Diagrammalar qurish
.
Excel 2016 da diagrammalar qurishdan
avval jadvalda hamma ishlarni tugatish lozim, shu jumladan jadvalni
formatlash ishlarini ham. Avvalo diagrammalar kerakli satr yoki
ustunlar belgilab olinadi (
Ctrl
bosilgan holda). So‘ngra “
Вставка
”
menyusidan tavsiya qilingan diagramma nusxalari ichidan kerakli
diagramma turi tanlanadi, bu diagrammaga nom beriladi va qoʽshimcha
oʽzgartishlar kiritish mumkin.
Trend funksiyasi qiymatlarning o’zaro oʽzgarishlarini aniqlashda
ishlatiladi.
7.3.
Diagramma yaratishdagi asosiy amallar.
Diagramma - axborotlarni sonlar qatori (jadval) shaklida tasvirlash
usulidir. Shu bilan birga, u grafik ob'ekt bo'lib, unga grafik ob'ektlarga
xos barcha xususiyatlar mos. Bunday ob'ekt bir yoki bir nechta
ma'lumotlar qatoridan foydalanib yaratiladi. Ko'pgina diagrammalarda
255 tagacha ma'lumotlar qatorini aks ettirish mumkin. Standart
ko'rinishdagi, doira shaklidagi diagramma esa bundan mustasno bo'lib,
187
unda faqat bitta ma'lumotlar qatorini tasvirlash mumkin. Agar
diagrammada birdan ortiq ma'lumotlar qatoridan foydalanilgan bo'lsa,
unda ularni farqlash uchun легенда (izoh)dan foydalanadi. Легенда -
ma'lumotlar qatorining nomidir. Легенда sifatida mavjud ixtiyoriy
nomlardan foydalanish mumkin: yillarjinoyat turlari, tumanlar,
viloyatlar, shaharlarning nomlari va h.k. Ma'lumotlar qatoridagi
toifalarning (ya'ni nuqtalarning) maksimal soni 32000 ta, uch o'lchamli
diagrammalarda esa 4000 tadan iboratdir.
Microsoft Excel dasturida diagrammalarni joylashtirishning ikkita
varianti mavjud. Tayyorlangan diagrammani ma'lumotlar berilgan yoki
aks etgan sahifagajoylashtirish (1-rasm).
Diagrammani ishchi kitobning yangi sahifasida yaratish (2-rasm).
Diagramma faollashtirilganda, menyular satrida o'zgarish yuz beradi,
ya'ni Данные menyusi yo'qolib, uning o'rnida diagramma ustida amallar
bajarishga imkon beruvchi Диаграмма menyusi paydo bo'ladi (Excel
2007 da Конструктор, Макет va Формат menylari). Agar jadvalning
biror yacheykasi faollashtirilsa, oldingi holatga qaytiladi, ya'ni
Диаграмма menyusi o'rniga Данные menyusi paydo bo'ladi. Agar
diagramma ishchi sahifaga joylashtirilsa, uni sahifa bo'yicha
harakatlantirib, kerakli joyga siljitish mumkin. Buning uchun
diagramma belgilanadi, ya'ni uning ustiga sichqoncha ko'rsatgichi
keltirilib, chap tugmasi bosiladi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan
holda belgilangan diagramma kerakli joyga siljitiladi. Diagramma
belgilanganda, sakkizta qora kvadrat shaklidagi markerlar diagramma-
ning chegarasida paydo bo'ladi. Ulardan birortasining ustiga sichqoncha
ko'rsatkichi keltirilganda, X yoki ^ belgisi paydo bo'ladi va
sichqonchaning
chap
tugmasini
bosgan
holda
harakatlantirib,
diagrammaning o'lchamini kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin.
188
Agar diagramma alohida sahifaga joylashtirilsa, bu sahifaga
avtomat ravishda Диаграмма № (bunda № belgisi 1, 2, 3, ... ni
anglatadi) nomi beriladi. Nomni o'zgartirishni ikki usul bilan amalga
oshirish mumkin:
Sichqoncha ko'rsatkichini sahifa nomi - Диаграмма № ustiga
keltirib, uning chap tugmasini ikki marta tez bosish va kerakli nomni
kiritish (masalan, Hisobot 2009).
Формат => Лист => Переименовать buyruqlarini bajarish orqali
(Excel 2007 da Главная => Формат => Переименовать листь). Bunda
joriy Диаграмма № sahifa nomi qora rangga kiradi va uning o'rniga
kerakli nom teriladi.
Alohida sahifaga joylashgan diagrammani butun ishchi oyna yoki
ekranda tasvirlash mumkin. Buning uchun quyidagi ikkita buyruqdan
biri bajarilsa kifoya:
Вид =>Поразмеруокна. Bunday holatda diagrammaning o'lchamlari
qog'ozga chop etishdagi o'lchamlarga to'liq mos keladi.
Вид =>Вовесьэкран. Bu holda diagramma ekranni to'liq qoplaydi.
Oldingi holatga qaytish uchun ushbu buyruq qaytadan bajariladi.
Yuqorida eslatganimizdek, diagrammaning joylashuvi ikki usulda
amalga oshiriladi. Agar diagramma alohida sahifadajoylashgan bo'lsa,
uni ma'lumotlar berilgan sahifaga o'tkazish uchun Диаграмма
=>Размещение
(Excel
2007
da
Конструктор
=>Переместитьдиаграмму) buyrug'idan foydalaniladi. Hosil bo'lgan
Размещениедиаграммы muloqot oynasidagi Имеющемся nomli
tugmacha belgilanib, ma'lumotlar berilgan sahifaning nomi tanlanadi va
natijada diagramma ma'lumotlar bilan bir sahifaga yonma-yon
joylashadi.
Ma'lumotlar bilan birga joylashgan diagrammani alohida sahifaga
o'tkazish uchun hosil bo'lgan muloqot oynasining Отдельном nomli
tugmachasidan foydalaniladi.
Diagrammalar grafik ob'ektlar hisoblangani uchun ularga grafik
ob'ektlar ustida bajariladigan barcha amallarni qo'llash mumkin. Jumla-
dan, yaratilgan diagrammalardan nusxa olish, uni qirqish yoki
keraklijoyga qo'yish mumkin.
Diagrammalarning o'zaro farqlanadigan tomonlaridan biri - ularda
foydalanilayotgan koordinata o'qlarining sonidir.Oddiy diagrammalar,
ya'ni grafiklar, gistogrammalar, sohali diagrammalar toifa o'qi va
qiymatlar o'qiga ega. Odatda toifa o'qi gorizontal, qiymatlar o'qi esa
vertikal joylashadi. Bunday joylashuv chiziqli diagrammalarga tegishli
189
emas, ularda yo'lakchalar (polosalar) chapdan o'ngga yo'nalgan
bo'ladiHalqa va doira shakllaridagi diagrammalarda koordinata o'qi
bo'lmaydi. Halqasimon diagrammalarda ma'lumotlar bir necha qatorda
aks etsa, doira shaklidagi diagrammalarda ma'lumotlar faqat bitta
qatordagi aks etadi.Hajmli diagrammalar uchta o'qqa ega bo'ladi: toifa
o'qi, qiymatlar o'qiva ma'lumotlar qatori o'qi.
Bargsimon (Лепестко-
вая) diagrammalarda ma'lumotlar qatoridagi har bir nuqta o'z o'qiga ega
bo'ladi.
Diagramma jadval bilan uzviy bog'langan, ya'ni jadvaldagi ma'-
lumotlarning o'zgarishi diagramma ko'rinishini o'zgartiradi. Excel
dasturida bir qancha turdagi diagrammalarni hosil qilish mumkin. Excel
dasturida yaratiladigan diagrammalar turining ro'yxati va har bir turga
mos keluvchi ko'rinishlar soni 1-jadvalda aks etgan. Diagrammalar
asosiy turining har xil ko'rinishlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |