O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə126/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Iqlimi va suvlari 
Tinch okean shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab katta masofaga 
cho‘zilganligi tufayli iqlim sharoiti xilma-xil. Uning bepoyon akvatoriyasida
qutbiy mintaqalardan boshqa barcha iqlim mintaqalari mavjud. Okean iqlimining 
harakterli xususiyati shundan iboratki uning akvatoriyasini katta bo‘lishiga
qaramasdan suvning yuza qatlamida o‘rtacha harorat Atlantika, Hind okeanlari 
suvining o‘rtacha haroratidan 20 yuqori bo‘lib, 19,4°S ni tashkil etadi
Tinch okean sovuq Shimoliy Muz okeanidan quruqliklar va suv osti tog‘ 
tizmalari bilan tusilgan. Ularni eng tor joyi 35 km keladigan Bering bo‘g‘ozi
tutashtirib turadi. Natijada sovuq haroratli Shimoliy Muz okean suvi Tinch 
okeanga o‘tolmaydi. Shu sababli okeanning shimoliy qismida harorat janubiy
qismiga qaraganda yukrrirok. Suv yuza qatlamining o‘rtacha harorati avgustda 
ekvator atrofida +26°+28°S, Bering bo‘g‘ozida +6°+8°S, Antarktida sohillarida
25°S. Fevralda esa ekvator kengligida +26° +27°S, Bering bo‘g‘ozida -20°S, 
Antarktida qirg‘oqdarida -10°S. Suv yuza qatlamining o‘rtacha harorati okeanning
g‘arbiy qismi bilan sharqiy qismi o‘rtasida ham katta farq bor. Okeanning tropik va 
subtropik kengliklarida suvning harorati g‘arbiga nisbatan sharqida 4-8° S past.
Shimoliy o‘rtacha kengliklarda esa aksincha, sharqida g‘arbiga nisbatan 8-12° S 
yuqori.
Okean akvatoriyasida atmosfera yog‘inlari bir tekisda taqsimlanmagan. 
O‘rtacha yillik yog‘in miqdori ekvatorial mintaqada 3000 mm dan oshadi.
Mo‘’tadil kengliklarda yog‘in miqdori g‘arbda 1000 mm dan sharqda 2000-3000 
mm gacha ko‘payadi. Atmosfera yog‘inlari subtropik kengliklarda juda ham kam
yog‘adi, ayniqsa bunday ko‘rsatkich okeanning sharqiy qismida 100-200 mm dan 
oshmaydi. Hatto Shimoliy yarimsharda Kaliforniyaga yaqin suv yuzasiga va
Janubiy yarimsharda Peru va Chili botiqlari akvatoriyasiga tushadigan yog‘in 


miqdori 50 mm ga ham yetmaydi. Umuman Tinch okeanida yog‘in miqdori


suvning parlanish miqdoriga nisbatan biroz ko‘proq shu sababli yuza qatlamdagi 
suvlarning sho‘rligi boshqa okeanlardagidan o‘rtacha 1,5-2,0%0 pastroq.
Tinch okeanining markaziy kismlarida asosan passat shamollari esadi. 
G‘arbiy qismida esa musson shamollari xukumron. Yozda musson shamollari
Yevrosiyoning okeanga tutash kismlariga va orollarga sernam okean havosini olib 
keladi, iqlimni mayinlashtiradi. Qishda aksincha, sovuq va quruq musson
shamollari okeanga esib, uning iklimiga ta’sir ko‘rsatadi, oqibatda dengizlarning 
ayrim qismlari muzlaydi.
Okeanga "Tinch" degan nom F.Magellan davrida qo‘yilgan. Bu sayyoh 
okeanni ekvatorga yaqin qismidan juda qulay ob-havo sharoitida birorta ham
dovulga duch kelmay kesib o‘tgan. Vaholanki okean qadimgi sayyohlar aytganidek 
tinch emas. Okeanning g‘arbiy qismidaga tropik kengliklarda falokat keltiruvchi
kuchli shamollar-tayfunlar (xitoycha tayfun-katta shamol) tez-tez bo‘lib turadi. 
Tayfunning tezliga soatiga 30-40, ba’zan 100 km gacha boradi va katta to‘lqinlarni
yuzaga keltiradi. U Yevrosiyoning sharqiy qirg‘oqlariga yetib borib, shahar va 
kishloqlarga, aholiga, ekinzorlarga ko‘pdan-ko‘p talofat yetkazadi.
Mu’tadil mintaqalarda yilning barcha sovuq paytlarda dovul turadi, g‘arbiy 
shamollar ko‘p esadi. Eng kuchli tulqinlar okeanning shimoliy va janubida kayd
kilingan. Dovul paytida balandligi 20-25 m va uzunligi 300 m ga yetadigan dengiz 
to‘lqinlari hosil bo‘ladi.
Tinch okean suvining o‘rtacha sho‘rligi boshqa okeanlar suvining o‘rtacha 
sho‘rligidan ancha past bo‘lib, 34,6‰ ni tashkil etadi. Suvning sho‘rligini past
bo‘lishiga sabab, birinchidan yog‘ingarchilik miqdorini parlanishga nisbatan ko‘p 
bo‘lishi va ikkinchidan, har yili okeanga materik daryolaridan 30 ming km3
chuchuk suvning kelib qo‘shilishidir. Ana shu omillarning ta’sir doirasiga bog‘liq 
holda okean suvining maksimal sho‘rligi 36,5 ‰ dan, minimal sho‘rligi 30 ‰
gacha o‘zgarib turadi. 
Okeanda suv sathining ko‘tarilishi har yarim sutkada takrorlanib turadi. Suv
sathining maksimal darajadagi ko‘tarilishi Oxota dengizining Penjina qo‘ltig‘ida 
12,9 m ga yetgan. Qolgan joylarda o‘rtacha 1,0 - 2,5 m gacha kutariladi. Suvning
rangi hamma yerda bir xil emas. Tropik va subtropik kengliklarda ko‘k, o‘rtacha 
kengliklarda to‘q havo rang va qirg‘oq yaqinlarida yashilroq bo‘ladi. Okeanning
shimolida iqlim sovuq bo‘lganligi tufayli qishda Bering, Oxota va qisman Yapon 
dengizlarida muz qoplami hosil bo‘ladi. Janubda Antarktida sohillarida muz va
aysberglar kengroq akvatoriyani egallaydi. Antarktida suvlarida aysberglar shimol 
tomonga, to 45° j.k. gacha suzib boradi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin