O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Davlat dasturining keyingi bo‘limi ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə17/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Davlat dasturining keyingi bo‘limi ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Hududlar kesimida "iste’mol savatchasi"ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mo‘ljallanmoqda.
Tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. Sog‘liqni saqlash sohasiga "aqlli tibbiyot" tizimi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.
Aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirilgan.
Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2018 yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 5 trillion 286 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish uchun chekka hududlarda 2000 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortish, internet tezligini 2,5 barobar oshirish va 4 mingdan ziyod mobil aloqa tayanch stansiyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Davlat dasturining beshinchi yo‘nalishi – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, vazmin, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish.Xususan, xorijda yashayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamkorlik qilish bo‘yicha davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bunday fuqarolarni sog‘lom muhitga qaytarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Diniy ma’rifat tizimi qayta ko‘rib chiqilib, bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ta’sirchanligi kuchaytiriladi.
Muxtasar aytganda, Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga 11,2 trillion so‘m va 1,3 milliard AQSH dollari yo‘naltiriladi.
Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi farovonligini amalda yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin