Vegetativ funktsiyalarni boshqaradigan spinal (orqa miyadagi) markazlar. Orqa miyaning so’nggi bo’yin segmenti va yuqoridagi ikkita ko’krak segmenti ro’parasida yotgan neyronlar ko’zning uchta silliq muskuliga: qorachiqni kengaytiradigan muskul, ko’z doira muskulining ko’z kosasiga tegishli qismi va yuqori qovoq muskullaridan birini innervatsiyalaydi. Orqa miyaning shu muskullarga nerv beradigan qismi Budge markazi deb ataldi. Orqa miyaning shu qismidan boshlangan nerv tolalari simpatik nerv tarkibida bo’yinning yuqoridagi simpatik tuguniga boradi, ikkinchi neyron shu yerdan boshlanib, ko’z muskullarida tugaydi. Ana shu tolalar ta’sirlanganda qorachiq kengayadi (midriaz), ko’z yorig’i ochiladi va ko’z soqqasi chaqchayadi (ekzoftalm). Orqa miyaning yuqorida aytilgan segmentlari zararlanganda yoki simpatik nervlar qirqib qo’yilganda Gorner simptomi kelib chiqadi: qorachiq torayadi (mioz), ko’z yorig’i torayadi va ko’z soqqasi ichichiga tushib ketadi (enoftalm). Orqa miyaning yuqoridagi beshta ko’krak segmentida joylashgan simpatik neyronlar yurakni va bronxlarni innervatsiyalaydi. Bu neyronlardan keladigan impulslar yurak urishini tezlatadi va kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi.
Orqa miyaning barcha ko’krak segmentlarida va yuqoridagi bel segmentlarida simpatik nerv sistemasining tomirlarga va ter bezlariga innervatsiya (tolalar) beradigan neyronlari bor. Ayrim segmentlar zararlansa, simpatik nervlardan mahrum bo’lgan gavda qismlarida tomirlar tonusi yo’qoladi va turli ta’sirotlarga javoban tomir reaktsiyalari ro’y bermaydi, ter chiqmay qo’yadi.
Siydik chiqarish, defekatsiya, erektsiya (jinsiy olatning bo’rtishi) va eyakulyatsiya (urug’ otish) reflekslarining spinal markazlari orqa miyaning dumg’aza bo’limida joylashgan. Hozirgina aytilgan markazlar yemirilganda jinsiy zaiflik kelib chiqadi, siydik va axlatni to’xtatib bo’lmaydi. Qovuq va to’g’ri ichak sfinkterlari falaj bo’lishi natijasida siydik chiqarish va defekatsiya buziladi.
Vegetativ funktsiyalarni boshqaradigan bulbar va mezentsefal markazlar. Sayyor nerv, tilhalqum nervi, yuz nervi va ko’zni .harakatlantiruvchi nerv tarkibida o’tuvchi parasimpatik tolalardan innervatsiyalangan organlar faoliyatini boshqaruvchi markazlar o’rta miya bilan uzunchoq miyada. Nerv sistemasining bu bo’limlarida retseptor, kiritma va effektor neyronlarning gruppalari bor. Bular ko’pgina vegetativ reflekslarning dugalarini hosil qiladi.
Yurak urishini susaytiradigan, ko’zdan yosh oqizadigan, so’lak, me’da va me’da osti bezi sekretsiyasini qo’zg’aydigan, o’t pufagi va o’t yo’lidan o’t chiqartiradigan, me’da va ingichka ichak qisqarishlariga sabab bo’ladigan nerv markazlari uzunchoq miyada. Orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida joylashib, periferiyaga tomir toraytiruvchi impulslarni yuboradigan simpatik nerv sistemasi neyronlarining faoliyatini uyg’unlashtiruvchi va integrallovchi vazomotor (tomir harakatlantiruvchi) markaz uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasida.
Uzunchoq miyadagi tomir harakatlantiruvchi markazning va sayyor. nerv yadrosining yurak faoliyatini susaytiruvchi neyronlari doimo. tonus holatida bo’ladi, natijada arteriyalar va arteriolalar hamisha birmuncha torayib, yurak urishi esa birmuncha sekinlashib turadi, bu — tomir harakatlantiruvchi markazning va sayyor nerv, yadrosi neyronlarining xarakterli xususiyatidir:
Sayyor nerv yadrosining neyronlari ishtirokida yurakka talluqli har xil reflekslar, jumladan, Golts refleksi, ko’zyurak refleksi (Ashner refleksi), nafas olishyurak refleksi, sinokarotid va aortal refleksogen zonalarning retseptorlaridan boshlanuvchi reflekslar yuzaga chiqadi. Yurakning ko’pgina reflektor reaktsiyalari tomirlar tonusining o’zgarishi bilan bir vaqtda ro’y beradi. Buning sababi shuki, yurak faoliyatini boshqaruvchi neyronlar tomir, harakatlantiruvchi markazning neyronlariga bog’langan.
Tomir harakatlantiruvchi markazda pressor va depressor zonalar, bor. Pressor zonalar tomirlarni refleks yo’li bilan toraytirsa, depressor zonalar tomirlarni refleks yo’li bilan kengaytiradi. Tomirlarga innervatsiya beruvchi simpatik nerv sistemasining spinal neyronlariga impulslar tomir harakatlantiruvchi markazdan retikulospi. nal yo’llar orqali keladi. Tomir harakatlantiruvchi markazning tomir kengaytiruvchi reflekslari odatda regionar xarakterda, ya’ni gavdaning muayyan qismi bilan cheklangan bo’ladi; tomir toraytiruvchi reflekslar esa gavdaning kengroq qismlarini o’z ichiga oladi.
Yurak faoliyati va tomirlar tonusini boshqaruvchi markazlarga garchi miya katta yarim sharlarining po’stlog’i ta’sir etib tursa ham, ular nafas markazidan farq qilib, o’z ixtiyoricha qo’zg’ala olmaydi yoki tormozlana olmaydi.
Uzunchoq miyaning hazm organlari faoliyatini boshqaradigan reflektor markazlari so’lak bezlariga til halqum va yuz nervlari tarkibida boruvchi parasimpatik nerv tolalari orqali me’da, me’da osti bezi, ingichka ichak, o’t pufagi va o’t yo’llariga — sayyor nerv tarkibida boruvchi parasimpatik nerv tolalari orqali ta’sir ko’rsatadi. Reflektor impulslar yuz nervining shoxchasi orqali ko’z yoshi beziga boradi.
O’rta miyada — to’rt tepalikning oldingi do’mboqlarida qorachiq refleksining markazi bilan ko’z akkomodatsiyasi markazi bor.
Organizmning vegetativ funktsiyalarini boshqaruvchi markazlar. orqa miyada, uzunchoq miyada va o’rta miyada bo’lib, bu markazlar faoliyatini gipotalamusning yuksak vegetativ markazlari integrallaydi.