O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev iqtisodiyot nazariyasi


Iste'molchilik sarflaridagi o'zgarishlar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə146/268
tarix01.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#50513
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268
Iqtisodiyot nazariyasi-fayllar.org

1. Iste'molchilik sarflaridagi o'zgarishlar. Narx darajasining o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta'sirida iste'molchilar xaridi hajmida o'zgarish ro'y berishi mumkin. Bu iste'molchi farovonligi, iste'molchining kutishi, iste'molchining qarzlari va soliqlarning o'zgarishi natijasi hisoblanadi.

Iste'molchining farovonligi iste'molchi ega bo'lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko'chmas mulklarga egaligiga bog'liq bo'ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi. Iste'molchilik sarflarinilg qisqarshii natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy qimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilik sarflari o'sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o'zgarmay qolganda iste'molchi farovonligining o'sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasida o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda iste'molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin