Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past
bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi. Talabalarning o‘quv
fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli
topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda
baholanadi.
Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=
100
*
'
O
V
bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); O‘ -
fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55
foizi
saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan
talaba yakuniy
nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON turlari bo‘yicha 55bal va undan yuqori balni to‘plagan
talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy
nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir
nazorat
turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan
reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAN semestrning oxirgi 2 haftasi
mobaynida o‘tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan
va uzrli sabablarga
ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi
shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar
uchun esa yakuniy
nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat
turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq
va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam
bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon
qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat
etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra
rektor
buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi
tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida
xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi
hamda rasmiylashtirilishi
fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy
boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: