Fan bo’yicha bilimga, ko’nikma va malakaga erishlishga qo’yiladigan talablar.
Sitologiya va genetika fanini o’zlashtirishda amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Hujayra tiriklikning elementar birligi ekanligi, prokariot va eukariot organizmlar, eukariot hujayraning vakuolyar tizimi, membranali va membranaga ega bo’lmagan organoidlar, hujayra yadrosi va uning murakkab tuzilishi, yadrocha, xromatin va uning faoliyati, hujayraning qayta tiklanishi, endomitoz, nekroz va apoptoz, plastidalar, hujayraning tayanch-harakatlantiruchi tizimi, xromosomalar, hujayra bo’linishi-amitoz, mitoz va meyoz va bularning biologik va genetik ahamiyati, hujayra patologiyasi, organizmlarda belgi va xususiyatlarning kelgusi avlodlarga berilish va rivojlanish qonuniyatlarini, irsiyatning tirik organizmning o’z belgi, xossa va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o’tkazish, yani nasldan-naslga berish xossasi ekanligi, irsiyat tufayli organizmlar avlodlarining turg’unligi ta’min etilishi, shu bilan birga irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ta’minlashi, ularning o’zaro o’xshashlik va warindoshlik darajasiga qarab tur, turkum (avlod), oila kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishning asosida orsiyat yotishi, genetik tahlil usullari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Talaba sitologik preparatlar tauorlay olish haqida ilmiy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalarga, genetic tajribalarni o’tqazish, tadqiqot ishlarida olingan natijalarni matematik qayta tahlil qilish usullarga ega bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |