166
Excel dasturi asoslari.
Excel ishchi maydoni jadval kurinishida bo`lib, satrlari
1
dan
boshlab raqamlanadi hamda cheksiz (oldingi
Office paketi Excel
dasturlaridan farqli ravishda) tartiblangan bo`lib, ustunlari
A
dan
boshlab tartiblanadi hamda barcha lotin alifbosi harflari tugagach,
ulardan ikkitadan foydalanib tartiblanadi (AB, AC, AD, …ZZ), ikkitalik
imkoniyatlar
tugagach esa, ustunlar uchtadan yarflar bilan belgilanadi
(AAA, AAB, AAC, … ). Bu satr va ustunlarning kesishgan joyi
katakcha (yacheyka) deb ataladi. Har bir katakcha o`zining o`rniga qarab
ma`lum manzilga ega bo`ladi. Masalan A3 (A ustun va 3-satrlar
kesishgan katakcha), IA234 (IA ustun va 234-satrlar
kesishgan
katakcha).
Microsoft Excel2007 dasturi boshqa Office paketi dasturlariga
o`xshash bo`lib, lekin unda dasturning vazifalari va imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda turli-tuman farqlar ham mavjuddir.
Bularga
dasturning hisob-kitob ishlarini bajarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan
holda kiritilgan o`zgarishlarni misol qilib keltirib o`tishimiz mumkin.
Bundan tashqari Excel 2007 dasturi jadval ko`rinishidagi ma`lumotlarni
tayyorlash hamda ularni yaqqolroq tasvirlash maqsadida kuchli
diagrammalar bilan ishlash asbobi bilan ham ta`minlangandir hamda bu
imkoniyat ham dastur imkoniyatlari va tashqi ko`rinishida o`z aksini
topgan.
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi
va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi
imkon beradigan darajada
ko`p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar
(oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda
diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo`linadi.
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta
ustundan iborat edi. Excel 2007 dasturida esa satrlar soni 1048576 ta
bo`lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha).
Demak
Excel 2007 dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan.
Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo`lib, har bir
katakcha o`zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu
katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning
satr tartib raqamining
yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori
chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo`lib, uning oxirgi
katakchasi (pastki o`ng burchakda)ning manzili mos ravishda
XFD1048576 ekanligi tushunarli.