O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/197
tarix11.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#153618
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

 
Uskunalar paneli bilan tanishish. 
Excel 2007 dasturida oldingi versiyalardagi standart menyular satri 
hamda uskunalar panelini o`rnini bosadigan yangi qism kiritilgan bo`lib, 
u bir vaqtning o`zida bir qancha asboblar bilan ishlash imkonini berishi 
hamda keraksiz bo`lib qolayotgan menyular satri tomonidan egallangan 
joyning samarali ishlatilishiga olib keldi. Ushbu qism 
lenta 
deb ataladi 
hamda u bir nechta bandlardan iborat bo`lib, ulardagi buyruq va 
funksiyalar o`zaro bajaradigan vazifa hamda amallariga mos ravishda 
guruhlarga bo`lingan. 
Lenta bilan ishlash. 
Lentadagi buyruqlar bilan ishlash turli xil usullar yordamida 
amalga oshiriladi. Bu usullar quyida keltiriladi: 
 
Tugma: 
Eng keng tarqalgan boshqaruv elementi bo`lib, 
tugmalarning ko`pchiligi matnli izohlar bilan ta`minlangan hamda 
tugmaning bajaradigan vazifasini bilish uchun uni sichqoncha 
yordamida ko`rsatish kifoya. Eng ko`p ishlatiladigan tugmalar boshqa 
tugmlarga qaraganda kattaroq shaklda tasvirlanadi. Bu holat sizning ish 
jarayoningizda tugmalardan foydalanishingiz jarayonida sizga moslashib 
boradi. Ko`pgina tugmalarni tanlanganda to`g`ridan-to`g`ri vazifa 
bajariladi. Ba`zi tugmalar esa pastga qaratilgan ko`rsatkichlar bilan 
jihozlangan bo`lib, ularni tanlanganda ro`yxat yoki kolleksiya hosil 
bo`ladi hamda foydalanuvchi kerakli buyruqni tanlash imkoniga ega 
bo`ladi.
 
Bayroqcha: 
Kvadrat shaklidagi asbob bo`lib, uni tanlanganda u 
ulangan-ulanmagan holatlarini almashtiradi. 
 
Buyruqlar guruhi: 
Lentaning har bir bandida o`zaro bog`liq 
buyruqlar mavjud bo`lib, ular guruhlarga birlashtiriladi. Masalan, 
Главная panelining Шрифт buyruqlar to`plamida matn shriftini 
boshqarish tugmalari joylashgan. 


172 

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin