59
juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalarda, ular har doim ham
ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi emas.
Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz
ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida
"detektor-faga"ning o‘zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni
aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar bo‘lishi mumkin.
Ishlatilayotgan detektorlar ko‘pincha viruslarni payqamay,
zararlangan fayllarni o‘tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur
McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks detektori
bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o‘tkazib
yuboradi va yangi, bir nechta yolg‘on ishlanmalar beradi. Shuning
uchun bir nechta detektorlarni bir yo‘la qo‘llash "ovoz berish yo‘li
bilan" zararli dasturlarning ro‘yxatini tuzish mumkin.
Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo‘llash samarasiz
ekanligini ta'kid-lash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish
lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga
noo‘rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu yerda
detektor yolg‘on axborot bergan bo‘ladi. Faga ishlab turgan dasturni
ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo‘l qo‘yiladigan
xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo‘lma-qo‘l yurishi va
ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo
himoyalash kerak. Faqat ishonchli disketalardangina foydalanish darkor
va yana bir yo‘l qo‘yiladigan xatoga maxsus to‘xtalamiz. Bu A disk
yuritgichda disketa bo‘la turib, kompyuterni qayta yuklashdir. Bunda
BIOC aynan disk yuritgichdagi disketadan dasturni yuklaydi, natijada
disketadagi boot-virus vinchesterga yuqadi.
Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga
bog‘liq. Bundan tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bular faganing hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha
viruslarga mo‘ljallangan bo‘lib, qolganlari uchun samarasiz bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: