildi. Mana endi mustakillikdan ilhomlangan 
respublikamiz tarixchi olimlari, keyingi 15 yil ichida sohibqiron Amir Temur 
haqida bir qancha ilmiy maqolalar e`lon qilishdi, kitob va risolalar chiqarishdi. 
O`zbek tilida ijod qila oladigan Bo`riboy Ahmedov, Ashraf Axmedov, Ahmadali 
Asqarov, Amriddin Berdimurodov, Abdulahad Muhammadjonov, Shodi Karimov, 
Rustambek Shamsutdinov, Turg`un Fayziev va shu kabi boshqa taniqli tarixchi 
olimlarimizning o`tmishimizdagi oltin davr – temuriylar davri haqidagi mehnatlari 
ayniqsa samarali bo`ldi.
O`zbekiston tarixshunosligining bu yo`nalishida, 1992 yilda bir guruh 
olimlar, yozuvchilar, rassomlar va jurnalistlar tarafidan ta`sis etilgan «Amir Temur 
ma`rifiy jamiyati» muhim o`rin egalladi. Shu tufayli mustaqil O`zbekiston 
yurtboshisi o`ziga xos jasorat bilan Toshkentning yuragida sohibqironga haykal 
qo`ydirdi, 1996 yilni Amir Temur yili deb e`lon qildi. Vazirlar mahkamasi 
«Xalqaro Amir Temur jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida» va 
«Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida» 
qarorlar qabul qildi. 
Turkiy xalqlarning ilm-fan, madaniyat va san`at sohalarida jahon 
sivilizatsiyasiga qo`shgan hissalari Amir Temur asos solgan temuriylar davlati 
bilan bevosita bog`liq. Shu ma`noda, jahon tarixnavisligida bu haqda qator ijobiy 
fikrlar aytilgan bo`lishiga qaramay, 1995 yilning sentyabr oyida Rossiya 
Federatsiyasining Yelets shahrida «Rusning Temurdan qutqarilishining 600 


254 
yilligi» mavzusida qalqaro ilmiy konferentsiya o`tkazilishi taajubli bo`ldi. Chunki 
borgan sari ko`proq Temur shaxsining buyukligi, uni Sharq va Ovrupo tarixchilari 
buzib tahlil qilganliklari ravshan bo`lib boryapti. Buni biz 1996 yilda Alisher 
Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasining Amir Temur 
tarixiga bog`liq adabiyotlar va maqolalar bibliografik ko`rsatkichidan ham bilsak 
bo`ladi. Unda bir ming to`rt yuzta kitob, ham maqolalar ro`yxati berilgandir. 
Bularning 240 tasi chet ellardar nashr etilgan. Bu borada, ayniqsa, 
«Temurshunoslik» frantsuz tarixshunoslik maktabining mustaqil bir yo`nalishi 
desa bo`ladi. Endi o`zbek tarixshunosligida ham hech qanday bir yoqlamalik va 
yuzaki faxrlanishlarga imkon bermasdan, Temur shaxsi, uning davlatchilik tarixini 
butun murakkabliklari bilan haqqoniy talqin etish kerak bo`lgan yangi zamon yetib 
keldi.
Darhaqiqat, sohibqiron shaxsiyati buyuk, ayni paytda ziddiyatli. Amir 
Temur o`zidan keyin ko`pgina jumboqlar qoldirdiki, ular hanuzgacha muarrixlar 
uchun izlanishlar mavzusi bo`lib qolmoqda. 
Xullas, Amir Temur shaxsiyati ko`p qirrali bo`lib, uning har bir qirrasi 
maxsus 
mavzu 
sifatida 
alohida-alohidadir. 
O`ylaymizki, 
yangi 
zamon 
tarixshunosligida bu haqda hali ko`plab ilmiy asarlar yaratiladi. 
Sohibqiron Temur jahon xalqlari tarixida katta iz qoldirgan buyuk siymodir. 
Amir Temur timsoli badiiy adabiyotning qariyb barcha janrlarida tasvirlangan. 
Mag`ribu Mashriqning so`z san`atkorlari uning siymosini chizishga, fenomeni 
sirlarini ochishga intilganlar. 
Sohibqiron Temur obrazi yaratilgan asarlari ikki guruhga ajratish mumkin. 
Birinchisi, ilmiy-tarixiy va memuar asarlar bo`lsa, ikkinchisi adabiy-badiiy 
asarlardir. Amir Temur obrazi birinchi bo`lib tarixiy-memuar asarlarda yaratilgan. 
Bularga Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Ryun Gonsales de Klavixo 
«Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi» kabi va boshqa asarlar kiradi. 
Amir Temur obraziga murojaat Sohibqironning tirikligidayoq boshlangan. 
Ayniqsa, Ovrupa Uyg`onish davri ijodkorlari uning shaxsiga katta qiziqish bilan 
qaraganlar. Uyg`onish davri gumanistlari jismoniy va ma`naviy yetuk komil inson 
idealiga intilganlar. 
Xorijning mashhur tarixchilaridan E.Gibbon, F.Shlosser, G.Veber, Jan-Pol‘ 
Ru va boshqalar o`z asarlarida Amir Temur faoliyati haqida ma`lumotlar berganlar. 
Xorij tarixshunosligida Amir Temur tarixiga oid yozilgan asarlarning 
salmoqli va ilmiy qimmati bilan ajralib turadigan qismi Rossiya tarixshunosligiga 
taaluqli. Rus muarrixlarining Amir Temur shaxsi va uning tarixdagi o`rni haqidagi 
fikrlari sovet tarixchilari uchun asosiy dasturilamal bo`lgan. 


255 
V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy va boshqalarining asarlari bir necha tillarga 
tarjima qilingan hamda jahon temurshunosligi rivojlanishiga ham ma`lum darajada 
ta`sir ko`rsatilgan. 
B.V.Lunin, 
T.N.Granovskiy, 
S.M.Solovev, 
V.V.Bartold 
va 
A.Yu.Yakubovskiylar Amir Temur tarixiga oid xususida quyidagi asarlarda bir 
qator fikr-mulohazalar bildirilgandir. 
XX asrning 20-80 yillar Rossiya tarixshunosligining o`ziga xos jihatlaridan 
biri shu bo`ldiki, bu davr tarixshunosligida o`tgan asrlardagi rus shovinizmining 
ta`siri ma`lum darajada saqlangan holda, unga yangi salbiy jihatlar qo`shildi. Bular 
tarixga va tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyatini o`rganishga kommunistik 
mafkura talablari asosida partiyaviy va sinfiy nuqtai nazardan yondashish edi. 
Natijada Amir Temur shaxsini qoralash, uni fakat salbiy bo`yoqlarda yoritish avj 
oldi. Bu hol, ayniqsa, XX asrning 70-yillarida yaqqol namoyon bo`ldi. 
A.P.Novoseltsevning 1973 yili «Voprosы istorii» jurnalida e`lon qilingan «Ob 
istoricheskoy otsenke Temura» maqolasi Amir Temur ustidan o`qilgan hukmdek 
yangradi. Shundan so`ng XX asrning 70- va 80-yillarida Amir Temur haqida 
birorta temurshunoslik ilmiy saviyasi bilan farqlanuvchi tadqiqot ishi e`lon 
qilinmadi. 
XIV asr oxirida Usmonli turk imperiyasi qo`shinlari G`arbiy Yevropa tomon 
siljib borar edi. Sulton Boyazid (1354-1403)ning bu harakatlaridan tahlikaga 
tushgan Yevropa hukmdorlari, unga qarshi armiya to`plab, navbatdagi salib 
yurishiga otlanadilar. 
Bu vaqtda Kichik Osiyoda yana bir turkiy el hoqoni, jahongir Amir 
Temurning qudratli qo`shini hozir bo`ladi. Ikki jahongirning o`zaro to`qnashuvi va 
qudratining zaiflashuvi esa Yevropa hukmdorlari uchun ayni muddao edi. Shu 
maqsadni ko`zlagan Vizantiya imperatori Manuil II Paleologning dojlari 
(imperatorning o`zi o`sha kezlarda G`arbiy Yevropa qirollari huzurida bo`lgan) 
Yildirin Boyazid tazyiqidan xalos etishni so`rab, Amir Temurga murojaat qilishadi 
va shu paytgacha turk sultoniga to`lab kelgan bojlarini bundan buyon sohibqironga 
berajaklarini aytadilar. Kastiliya qiroli Genrix III va Frantsiya qiroli Karl VI o`z 
elchilarini, Rim papasi Bonifatiy IX bo`lsa o`z katolik missionerlarini shoshilinch 
Amir Temur huzuriga yo`lladilar.
Bobomiz Amir Temur vaziyatni yumshatish uchun sulton Yildirim 
Boyazidga o`z elchilarini yuboradi. Ammo, Yildirim Boyazid qaysarlik qilib, 
jahongir bobomizga nopisand mulozamat ko`rsatadi. 
Amir Temur 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi g`alabadan 
so`ng, ertasi kuni Kastiliya qiroli Genrix III de Trastamara (1379-1406)ning 
elchilarini qabul qiladi. Oradan bir yil o`tkach, Kastiliya qiroli elchisi Rui 


256 
Gonsales de Klavixo boshchiligidagi elchilar 1404 yilning 8 sentyabrida 
Samarqandda Temur saroyida hozir bo`ladilar. 
Bu orada, Amir Temurning sulton Boyazid ustidan erishgan g`alabasi 
haqidagi xabarni Frantsiya va Angliya qirollariga yetkazish niyatida sohibqiron 
maktublarini olgan Sultoniya (Eron hududidagi shahar) arxieskopi Ioan ham 
G`arbga jo`natiladi. Ioan ham 1404 yil kuzida Samarqandga yetib keladi.
Ammo Karl VI de Valua va Genrix IV Lankaster nomalari arxiepiskop Ioan 
bobomiz Amir Temurga olib kelib topshirgani haqida aniq ma`lumot yo`q. 
Sohibqiron 
Amir 
Temur 
bilan 
Yevropa 
hukmdorlari 
o`rtasidagi 
yozishmalarning taqdiri xususida to`xtaladigan bo`lsak, bu nomalarning asl nusxa 
va tarjima variantlari hozirda Parij, Madrid va London kutubxonalarida saqlanib 
kelinadi. Bu haqda biz quyidagi tarixiy asarlardan bilib olsak bo`ladi. 
Ushbu ma`lumotlar Keren L. Amir Temur saltanati // Frantsuz tilidan tarj. 
Va izohlar muallifi: B.Ermatov, Maxsus muharrir: X.Sulton; Suz boshi Lui Bazen. 
–T.: «Ma`naviyat», 1999, -224 bet. kitoblari ham bor. 
Barcha tafsilotlarning to`liq tarixshunosligi: Jahon adabiyoti №1 (104) 2006 
yil, yanvar sonida to`liq keltirilgan; Muhammadjon Xolbekov «Amir Temurning 
Yevropa qirollari bilan yozishmalar». –Samarqand, 1996, -38 bet. 
Istoriya Samarqanda. Tom 1: -Tashkent, Izd. «Fan», 1969, -482 s. 
Umnyakov I.N. Mejdunarodnыe otnotenie Sredney Azii v nachale XV veka. 
Snoteniya Temura s Vizantiey i Frantsiey // Trud Uzbekskogo gosudarstvennogo 
universiteta im. N.Navon. Novaya seriya. №61. –Samarqand: izd. UzGU., 1956. –
s.179-197. 
Mustaqillik davri tom ma`noda hazrati Temurning qayta tug`ilish davri 
bo`ldi. Sohibqironning «Bizkim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim, 
millatlarning eng qadimgi va eng ulug`i – turkning bosh bo`g`inimiz», degan 
gaplari xalqimizga milliy o`zligini, buyuk va jahonshumul an`analarga voris 
ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi. 
«Amir Temur tuzuklarini o`qisam, - degan edi Prezident I.Karimov-xuddi 
bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo`laman». 
1995 yil dekabrda Prezident I.Karimov 1996 yilni Amir Temur yili deb e`lon 
qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tillarda chop etildi. O`sha davr tarixiy, madaniy 
yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Muqaddas 
qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta`mirlandi. Juda qisqa fursatda, 
bobokalonimizning dunyoviy sha`ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar davri 
tarixi muzeyi qurildi. 
O„z
bekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov O‗zbekiston 
Respublikasi Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyiga bag`ishlangan 
1996 yil 24 oktyabrda Toshkentda o`tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda shunday 


257 
dedi: «Bizning tariximizda Amir Temurday ulug` siymo bor ekan, uning qoldirgan 
merosi, pandu o`gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan 
muammolarni yechishda bizga qo`l kelayotgan ekan, bizning bu merosni 
o`rganmasdan, tariflamasdan, targ`ibot qilmasdan haqqimiz yo`q. Shuning uchun 
ham mana shu minbardan turib, butun O`zbekiston xalqiga, qolaversa, butun jahon 
ahliga qarata «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g`ururimiz!», - deb 
aytsam, o`ylaymanki, xato qilmagan bo`laman». 
Shuni alohida ta`kidlash joizki, Amir Temur tavalludining 660 yilligi 
jahonning 50 dan ortiq davlatlarida nishonlangani, ulug` bobokalonimiz merosini 
o`rganishga bag`ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari 
ishtirok etgani buni yana bir bor tasdiqlaydi. 
Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyi 1996 yil 21-24 aprel kunlari 
Frantsiya poytaxti Parij shahrida YUNESKO tashabbusi va rahbarligida 
nishonlandi, unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ishtirok etdi va 
katta nutq so`zladi. 1996 yilning 18 oktyabr kuni ulug` bobokalonimiz, buyuk 
davlat arbobi va yengilmas sarkarda Amir Temur yodi xotirasiga atab Sharq milliy 
ma`morchiligining noyob namunasi sifatida bunyod etilgan – Temuriylar tarixi 
davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi bo`ldi. 
Buyuk Turon tuprog`i jahon sivilizatsiyasi rivojlangan qadimiy o`choqlardan 
biri bo`lganligi tufayli ham bu yerda necha bor renessens-uyg`onish jarayoni yuz 
berdi. Ammo, Mustaqillik davrigacha Turon tuprog`ida rivojlangan madaniy va 
ilmiy jarayonlarni o`rgangan g`arb olimlari bu yuksak sivilizatsiyasining 
ildizlaridan bexabarligi uchun Turon sivilizatsiyasini Eron madaniyatining bir 
bo`lagi deb, tahlil qilishar edi. Turonlik allomalarni, arab yoki fors allomalari, deb 
hisoblar edilar. Bu hol Turon tuprog`ida saqlanib qolgan boy arxeologik 
yodgorliklarning 
va 
jahonning 
mashhur 
kutubxonalaridagi 
noyob 
qo`lyozmalarining kam o`rganilganligi tufayli yuz bergan edi. 
Bugungi kunga kelib, ahvol tubdan o`zgardi. Endi shuni qat`iy ayta 
olamizki, Turonning yuksak sivilizatsiyasi ildizlari hech bir chekka o`lkaga borib 
taqalmaydi, uning ildizlari shu yerdan o`sib chiqqandir. Aksincha, Turon 
sivilizatsiyasining shu`lasi ko`pgina sharq mamlakatlarida ham madaniyat, san`at 
va tarixshunoslik kabi, barcha fan tarmoqlarining rivojlanishiga turtki bo`lgandi. 
G`arb olimlarining yaratgan o`lchovlari bilan hisoblaydigan bo`lsak 
renessans – uyg`onish jarayoni bu san`at, fan va madaniyatning yuksak darajada 
rivojlanishi demakdir. G`arb mamlakatlarida va sharqda yuz bergan renessans 
jarayonining tahlil qilinishi shuni ko`rsatadiki, bu ikki geografik regionlardagi 
uyg`onish jarayonlari bir-birlaridan sezilarli farq qiladi. 
XIV asrning oxirlarida dastlab Italiyada, XV-XVI asrlarda G`arbiy 
Yevropada yuz bergan renessans jarayoni bu mamlakatlarda hukm surgan 


258 
feodalizm va uning mafkurasiga qattiq zarba berib, inkor etib, burjua manfaatlarini 
himoya qilish va kuchaytirish evaziga yuzaga chiqqan bo`lsa Turondan Buyuk 
Temuriylar davrida yuz bergan renessans jarayoni o`tmishdagi barcha ma`naviy 
qadriyatlarni tiklash va uni yanada yangi g`oyalar hamda qarashlar bilan boyitish 
evaziga yuz berdi. Shuni ta`kidlashimiz kerakki, Sharq renessansi ham g`arb 
renessensi kabi o`sha mamlakatlarda bir paytlar yuz bergan, gullab yashnagan 
antik davrdagi yuksak madaniy va ilmiy meroslardan oziqlanadi. 
Temuriylar davrida Turonda yuksalish jarayonining yuz berishiga asosiy 
sabab bu davrda insonning har tomonlama rivojlanishi va har bir kishiga o`z 
qobiliyatini amalda ko`rsatishga shart-sharoitlar yaratilganigidadir. Temuriy 
hukmdorlar nafaqat tirik insonlarga, balki o`tmishda yashab o`tgan allomalar va 
aziz-avliyolarning xotiralarini abadiylashtirishga ham g`amxo`rlik qildilarki, bu 
hol odamlar ongida ezgu xizmatlar qilganlar hech qachon unutilmas ekanlar, degan 
tushunchalar paydo bo`lishiga olib keldi. 
Bugun tarixiy bilimlarning boskichlarini o`rganar ekanmiz, darhaqiqat, 
Temuriylar davrida o`zining yuksak cho`qqilariga erishgan madaniy sohalarga 
e`tibor beradigan bo`lsak, temuriy hukmdorlar boshqargan mamlakatlarda 
shaharsozlik, me`morchilik, tasviriy san`at, naqqoshlik, zardo‗ zlik, metallga 
badiiy 
ishlov 
berish, 
hattotlik, 
ilmu 
fan, 
adabiyot, 
hunarmandchilik, 
rivojlanganligining guvohi bo`lamiz.
Yuqorida sanab o`tilgan sohalar nafaqat poytaxtlarda, davlatlarning eng 
chekka o`lkalarida ham gurkirab rivojlandi hamda qo`shni mamlakatlarga yoyildi. 
Ayrim olimlar temuriylar sulolasining inqirozi bilan ular yaratgan renessens 
ham barham topgan degan fikrlarni aytganlar. Ammo tarixiy tahlil shuni 
ko`rsatadiki, temuriylar tarix sahnasidan tutganlaridan so`ng ham ular yaratgan 
renessens Turon, Xuroson va Hindistonda uzoq asrlar mobaynida shu`la sochib 
turadi. 
Amir Temur buyuk sarkarda, kuragi yerga tegmagan, yengilmas fotihdir. 
Amir Temur – insoniyat tarixida eng nodir hodisa – renessensni yuzaga chiqarib, 
amalga oshirgan ulug` zotdir! 
«Tarixi arba ulus» Mirzo Ulug`bekning ilmiy rahbarligi va shaxsan 
ishtirokida 1425 yilda yozib tamomlangan. Unda XIII-XIV asrlarda Mo`g`ul 
imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar (Mo`g`uliston, Qoshg`ar, Yettisuv o`lkasi, 
Movarounnahr, Dashti Qipchok va h.k.)ning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda 
bayon etilgan.
«Tarixi arba` ulus» yoki «Ulusi arba`yi Chingiziy» («Chingiziylarning to`rt 
ulusi tarixi»)ning o`zbekcha nashri 1994 yili Toshkentda amalga oshirilgan 
(tarjimonlar: B.Ahmedov, N.Norqulov va Hasanov M.). 
«Tarixi arba` ulus» muqaddima va to`rt qismdan iboratdir. 


259 
Muqaddima o`rta asrlarda tarixshunoslar o`rtasida hukm surgan an`anaga 
ko`ra, islomiyatdan avval o`tgan payg`ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari 
hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, tukr-mo`g`ul 
qabilalari hamda Chingizxon (1206-1227) tarixi bayon etilgan. Asarning birinchi 
qismi Ulug` yurt, ya`ni Mo`g`iliston va Shimoliy Xitoy tarixi, Ugadaxon (1227-
1241) davridan to Ariq bug`a (1328)ning avlodi, O`rdoy qoon zamonigacha yuz 
bergan voqealarni o`z ichiga oladi. Asarning ikkinchi qismida Jo`ji ulusi, ya`ni 
Oltin O`rda tarixi, Jo`jixon (1227 yili vafot etgan) davridan to Muhammadxon 
(1419-1420, ikkinchi bor 1427-1433)ning zamonigacha kechgan voqealar bayon 
etiladi. Uchinchi qism Elxoniylar, ya`ni Eron hamda Ozarbayjonning XIII-XIV 
asrlardagi tarixini o`z ichiga olgan. To`rtinchi qismda Chig`atoy ulusi (Qoshg`ar, 
Yettisuv, Movarounnahr, Shimoliy Afg`oniston)ning XIII-XIV asrdagi tarixi 
bayon etilgan. Muallif Chig`atoy ulusida hukmronlik qilgan har bir xon haqida 
alohida, qisqacha to`xtalib, ularning davrida sodir bo`lgan voqealardan eng 
muhimlarini tilga oladi. Asarning ayrim qismlari, xususan uning so`nggi, to`rtinchi 
qismi, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Muqaddimayi zafarnoma»siga ko`p jihatlari 
bilan o`xshab ketadi. Lekin «Tarixi arba` ulus» birmuncha to`laroq. Bundan 
tashqari, unda to`rt ulus o`rtasidagi siyosiy munosabatlar, eng muhimi, «o`zbek» 
etnonimining kelib chiqish vaqti haqida qimmatli ma`lumotlar uchratamiz. 
Xullas, Mirzo Ulug`bekning «Tarixi arba` ulus» asari O`rta Osiyo va 
Qozog`istonning XIII-XIV asrlardagi tarixini o`rganishda, xususan Chig`atoy ulusi 
tarixini bilishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. 
XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan muarrixlar uchun ham Ulug`bekning 
bu asari asosiy manba bo`lib xizmat qilgan. 
Amir Temur daholigi tarixini ilk bor uning zamondoshlari G`iyosiddin Ali, 
Nizomiddin Shomiy, Sharofitdin Ali Yazdiy, Hofiz Abru, Ibn Arabshoh, 
Muyiniddin Natanziy va boshqalar yozib qoldirgan. Buyuk shaxslar hamisha 
tarixshunoslik ilmining diqqat markazida bo`lgan. 
Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha o`zaro 
kurash davom etdi. Shohruh Mirzo (1409-1447), Mirzo Ulug`bek (1409-1449), 
Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469), Sulton Husayi Mirzo (1459-1506) davrida 
davlat nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obro`ga ham ega edi. 
XV asrning 80-yillaridan boshlab, o`zaro hamjihatlik juda susaydi. 
Movarounnahrning bir o`zida deyarli uchta mustaqil davlat bo`lib, ularda Sulton 
Abu Said Mirzoning o`g`illari Sulton Ahmad Mirzo Samarqandda, Umarshayx 
Mirzo Farg`onada va Sulton Mahmud Mirzo Hisor, Xuttalon hamda Badaxshonda 
hokimi mutlaq hisoblanar edilar. 
Bu davrga kelib, avval oddiy xalq orasida, asta-sekin olimlar va davlat 
ayonlari va rahbarlari orasida arab tili bilan forsiy va turkiy tillaridan foydalanilishi 


260 
natijasida arab tili din va diniy bilimlar tiliga aylandi. She`riyat va tarixda forsiy va 
turkiy tillar ma`lum mavqega ega bo`lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar 
yaratildi, davlat hujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili 
darajasiga ko`tarilib, bu tilda juda katta hududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi. 
Masalan, Bayhaqiyning «Tarixi Mas`udiy», Nizomiddin Shomiy va 
Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarlari, Mirzo Ulug`bek rahnamoligi va 
ishtirokida bitilgan «Tarixi ulusi arba`», Muhammad Mirxondning «Ravzat us-
safo» («Jannat bog`i»), G`iyosiddin Xondamirning «Xulosat ul-axbor» va «Habib 
us-siar», Mirzo Haydarning «Tarixi Rashidiy» va boshqalar forsiy tilda bitilgan. 
Movarounnahrda forsiy va turkiy tildan doimo yonma yon foydalanilar edi. 
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar avval arab tilida 
yaratilgan bo`lsa, ayniqsa davlat rahbarlari arab yoki hokimlar arab bo`lganlarida, 
keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda 
umumiy tarqqiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida o`rgatilar va XIX asr 
oxirlarigacha ziyoli oilalarda arab tili din va «Qur`oni Karim» tili sifatida, she`riyat 
va boshqa sohalar uchun forsiy va turkiy tillari istifoda etilar edi. 
Temuriylar davrida fors tilida bitilgan tarixshunoslik asarlarda o`ziga xos 
xususiyatlardan biri – matn orasida, voqealar bayoni davomida she`riy 
lavhalarning keltirilishidir. Bu she`riy lavhalar tarixchining o`z asari bo`lishi 
mumkin va u boshqalarning she`riy asarlaridan ham bemalol foydalanishi mumkin. 
Bu badiiy-she`riy lavhalar konkret tarixiy shaxslar simolari obraz, timsol 
sifatida juda ko`p ishlatilishidir. Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda 
o`xshatish, mubolag`alar ko`p ishlatilib, bayon uslubi o`ta jimjimador bo`lishi 
mumkin. Mana shunday asarlar to`g`risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin 
Shomiyga shunday degan: «Shu uslubda yozilgan, tashbih va mubolag`alar bilan 
oro berilgan kitoblarda ko`zlangan maqsadlar o`rtada yo`qolib ketadi, agar so`z 
qoida-qonunidan nasibador bo`lganlardan birontasi ma`nini fahmlab qolsa qolar, 
ammo qolgan o`ntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga 
yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bo`lmadi». 
Xondamir o`zining o`lmas tarixiy asarlari bilan ko`p asrlik madaniyatimiz 
xazinasini boyitdi va tarixnavisligimizda o`chmas iz qoldirdi. 
G`iyosiddin ibn Humomiddin Muhammad ibn xoja Jaloliddin Muhammad 
ibn xoja Burhoniddin 1475 yili Xirotda tug`ildi. Uning otasi Humomiddin 
Muhammad o`qimishli kishi bo`lib, Sulton Abu Saidning o`g`li Sulton Muhammad 
mirzoning vaziri edi. Onasi esa mashhur muarrix Mirxondning qizi bo`lgan.
Xondamirning yuksak kamolotga yetishishida o`tkir zehni, terak fikri va zo`r 
aql-farosatidan tashqari, Alisher Navoiydek rahnamo kishining bo`lishi va uning 
ilmu fan va madaniyat ravnaqiga bo`lgan oliy qimmati ham sabab bo`ldi, albatta. 
Navoiy ko`p olimlar, shoirlar, naqqoshlar, xattotlar qatori Xondamirning ham 


261 
ilmiy ishlariga bevosita rahbarlik qildi. O`sha zamonda Xurosonda eng boy 
hisoblangan. Navoiy kutubxonasining kaliti Xondamirning qo`liga topshirib 
qo`yilgan edi. 
Xondamir o`zining asari «Xulosat ul-axbor»ni yozishdan oldin Navoiy 
huzuriga boradi va u bilan maslahatlashib o`zining («Xayrli kishilar ahvolidan 
jahon xabarlarining xulosasi») to`ng`ich asarini yozadi. Xondamir Navoiy 
vafotigacha uning huzurida bo`ldi va bir qator tarixiy asarlar yaratdi. Navoiy 
vafotidan so`ng, u ona yurti Balxga ketib qoldi va Badiuzzamon Mirzo (1458-
1511)ning xizmatiga kirdi. 
1527 yili yozida Xondamir Hindistonga ketishga qaror qildi va Qandahorga 
jo`nadi. 1528 yil 3 martda Qandahordan chiqib Hindistonga, Bobur mirzo huzuriga 
yetib keldi. Bu vaqtda Bobur shoir Shahob Muammot va Hirotdagi «Sultoniya» 
madrasasining mudarrisi amir Ibrohim Mashhadiy ham Xondamir bilan birga bu 
yerga kelgan edilar. Bobur ularni zo`r hurmat va ehtirom bilan qarshi oldi va 
ularga saroy xizmatchilari qatoridan joy tayin qildi. 
Xondamir 1535 yilda, ya`ni Humoyunning Burhonpur (Gujorat viloyati)ga 
harbiy yurishi vaqtida vafot etdi va Dehlidagi xoja Nizomiddin Avliyo va Husrav 
Dehlaviy mozoriga dafn etildi. 
Xondamir bor-yo`g`i 62 yil umr ko`rdi. Lekin uning umri sermazmun, 
kelajak uchun foydali kechdi. U yaratgan 10 yaqin o`lmas asarlari tufayli o`z 
nomini tarix sahifasiga abadiy naqshladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur ulug` bobokaloni Amir Temur dahosidan 
qonuniy ravishda hamisha iftixor qilar edi. Hazrati Bobur o`z esdaliklarida Amir 
Temur nomini doimo zo`r ehtirom, ixlos bilan tilga oladi. «Bobrunoma»ning ilk 
sahifalaridayoq u o`z nasl-nasabi Temurning oliy shajaraisiga borib taqalishini 
mamnuniyat va g`urur bilan qayd etadi. 
Amir Temur 1399 yilda Hindistonni qo`lga kiritadi. «Temur tuzuklari»da bu 
ulug` mamlakat sari yurishning tarixi, unga qay tariqa uzoq va puxta rejalar 
tuzilgani-yu ularning qanday qilib amalga oshirilgani haqida batafsil ma`lumotlarni 
uchratish mumkin. 
Mazkur vokealardan so`ng oradan qariyib bir yarim asr vaqt o`tgach, 
temuriy tojdorlardan biri-Bobur Mirzo Hindiston sari yuz tutmoqqa qaror qiladi. 
Ulug` ajdodi singari u ham yaqin beklarini to`plab mashvarat qiladi. 
«Boburnoma»ning 1507-1508 yil voqealari tavsifida quyidagilarni o`qiymiz: «Men 
va ba`zi ichki beklar Hindiston tarafi bormoqni tarjih qilduk…» 
Agar Amir Temur Hindistonni zabt etishdan davlatga davlat, shuhratiga 
shuhrat qo`shishni, o`z mavqei va nufuzini yanada yuksaltirishni ko`zda tutgan 
bo`lsa, Bobur Mirzoning niyatlari bo`lakcha – «o`ziga bir yer fikrini qilg`ulik», 
ya`ni muhim bir viloyatni qo`lga kiritshdan iborat edi. 


262 
Buyuk me`mor, buyuk bog`bon, buyuk ijodkor sifatida voyaga yetgan Bobur 
Mirzo go`dak chog`idanoq sohibqiron Amir Temur joriy etgan, undan meros bo`lib 
qolgan go`zal bunyodkorlik muhitida tarbiya ko`rgan edi. Ehtimol, shu sababdan 
bo`lsa kerak, «Boburnoma»da muallif ulug` ajdodining yaratuvchilik ishlarini, 
uning amru farmoni va g`oyalari bilan barpo qilingan muazzam inshootlarni, bog`u 
bog`otlarni zavq-shavqqa to`lib tasvirlaydi. Bu haroratli tasvirlar bugun ham dilbir 
g`azalning baytlari yanglig` tassurot qoldiradi. Bobur Mirzoning mazkur 
yodnomalari bo`lmaganida, sohibqironning tarixiy siymosi tugal bo`lmay qolishi 
shubhasiz edi.
«Boburnoma» - bebaho asar, turli-tuman ma`lumotlarga boy va uni 
sinchiklab o`rganish zarurdir. Davlatchilik ishlarini yurgizishda bek va 
shahzodalarning o`rni masalasi ham «Boburnoma»da keng yoritilgan. Muallif 
qaysi bir bek yoki sulton, vazirni ta`riflamasin, avvalo, Amir Temur saltanatining 
yaxlitligi, yurt tinchligi va raiyat bilan bog`liq masalalar nuqtai nazaridan fikr 
yuritadi. 
Alisher Navoiyning Amir Temurga ixlosi balandligiga uning yozgan asarlari 
guvohdir. Hazrat Navoiy ayniqsa, «Xamsa», «Majolisun nafois», «Muhokamatul 
lug`atayn» kabi qimmatli asarlarida Amir Temur va uning avlodlarini hurmat bilan 
tilga olib, ta`rif-tavsif qiladi. Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bekning Buyuk 
Temurxonning sevimli nabirasi bo`lganligi uchun yuqori salohiyatga erishganligini 
tarannum etadi. Jumladan, «Farhod va Shirin» dostonida Mirzo Ulug`bekning 
Temurbek naslidan ekanligi alohida qayd etilgan mashhur bir baytini ko`pchilik 
yaxshi eslasalar kerak: 
… Temurxon naslidan sulton Ulug`bek, 
Ki, olam ko`rmadi sulton aningdek. 
Alisher Navoiy «Hayrat ul abror» asarida mana bu misralarni keltiradi:
Andoq eshittimki, shohi komron, 
To`rt ulus xoni Temur Ko`rgon. 
Fathi aqolimg`a qilg`onda azm, 
Hind savodida qotig` bo`ldi razm… 
Buyuk shoir Farhod tilidan aytgan bo`lsa-da, bobokaloni Amir Temurning 
jahongirligi, uning qo`l ostida ko`plab mamlakatlar va shaharlar jamlanganligi, 
ularda sohibqironning erkin hukmronlik qilganligini yana bir karra eslatib o`tadi. 
Bu esa Amir Temur sulolasining so`nggi vakillaridan bo`lgan Sulton Husayn va 
uning farzandlari, nabiralari o`rtasidagi o`zaro qarama-qarshiliklarning yuz berishi, 
buyuk markaziy davlatning parchalanib ketishi kabilar bilan bog`liq holda ajdodlar 
tarixini yana bir esga olib, o`zaro birlikka undash, uni inqirozdan saqlab qolishga 
o`z yo`li bilan qilingan bir harakat edi. 


263 
Buyuk Navoiy o`zining «Majolisun nafois» asarida o`z bobokaloni bo`lgan 
Amir Temurni madh etib, «Muluk shajaralarining bo`stoni va salotin 
gavharlarining ummoni hoqoni, jahongiri sohibqiron, ya`ni Temur Ko`ragon 
(anarollohu burhonahu), agar nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va 
nasrni andoq xo`b mahal va maqida o`qubturlarkim, aningdek bir bayt o`qug`on, 
ming yaxshi bayt aytkoncha bor» deydi. 
Navoiyning «Muhokamatul lug`atayn» asarida ham Amir Temur haqida 
ajoyib so`zlar aytilgan: «Sulton sohibqiron Temur Ko`ragon zamonida farzandi 
xalafi Shohruh Sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo 
bo`ldilar». 
Bu fikrni quyidagicha izohlash o`rinlidir: Amir Temur o`zi o`zbek eli 
farzandi bo`lganligi uchun ona tilida ilm-fan yaratilishi, badiiy asarlar ijod qilish, 
mahkamada ish yuritishni ham o`z tilida amalga oshirishga harakat qiladi. Shu 
sababli ko`plab turkiygo`y shoir-yozuvchilar paydo bo`la boshladi. 
Xullas, Navoiyning Sohibqiron Temurga, uning saltanatiga, avlodlariga 
mehri bag`oyat samimiy va sarbaland edi. Buni biz oz-oz eslab o`tgan asarlarini, 
boshqa meroslarini teran o`rganish bilan anglashimiz mumkindir. Bu mavzuda 
katta tadqiqot ishlari olib borish endigi davr tarixshunosligining vazifasi 
hisoblanadi. 
Jahon adabiyotida Amir Temur obraziga murojaat Sohibqironning 
tirikligidayoq boshlangan. Ayniqsa Ovrupa Uyg`onish davri ijodkorlari uning 
shaxsiga katta qiziqish bilan qaraganlar. Uyg`onish davri gumanistlari jismoniy va 
ma`naviy yetuk komil inson idealiga intilganlar. Ular faqat ulkan qudratga ega 
bo`lgan shaxslargina adolatsizlik, jaholat va beboshliklarga barham bera oladi, yer 
yuzidan istibdod va zo`ravonlikni supurib tashlaydi, deb ishonganlar. Amir Temur 
shaxsi ularning ana shu ideallariga muvofiq kelgan. 
XVII-XIX asrlarda jahon tarixnavisligida Amir Temur shaxsi va faoliyati 
o`rganishga qayta-qayta murojaat qilingan. H.Vamberi, L.Lengle, Perrodino, De 
Sensio, P.Dela Krua, De Marga, F.Nev, J.Kamyu, Ye.Gallios va boshqa yevropalik 
tarixchilar Amir Temurning harbiy san`ati, davlat tizimi va qonunlari hamda 
iqtisodiy islohotlarini tarixshunoslikda yoritganlar. 
Sovet tarixshunosligi haqida ham to`xtalib o`tish joizki, bu sohada Amir 
Temur dahosining yoritilishi ikki davrga bo`linadi: qirqinchi yillarga va undan 
keyingi yillardagi davrlarga. 
Qirqinchi yillargacha sovet tarixchilarining barcha asarlarida Amir Temur 
shaxsi, uning tarixdagi tutgan ancha qarama-qarshi fikrlar bilan ifodalangan 
bo`lsada, xolisona yondoshish hollari ham bor edi: V.Bartold, A.YAkubovskiy, 
A.Belenetskiy, A.Fitra va M.Massonlar Sohibqironning bunyodkorlik faoliyatining 
keng yoritdilar. 


264 
Qirqinchi yillardan so`ng sovet tarixshunosligida Amir Temur shaxsiyatiga 
bo`lgan munosabat keskin salbiy tomonga o`zgardi. Albatta, bu borada Stalinning 
shaxsiy ko`rsatmasi bilan SSSR tarixi darsligidan «Temur davlati» bobining 
chiqartirib yuborilishi temurshunoslikda siyosiy bir ko`rsatma sifatida qabul qilindi 
va tarixiy haqiqatni soxtalashtirishga olib keldi. 
2006 yilda, parijda Temuriylar davri tarixi va san`atini o`rganish bo`yicha 
assotsiatsiyaning asoschisi va prezidenti, professor Lyusen Keren qalamiga 
mansub «Samarqandga, Temur davriga sayohat» kitob albomining uchinchi nashri 
bosmadan chiqdi. Bu kitob YUNESKOning «Ipak yo`li-muloqot yo`li» dasturiga 
muvofiq yozildi va nashrga tayyorlandi. Kitobning uchinchi nashri uning 
kitobxonlar orasida keng ommalashganidan dalolat beradi va u Yevropa 
kitobxonlarida ulug` bobokalonimiz, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur 
shaxsiyatiga katta qiziqish uyg`otishi shubhasiz. 
Jahon tarixnavisligida Amir Temur faoliyatining tahlili sovet tarixchiligining 
fikridan farq qilib asosan haqqoniy va ijobiy edi. 
Istiqlol 
tufayli 
milliy 
qadriyatlarimizga, 
buyuk 
avlodlarimizga 
munosabatimiz tubdan o`zgardi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tarixiy 
mavzudagi bir qator o`rinlar bugungi dunyoqarashlarga muvofiq kelmasdan qoldi. 
Keyingi o`n yillikda Sohibqiron Temurbek siymosiga qiziqish har 
qachongidan kuchaydi, bir qator tarixiy badialar, dramatik asarlar, teatr 
tomoshalari paydo bo`ldi. Bo`riboy Ahmedovning «Amir Temur» nomli kitobi, 
Muhammad Alining «Sarbadorlar» tarixiy romani, O.Yoqubovning «Fotihi 
muzaffar yoxud bir parivash asiri» tarixiy dramasi, Abdulla Oripovning 
«Sohibqiron» dramasi, To`ra Mirzoning «Amir Temur», «Amir Temur va 
To`xtamishxon», dramatik asarlari dunyoga keldi. 
Ayniqsa, ulug` bobokalonimiz 666 yilligi munosabati bilan u haqida va 
Temurbek hamda temuriylar davri to`g`risida kitoblar kuchayib boraverdi. 
Yozuvchi Yevgeniy Berdikovning «Buyuk Temur» roman-xronikasi 1995 yilda 
«O`qituvchi» nashriyotida nashr etildi.
Hozirgi davr tarixshunosligida Sohibqiron haqida ilmiy tadqiqot ishlari ham 
bajarila boshladi. Mana shunday tadqiqotchilar haqida «Turkiston» gazetasining 
1996 yil 15 may sonida ma`lumot bosilib chiqdi. «Turkiston» 1996 yil 15 may. 
Erkin A`zam o`g`li Azimov buyuk bobokalonimiz Amir Temurning siyosiy 
faoliyatlariga bag`ishlangan «Amir Temurning davlatni boshqarish siyosati» 
mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini yozib tugatgan bir paytda hayotdan ko`z 
yumdi. 
Bu izlanishda Amir Temur kadrlar siyosatining yana ibratli tomoni o`sha 
vaqtda hech bir davlatda bo`lmagan va tarixda kamdan kam uchraydigan lavozim, 
«Adolat» amiri lavozimini ta`sis etilishidir. Bu lavozim o`z mavqei bo`yicha 


265 
vazirlar darajasida bo`lgan. Adolat amiri har el va har shaharda sipoh bilan raiyat 
orasidagi urf-odatlar, rasm-rusumlar oqibatida kelib chiqadigan janjalli ishlar, 
nizom masalalarni tinch, tushuntirish yo`li bilan hal qilgan. 
1999 yilda O`zbekiston tarixi Davlat muzeyining katta ilmiy xodimi, tarix 
fanlari nomzodi I.To`xtievning: «Temur va temuriylar sulosalasining pul-moliya 
siyosati va ularning tangalari nomli ilmiy asari Eron Islom Respublikasining 
«Buyuk Oyatullo al-Azami» nashriyotchiligi hukmiga havola etildi». 
2006 yilda Moskvadagi «EKSMO» nashriyoti sohibqiron Amir Temur 
haqida «Donishmandlik antologiyasi» nomli kitob chiqardi. Rus tilidagi yangi 
nashr to`rt qismga bo`lingan bo`lib, u sharqshunos olim V.A.Panovning «Sharq 
hukmdorlari» nomli maqolasi bilan boshlanadi. Kitob nashrida ayrim juz`iy 
nuqsonlar ham ko`zga tashlanadi. 
Bu kitoblar orasida Mixail Arnoldovning «Bir mahoraba tarixi» nomli 
maqolasining ham nashr etilganini aytib o`tmoqchimiz. 
Yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar orasida akademik B.Ahmedovning 
«Amir Temur kitobi o`zining monumentalligi bilan ajralib turadi. Unda Sohibqiron 
Temur hayoti va faoliyati barcha bosqichlarda berilgan. Shu jihatdan bu kitob 
Salohiddin Toshkandiyning «Temurnoma»siga yaqin turadi. Lekin Salohiddin 
Toshkandiy o`z kitobini rivoyatlar va xalq romanlari asosida yaratgan bo`lsa, 
Bo`riboy Ahmedov tarixiy manbalar asosida yaratgan. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin