O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Gipersegmentlash va kontrsegmentlash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə51/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Gipersegmentlash va kontrsegmentlash. Segmentlash siyosatining ikki jihati
bo‘lishi mumkin. «Gipersegmentlash» strategiyasi tovarlarning shaxsiy buyurtmalar
bo‘yicha ishlab chiqilishiga, turli xil variantlarning taklif qilinishiga, asosiy
funksiyaga qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha narx evaziga har xil ikkinchi darajali
funksiyalarning bajarilishiga olib keladi. «Kontrsegmentlash» strategiyasi esa,




72

aksincha, tovarlarni hech qanday «bezaklarsiz» taklif qilishga qaratilgan bo‘lib,
bunda arzon narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi.
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segmentlarga ajratish
strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu strategiyalar esa markalar sonining ko‘payishiga
olib kelar, natijada ishlab chiqarish va savdo xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib
ketar edi.
YUqorida aytib o‘tilganidek, iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning
turbulentligi tufayli yuz bergan o‘zgarishlar iste’molchilarni «narx/ qoniqish» 
nisbatiga ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar tovarning
narxlari bilan uning tavsifnomalarini solishtirib ko‘rishga yaxshiroq tayyorlanganlar,
ularning tovarning narxi maxsus talablarga kamroq darajada moslashtirilganligi
tufayli arzonlashtirilgan deb qabul qilishga ko‘proq moyildir. Ko‘pgina g‘arb
mamlakatlarida
“markasiz” tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu
evolyusiyani yana bir bor tasdiqlaydi.
Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va avvalo ommaviy iste’mol tovarlari
sektorida tovarlarni ataylab soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni
cheklangan funksiyalarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar
standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq
daromad keltirmoqda. SHunday qilib, «kontrsegmentlash» - «narx/qoniqish»
mezoniga asoslangan segmentlashdir.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin