2.2.Tovar moddiy zaxiralari inventarizatsiyasi natijalarini
rasmiylashtirish va xisobga olish tartibi
38
Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti malumotlarining to'g'riligi
ularning ishlab chiqarish zaxiralari inventarizasiya qilish bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish "Inventarizasiyani tashkil etish
va o'tkazish" nomli 19-son BHMS va "Tovar- moddiy zaxiralar" nomli 4-son
BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi yukoridagi paragrafda
ta’kilaganimizdek, raxbar buyrugi bilan tasdiklangan bir martalik yoki doimiy
komissiya tomonidan utkaziladi. Shuningdek, inventarizatsiya rejali bulmasa,
inventarizatsiyani utkazish to'g'risida ham raxbar buyrugi chikishi lozim.
Inventarizatsiya natijalari korxona rahbari, bosh buxgalteri va
inventarizatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolanadigan "Inventarizasiya
jarayonida aniqlangan natijalar vedomosti"da umumlashtiriladi. Ushbu
vedomostda tovar-moddiy zaxiraning har bir turi bo'yicha inventarizasiya
natijasida aniqlangan farqlar kamomad va ortiqchalar summalari va shuningdek
aniqlangan kamomadlar summasini olib borish tartibi: turli sortlar bo'yicha
o'zaro qoplash, tabiiy kamayish me'yorlari miqdorida hisobdan chiqarish,
aybdor shaxslar hisobiga olib borish va boshqa operasion xarajatlarga hisobdan
chiqarish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar aks ettiriladi.
O'rtacha oylik ish haqi hajmidan ortiq bo'lmagan miqdorda yetkazilgan
zarar summasini aybdor xodimdan undirilishi ish beruvchining farmoyishiga
muvofiq amalga oshiriladi. Bunday farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan
kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi lozim.
Bunda yetkazilgan zarar qiymati inventarizasiya o'tkazilgan davrda mazkur
joyda amal qilayotgan bozor narxlari bo'yicha hisoblanadi.
39
Agar xodimdan undirilishi lozim bo'lgan yetkazilgan zarar summasi uning
o'rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik
muddat o'tgan bo'lsa, yetkazilgan zararning undirilishi sud orqali amalga
oshiriladi.
Ish beruvchining tovar-moddiy zaxiralari o'g'irlanganda, kam chiqqanda,
qasddan yo'qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda
yetkazilgan zarar qiymati bozor bahosi bo'yicha hisoblanadi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiraning bozor
bahosini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish numkin:
1.
ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy
dillerlaridan, tovar xom-ashyo, ko'chmas mulk birjalaridan yozma shaklda
olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
2.
Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi
va tegishli tovar-moddiy zaxirani sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati
shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffisientini qo'llagan holda sotib olish
sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganda) tovar-moddiy
zaxiralarning erkin konvertasiyalanadigan valyuta (EKV)dagi qiymati
to'g'risidagi ma'lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo'lgan narxlar darajasi to'g'risidagi
ma'lumotlar;
g) inventarizasiya o'tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va
maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan narx darajalari to'g'risidagi ma'lumotlar; d)
tegishli mol-mulkning qiymati to'g'risida baholovchining ekspert xulosasi.
40
Inventarizatsiya qilish natijasida tovar-moddiy zaxiralar bo'yicha
hujjatlardagi ma'lumotlar va haqiqiy qoldiqlar orasida farq solishtiruv
qaydnomasida rasmiylashtiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tasdiqlangan me'yorlar doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko'rsatmasi
bo'yicha tegishli xarajatlarga o'tkaziladi. Suiiste'mol qilishlar oqibatida yo'l
qo'yilgan kamomad va yo'qotishlar aniqlangan taqdirda tegishli hujjatlar
kamomad aniqlangandan so'ng 5 kun ichida tergov organlariga oshirilishi lozim,
aniqlangan kamomad summasiga esa fuqarolik da'vosi qo'zg'atiladi.
Aybdorlari aniqlanmagan o'g'irliklar bo'yicha ko'rilgan zararlar foyda solig'i
bo'yicha soliqqa tortiladigan bazaga "Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizom" ning
1 - ilovasiga binoan kiritiladi.
Biz tadkikot olib borgan «Surxon-Dori-Darmon» MCHJda ham rejali va
rejadan tashkari inventarizatsiyalar utkaziladi. Jumladan, MCHJ raxbarining
2014 yil 11 dekabrdagi 73-T sonli buyrugi asosida MCHJga karashli 98-son
dorixona 2014 yilning 12 dukabr kuni inventarizatsiyadan utkazilgan. Buyrukka
asosan inventarizatsiya komissiyasiga kuyidagilar kiritilgan: raisi - MCHJ ichki
nazorat bulimi boshligi J.Turayev, 7-son dorixona hisobchisi D.Xidirova va 98-
son dorixona mudiri Sh.Nurboboyev.
Inventarizatsiya inventarizatsiya ruyxati asosida utkazilgan (ilovaga
karang). Inventarizatsiya ruyxatida inventarizatsiya utkazilgan joy, sana,
moddiy javobgar shaxs bulmish – 98-son dorixona mudiri Sh.Nurboboyevning
barcha kirim va chikim hujjatlarini buxgalteriyaga topshirganligi hamda
inventarizatsiya natijasini tasdiklovchi tilxati, inventarizatsiyaning boshlanish va
tugash vakti, inventarizatsiya moboynida aniklangan tovar birliklari soni va
41
summasi, shuningdek, inventarizatsiya kilingan tovarlar birma – bir aks
ettirilgan.
Jami 608 xil turdagi dori vositalari inventarizatsiyadan utkazilgan va jami
13 687 sumlik kamomad aniklangan. Aniklangan kamomad uchun moddiy
javobgar shaxsdan tushuntirish xati olingan. Tushuntirish xatida kamomad
dorixona mudirining uzi tomonidan kasalligi uchun ishlatilganligi va uning urnini
koplashini taxkidlab utgan (ilovaga karang).
Utkazilgan inventarizatsiya natijasi buyicha takksolama dalolatnoma
tuzilgan (ilovaga karang).
Aniklangan kamomadga MCHJ buxgalteriyasida kuyidagicha buxgalteriya
yozuvi berilgan:
Dt Kt Summa
4730 2920 13 687,0
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-
moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o'xshash tovar- moddiy
zaxiralarining bozor qiymati bo'yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va
aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha
aks ettiriladi:
debet ''Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar'' (1000-2900);
kredit 9390 "Boshqa operasion daromadlar" schyoti.
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning
undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet ''Pul
42
mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar'' (5000, 5200, 5600,5700) yoki ''Mehnat
haqi bo'yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar'' (6700), yoki
boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar; kredit 4730 "Moddiy zararni
qoplash bo'yicha xodimlarning qarzi" schyoti «Korxona buxgalteriyasida tovar-
moddiy zaxiralarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar:
manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga
to'g'ri kelish-kelmasligi tekshiriladi».
Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to'lov hujjatlari, schyot-fakturalar,
yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto'g'ri rasmiylashtirilgan
hujjatlar qayta ko'rib chiqish uchun qaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan o'tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya'ni
material miqdori uning narxiga ko'paytirilib, hujjat bo'yicha umumiy summa
aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama
hisobvaraqlar bo'yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi
bo'yicha kichik guruhlarga bo'linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi
materiallarning jamlama hisobi jamg'aruv qaydnomasiga yozib qo'yiladi.
43
44
XULOSA
Tovar-moddiy zaxiralarining xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda oborot
mablag'lari guruhida hisobga olib boriladi. Bularning aksi buxgalteriya balansi
aktiv tomonida yuritiladi.
Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy aylanishining birinchi
bosqichidagi moddiy aktivlar, ya'ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan
va o'zlarining natural-moddiy shaklini to'liq, saqlab turgan ishlab chiqarish
zaxiralari; asosiy podaga o'tkazish yoki sotish maqsadida o'stirilayotgan va
boquvdagi chorva mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar;
sotish uchun mo'ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim
tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat.
«Inventarizatsiya»
so‘zi qayta hisobdan o‘tkazishni bildiradi. Korxonaning
mulkining haqiqiy holati ularni qayta sanoqdan o‘tkazish, o‘lchash, tortish,
sanash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu muolajalar birgalikda
inventarizatsiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining zarurati va ahamiyati u
tomonidan bajariladigan quyidagi funksiyalarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, hisob ma’lumotlarida ko‘rsatilgan tovar-moddiy zaxiralarning
real borligini aniqlash va unga iqror bo‘lish.
Ikkinchidan, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha javobgar shaxslarning o‘z
funksional majburiyatlarini qay darajada sidqidildan to‘liq bajarayotganliklariga
baho berish.
Uchinchidan, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob ma’lumotlari va
ularning haqiqatda mavjudligining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.
45
Biz tadqiqot olib borgan «Surxon-Dori-Darmon» MCHJning asosiy faoliyati
dori-darmonlar savdosi hisoblanadi. Shunga mos ravishda MCHJ tovar-moddiy
zaxiralari ham asosan tovarlardan iborat.
«Surxon-Dori-Darmon» MCHJda tovarlar asosan chakana savdoda, ya’ni
dorixonalarda saklanadi va ularga moddiy javobgar shaxslar bulib aloxida
dorixona mudirlari hisoblanadi. Dorixona mudirlari har oyning oxirgi kuniga
uzlarining javobgarligidagi dori-darmonlarning koldigi va harakati to'g'risida
hisobot topshiradilar.
«Surxon-Dori-Darmon» MCHJda ham rejali va rejadan tashkari
inventarizatsiyalar utkaziladi. Jumladan, MCHJ raxbarining 2014 yil 11
dekabrdagi 73-T sonli buyrugi asosida MCHJga karashli 98-son dorixona 2014
yilning 12 dukabr kuni inventarizatsiyadan utkazilgan. Buyrukka asosan
inventarizatsiya komissiyasiga kuyidagilar kiritilgan: raisi - MCHJ ichki nazorat
bulimi boshligi J.Turayev, 7-son dorixona hisobchisi D.Xidirova va 98-son
dorixona mudiri Sh.Nurboboyev.
Inventarizatsiya inventarizatsiya ruyxati asosida utkazilgan (ilovaga
karang). Inventarizatsiya ruyxatida inventarizatsiya utkazilgan joy, sana,
moddiy javobgar shaxs bulmish – 98-son dorixona mudiri Sh.Nurboboyevning
barcha kirim va chikim hujjatlarini buxgalteriyaga topshirganligi hamda
inventarizatsiya natijasini tasdiklovchi tilxati, inventarizatsiyaning boshlanish va
tugash vakti, inventarizatsiya moboynida aniklangan tovar birliklari soni va
summasi, shuningdek, inventarizatsiya kilingan tovarlar birma – bir aks
ettirilgan.
Jami 608 xil turdagi dori vositalari inventarizatsiyadan utkazilgan va jami
13 687 sumlik kamomad aniklangan. Aniklangan kamomad uchun moddiy
javobgar shaxsdan tushuntirish xati olingan. Tushuntirish xatida kamomad
46
dorixona mudirining uzi tomonidan kasalligi uchun ishlatilganligi va uning urnini
koplashini taxkidlab utgan.
|