2020 yil 8 va 15 iyun kunlari BMT Bosh Assambleyasining Orolbo’yi bo’yicha Rezolyusiyasini qabul qilish yuzasidan “Orolbo’yi – ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi” Konsepsiyasi loyihasi BMT Taraqqiyot Dasturi Bosh ofisi va O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qayta ishlandi hamda konsepsiya vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida onlayn-konferensiyada muhokama qilindi.
Innovasiya vazirligi Fransiyaning “SAINT-GOBAIN” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikamizning arxitektura va dizayn sohalarida tahsil olayotgan bakalavr/magistr talabalari uchun “MULTIKOMFORT 2020” tanlovi tashkil etildi. Ikki bosqichli halqaro tanlovning Milliy bosqichi 2020 yil sentyabrida Toshkent shahrida, yakuniy qismi Fransiyaning Parij shahrida 2021 yil fevral oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
2020 yil 10 iyulida O’zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi ko’magida o’zbekistonlik hamda isroillik mutaxassislari ishtirokida COVID-19 pandemiyasi sharoitida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish videokonferens aloqa bo’lib o’tdi.
2020 yil 3 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Global innovasion indeksga kiritilgani munosabati bilan Xalqaro intelektual mulk tashkiloti vakillari ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
2020 yilning 15-16 sentyabrda Innovasiya vazirligi tashabbusi bilan energetika, xususan qayta tiklanuvchi energiya yo’nalishida ilg’or xorijiy tajribani o’rganish yo’nalishida onlayn-seminar o’tkazildi.
Vazirlik huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi tomonidan Western Digital, UzAuto Motors PowerTrain, Yaran Consalting, Profi Training, Pak-Vartanyan & Partners, Siymo, VRonica va boshqa ko’plab mahalliy va xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida 40 ta veb-seminarlar o’tkazildi.
10. Yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan va innovasiyalarga asoslangan investisiya loyihalarini bajarish Xalqaro moliya tashkilotlari grant va zayemlari, investisiyalarini jalb qilish bo’yicha umumiy miqdori 58,0 mln doll. teng bo’lgan 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Jahon bankining "Farg’ona vodiysida tadbirkorlikni rivojlantirish" loyihasi (Innovasion rivojlanish vazirligiga 8 mln. AQSh doll. grant va zayem mablag’lari ajratilgan) doirasida Andijon tajriba-ko’rgazma maydoniga zamonaviy uskunalar olish uchun (440 ming doll.) va akselerasiya kompaniyasini yollash (300 ming doll.) bo’yicha tender hujjatlari shakllantirildi va Jahon bankiga taqdim etildi.Jahon bankining “Ilm-fanni tijoratlashtirish” loyihasi doirasida 50 mln. AQSh doll. mablag’lari jalb etildi. Loyihani tayyorlash uchun 1,9 mln. AQSh doll. bo’nak mablag’larining ajratilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 maydagi 238-f-sonli farmoyishi qabul qilindi.
2020 yilda Xalqaro donorlarning tashqi beg’araz va texnik ko’mak mablag’larini jalb qilish bo’yicha «Yo’l xaritasi» ishlab chiqildi. Unda, umumiy qiymati 219,0 mln. doll. bo’lgan 21 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Hozirgi vaqtda loyihalarni ijrosi doirasida 791,5 ming. AQSh doll. mablag’lar o’zlashtirildi. Xususan,
Kanadaning mahalliy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining (CFLI) “Qoraqalpog’iston Respublikasida ommaviy axborot vositalari yordamida aholining iqlim o’zgarishlari va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo’yicha xabardorligini oshirish loyihasi” doirasida Orolbo’yi xalqaro innovasiya markaziga 22,45 ming AQSh dollari o’tkazildi va mablag’ to’liq o’zlashtirildi.
YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda “O’zbekistonda inklyuziv fan, texnologiya va innovasiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida “Mapping Research and Innovation in the Republic of Uzbekistan” tahliliy obzori ishlab chiqildi. Mazkur bosqichdagi ishlarga YuNESKO tomonidan 100 ming AQSh dollar mablag’lar yo’naltirildi. Loyihaning ikkinchi bosqichi “STI Policy in Uzbekistan” amalga oshirish yuzasidan hamkorlik rejasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur bosqichdagi loyihalarga 250 ming AQSh doll. sarflanishi rejalashtirilgan.
Islom taraqqiyot banki tomonidan “O’zbekiston iqtisodiyotining biotexnologiya sohasidagi ilm-fan, ta’lim va biznes integrasiyasini takomillashtirish loyihasi” bo’yicha 30,0 ming AQSh doll. miqdorida mablag’ jalb etildi.
“O’zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olishda kasallangan fuqarolarni davolash uchun xayriya ko’magi”ni jalb qilish loyihasi bo’yicha “Coca Cola Foundation” jamg’armasidan 200 ming AQSh doll. mablag’lar o’tkazib berildi.
Bundan tashqari, Koreya Respublikasining “Korea Land and Housing Corporation” kompaniyasi ishtirokida 10000 dona sanitar dezinfeksiyalash vositalaridan iborat gumanitar ko’mak loyihasi amalga oshirildi.
“Sardoba suv ombori to’g’oni buzilishi natijasida toshqin oqibatida uysiz qolib, qiyin vaziyatga tushib qolgan oilalarga yangi uylar qurishga ko’maklashish maqsadida Koreya Respublikasining “Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd.” va Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 98 ming AQSh doll. qiymatidagi qurilish materiallari yetkazib berildi.
2019 yil yanvardan boshlab Ilg’or texnologiyalar Markazi GIST-ni startaplarni rivojlantirish uchun halqaro innovasion xablar tarmog’iga sherik sifatida qo’shildi. 2019-2020 yillar akselerasion dasturlarni bajarish uchun VentureWel tomonidan 10 ming AQSh doll. grant mablag’lari ajratildi.
Markaziy Osiyoda birinchi marta Yaponiyaning SATREPS-2020 ekologiya sohasidagi grant loyihalar dasturida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi xalqaro innovasiya markazi Kioto universiteti hamda Yaponiyaning yetakchi 8 ta universiteti olimlari bilan hamkorlikdagi loyihasi bilan ishtirok etildi. Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi (JST) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Orolbo’yi xalqaro innovasiya markazining ushbu loyihasi 10 ta xalqaro loyihalar ichida eng yaxshi deb topildi.
Islom taraqqiyot banki Orolbo’yi xalqaro innovasiya markazini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun 275 ming AQSh doll. ajratishi rejalashtirilgan va 2020 yil 1 may kuni “KPMG Audit” MChJ auditorlik kompaniyasi bilan Innovasiya vazirligi o’rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
Keyingi bosqichlarda quyidagi texnik ko’mak loyihalari amalga oshiriladi.
- Islom taraqqiyot banki tomonidan “O’zbekiston biotexnologik sektorida fan va ishlab chiqarish ta’limi integrasiyasini kuchaytirish” xalqaro loyihasi uchun 150 ming AQSh doll. miqdorida grant mablag’lari;
- Buyuk Britaniyaning Borrow fondi ishtirokida amalga oshiriladigan 51 ming AQSh dollari qiymatidagi 3 ta loyiha;
- Germaniyaning innovasiya markazlarini boshqarish tajribasini o’rganish bo’yicha «Modern Uzbek Innovation Centers – target: 2022» Konsepsiyasi ishlab chiqildi va Germaniyaning GIZ tashkilotiga loyihani moliyalashtirish yuzasidan so’rovnoma yuborildi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur loyihani qo’llab-quvvatladi. Mazkur loyihaga GIZ tashkilotining 250 ming yevro mablag’i jalb qilinadi.
- YuNESKOning O’zbekistondagi Milliy komissiyasi tomonidan innovasion loyihalar tanloviga 2 ta loyiha Ilmiy texnik axborot Markazi va Ilg’or texnologiyalar Markazi loyihalari topshirildi (grant miqdori har bir loyiha uchun 28 ming doll.).
Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020 yilda Investisiya dasturi doirasida manzilli ro’yxatga kiritilgan investisiya loyihalarning o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik tomonidan 2020-2022 yillarda Investisiya dasturi doirasida manzilli ro’yxatga kiritilgan umumiy qiymati 164 mln. AQSh doll. 7 ta investisiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. Jumladan manzilli ro’yxatga kiritilgan qiymati 60 mln. AQSh doll. bo’lgan 2 ta loyiha va 104 mln. AQSh dollarlik 5 ta istiqbolli loyihalarni ishlab chiqilishi belgilangan. Qo’shimcha ravishda ishlab chiqilayotgan qiymati 1,22 mlrd. AQSh doll. tashkil etuvchi 15 ta loyiha, jami vazirlik bo’yicha umumiy qiymati1,06 mlrd. AQSh doll. 22 ta investisiya loyihalari ustidan ishlar olib borilmoqda.
Investisiya dasturiga muvofiq joriy yilning I-yarim yilligida 3,6 mln. AQSh dollar, II-yarim yilligida 13,4 mln. AQSh doll. miqdorida o’zlashtirilish rejalashtirilgan.