O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Innovatsion marketing jarayonining tizimli xususiyatlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə52/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Innovatsion marketing jarayonining tizimli xususiyatlari
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bozorga yangilikni kirish strategiyasi va taktikasi marketing tadbirlarining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. U o‘zida yangi mahsulotlarni bozorlarda joylashtirish va sotish yo‘llarini shakllantirishga asoslangan yangilikning raqobatbardosh strategiyasini o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, innovatsion marketing – korxonaning ishlab chiqarishni takomillashtirish va bozor sharoitiga ta’sir ko‘rsatishga asoslangan faoliyatidir. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsiya hayotiy davrining har bir bosqichi turli marketing usullarini va yondashuvlarini, turli strategiya va taktikani talab qiladi. Innovatsion marketing tadbirlari tizimi faqatgina ishlab chiqarishni yangilash bilan emas, balki kapitalni jamlanishi va oqimi dinamikasi bilan uzviy bog‘langan. Innovatsion marketing raqobatchilariga nisbatan ko‘proq foyda olishni istagan korxonalar uchun muhim bo‘lib, innovatsiyalarga va yangiliklarga asoslangan ustun raqobat strategiyasini shakllantiradi. SHuningdek, innovatsion marketing faqatgina bozordagi yangi mahsulotni yoki mavjud mahsulotni realizatsiya qilish emas, balki yangi texnologiyalardan: yangi mahsulot yoki texnologik jarayon bo‘yicha ixtiro va nou-xaular uchun litsenziyalarni sotish hamda uni tayyorlash uchun uskunalarni takomilashtirishni nazarda tutadi.
19-MAVZU. ILMIY KASHFIYOTLAR, IXTIROLAR VA LITSENZIYALASH
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va mazkur qonunga 30.07.2008 da o‘zgartirish kiritilgan. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasidagi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa hujjatlardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi sanoat mulki obektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
– ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
– tashkil etish va boshqarish usullari;
– shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
– aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
– elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
– binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
– estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid echimlar;
– integral mikrosxemalarning topologiyalari;
– o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
– jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin