O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə36/106
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#165243
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish-fayllar.org

Nazorat uchun savollar.
1. "Innovatsion jarayoni"; "innovatsion faoliyat"; "innovatsion loyiha" kategoriyalariga ta’rif bering.
2. Innovatsion g‘oyalar manbalari nimalardan iborat?
3. Loyihani boshqarish tushunchasini yoritib bering.
4. YAngiliklarni istiqbollashtirish va rejalashtirishning umumiy tavsifini bering.
5. Kadrlar ishida innovatsiyalar strategiyasi va diffuziyasi.
6. Innovatsiyalarni rivojlantirish: umumiy xususiyatlar.
7. Xodimlarni boshqarish bosqichlari va texnologiyalari bo‘yicha turli xil yangiliklarni tahlil qiling.
8. Tashkilotning innovatsiyalarga moyilligi va joriy etilgan innovatsiyalarga chidamliligi: asosiy qoidalar.
9. Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni ishtirokchilarining tasnifi.
10. Kadrlar bilan ishlashdagi innovatsiyalarni "amalga oshirish" va "samaradorlik" o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni belgilang.


5-BOB. KORXONA VA TASHKILOTLARDA INNOVATSION JARAYONLARNI BOSHQARISH
REJA:
    1. Tashkilotlarga yangiliklarni joriy qilishda o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy qoida va tamoyillari.


    2. Personalni boshqarishni innovatsion yondashuv, personalni boshqarish tizimidagi o‘zgarish.


    3. Innovatsion madaniyat.




5.1. Tashkilotlarga yangiliklarni joriy qilishda o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy qoida va tamoyillari.
Islohotlarning maqsadlarini hisobga olgan holdagi o‘zgarish va yangiliklarni omadli o‘tkazishda boshqaruvchi innovatsiyalarni joriy qilish yo‘lida duch kelish mumkin bo‘lgan qiyinchilik va muammolarni oldindan ko‘ra bilishi lozim. Odatda o‘zgarishlarning quyidagi ko‘rinishlari ajratib ko‘rsatiladi:
  1. Faoliyatning maqsad va vazifalaridagi o‘zgarishlar;


  2. Texnologiyalardan foydalanishdagi o‘zgarishlar;


  3. Boshqaruv jarayonlari va tashkiliy tuzilmalardagi o‘zgarishlar;


  4. Tashkiliy madaniyatdagi o‘zgarishlar;


  5. Insonlardagi o‘zgarishlar (rahbariyat va personal, ularning kompetentligi, munosabati, motivatsiyasi, ishdagi samaradorligi va o‘zini tutishi);


  6. Tashkilotning ishidagi samaradorligi o‘zgarishlari (moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlar, kompaniya tomonidan missiya va vazifalarning bajarilishi hamda yangi imkoniyatlarni qo‘llashi);


  7. Tashkilotning jamoatchilik va ishbilarmon doiralardagi obro‘si va mavqeidagi o‘zgarishlari.




Odatda o‘zgarishlarining to‘rtta asosiy darajalari farqlanadi:
  1. Bilimlardagi o‘zgarishlar – qisqa vaqt va xarajatlar talab qiladi, ta’lim dasturini amalga oshirish, materiallarni tarqatish etarli (masalan, ko‘rsatmalar);


  2. Individual mezonlardagi o‘zgarishlar – har kimning nimani qanday bajarishga bo‘lgan munosabati – nisbatan uzoq muddat va ko‘p xarajatlarni talab qiladi, shu boisdan kishining o‘zgarishlar zaruriyatini qabul qilishiga sharoit yaratish lozim.


  3. Individual xulq-atvordagi o‘zgarishlar – yanada ko‘proq vaqt va resurslar bilan ta’minlanishi kerak. Bu bosqichdagi eng muhim masala – kishi yangi xulq-atvordan ijobiy tajriba orttirishi lozim.


  4. Guruhiy xulq-atvordagi o‘zgarishlar – maksimal muddat va mavjud resurslarni talab qiluvchi anchayin murakkab tashkiliy xulq-atvor. Guruh har doim o‘z ishtirokchisidan o‘rtacha darajaga yaqin xatti-harakatni talab qiladi. Eng katta masala – jamoa xulq-atvorining yangicha usulini yaratishdir.


O‘zgarishlarni individual darajada, guruh darajasida (masalan, bo‘lim yoki sex darajasida), umumiy tashkilot darajasida, yuqori darajada (soha, mintaqa yoki butun mamlakat darajasida) ajratish maqsadga muvofiq [14]. O‘zgarish darajasining o‘sishi bilan uni amalga oshirish muddatlari va murakkabligi ham oshib boraveradi.


Individual darajada yangilikni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror darhol qabul qilinishi mumkin. Ba’zida innovatsiyaning o‘zi ham darhol amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin