O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə50/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Maqsadli segmentlarni tanlash. Segmentlash tahlil qilib bo‘lingach, keyingi
vazifa, bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini tanlashdan iboratdir. Bu esa, o‘z
navbatida, firmaning tovar siyosatini belgilab beradi.
Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar
ishlatilishi mumkin:
1. Differensiyalanmagan marketing strategiyasi.
2. Differensiyalangan marketing strategiyasi.
3. Konsentrlangan marketing.
Firma «differensiallanmagan marketing» strategiyasini tanlar ekan,
segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor segmentlari
o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun deb qaraydi. U ko‘proq
xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga emas, balki ular o‘rtasidagi umumiy
tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi. Ushbu standartlashtirish strategiyaning ahamiyati
ishlab chiqarish xarajatlari hamda zahiralar, savdo va reklama xarajatlarni tejashdan
iboratdir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya qilish tobora
qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka barchaning ehtiyojini
qondirishiga erishish juda kamdan-kam hollarda yuz beradi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bozor munosabatlarining tiklanish va shakllanish
davrida tadbirkorlik tuzilishida ko‘plab korxonalar differensiyalanmagan marketing




71

strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya firmani xaridorlarni xarid jarayoni va
tovarga bo‘lgan munosabat hamda motivasiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki
xaridor ehtiyojlarida qiziqish umumiyligiga mo‘ljalni oladi.
Differensiallangan” marketing strategiyasiga ko‘ra, firma bozorni to‘liq
qamrab olish strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu safar bozor har bir segmentga
moslashtirilgan dasturlar yordamida qamrab olinadi. AQSHdagi «Djeneral Motors»
firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad va shaxs»ga
mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi. Rossiya bozorlarida IBM
firmasi differensiallangan marketing strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu
strategiyaga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan
mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z individual narx, savdo va
kommunikasiya strategiyalariga ega bo‘lgan bir necha segmentlarda ishlashga imkon
beradi. Bunda firma har bir segmentda katta bozor ulushini egallab olishni
mo‘ljallashi mumkin. Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni
qamrab olishni ko‘zda tutavermaydi.
Konsentrlangan” yoki fokuslangan marketing strategiyasiga ko‘ra, firma
o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratadi.
Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki
iste’molchilarning biror bir guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Moskvadagi
«Diasoft» firmasi o‘z faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar
bilan ta’minlashga yo‘naltirgan.
Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchchalasidan birortasini tanlab
olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni va firmaning
resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan bo‘lsa, fokuslangan
marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan yagona strategiya bo‘ladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin