Qon guruhlari va rezus faktor.
Qon guruxlari. Qon kuyish muammosi qon guruhlari to’g’risidagi ta’limotni yaratishga sabab bo’ldi. 1901 yili K.Landsheyner odamlar eritrotsitlarida A va V aglyutinogenlari mavjud ekanligini, qon plazmasida esa α va β aglyutininlar (gammaglobulinlar) mavjudligi aniqlandi. K.Landshteyner va Ya.Yanskiy odam qonidagi aglyutinogen va aglyutininlarning mavjudligiga qarab 4 qon guruxi borligini belgiladilar. Bu AVO tizimi deb nomlandi. Qon guruxi rim raqami va eritrotsitlardagi aglyutinogenlar bilan belgilandi. Guruh antigenlari qonning tug’ma, irsiy berilgan, butun umr davomida o’zgarmaydigan xossasidir. Chaqaloq qonida aglyutininlar bo’lmaydi. Ular bolaning bir yoshgacha bo’lgan hayoti davrida ovqat tarkibida tushgan va ichak mikroflorasida ishlab chiqarilgan moddalar ta’sirida, organizmda yo’q aglyutinogenlarga qarshi hosil bo’ladi.
I-guruh (O)-eritrotsitlarda aglyutinogen yo’q, plazmada α-va β-aglyutininlar bor;
II-guruh (A)-eritrotsitlarida A aglyutinogen, plazmasida β -aglyutinin bor;
III-guruh (V)-eritrotsitlarda V aglyutinogen, plazmada α -aglyutinin bor;
IV-guruh (AV)-eritrotsitlarda AV aglyutinogenlar bor, plazmada aglyutininlar yo’q.
Agar odam qonida bir nomli aglyutinogen va aglyutininlar: aglyutinogen A aglyutinin α bilan va aglyutinogen V aglyutinin β bilan uchrashsa, aglyutinatsiya hodisasi sodir bo’ladi, bunda eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi. Aglyutininlar tabiiy antitelalar bo’lib, ikkita bog’lanish markaziga ega va ikkita eritrotsitlarning urtasida boglovchi kuprik vazifasini o’tashi mumkin. Natijada eritrotsitlar bir-biri bilan birikib konglomerat (aglyutinat) ni hosil qiladi.
Plazmada aglyutininlardan tashqari gemolizinlar ham mavjud, ular ham α va β harflari bilan belgilanadi. Gemolizinlar bir nomli aglyutinogenlar bilan uchrashganda eritrotsitlarni gemolizga uchratadi. Gemolizinlar harorat 370-400 bo’lganida ta’sir qiladi.
Mos kelmagan qon quyilganda eritrotsitlar aglyutinatsiyasi, so’ngra ularning gemolizi sodir bo’lishi natijasida gemotransfuzion karaxt holati kelib chiqishi va hattoki o’limga olib kelishi mumkin.
Qon guruhlarining serologik tarkibi.
qon guruhi
|
eritrotsitlar
|
plazma, yoki zardob
|
aglyutinogenlar
|
aglyutininlar va gemolizinlar
|
antiaglyutininlar
|
I (0)
II (A)
III (B)
IV (AB)
|
0
A
B
AB
|
α β
β
α
|
0
A
B
AB
|
II, III, IV qon guruhiga ega odam plazmasida eritrotsit va to’qimalardan ajralib chiqqan antiaglyutininlar mavjud, ular aglyutinogenlar kabi A va V harflari bilan belgilanadi.
Har xil qon guruhlarining mos kelishi.
zardob guruhi
|
Eritrotsit guruhi
|
I(0)
|
II (A)
|
III (B)
|
IV (AB)
|
Iα β
IIβ
IIIα
IV-
|
-
-
-
-
|
+
-
+
-
|
+
+
-
-
|
+
+
+
-
|
ilova: «+»-aglyutinatsiyaning borligi.
«-»-aglyutinatsiya yo’qligi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, I-guruh zardobi II, III, IV guruh eritrotsitlari bilan, II guruh zardobi III, IV guruh eritrotsitlari bilan, III gurux zardobi – II, IV guruh eritrotsitlari bilan aralashganda aglyutinatsiya sodir bo’lar ekan.
Demak I-guruh barcha guruhdagi qonlar bilan mos kelar ekan, shuning uchun qoni I guruh bo’lgan odam universal donor deb ataladi. IV guruh qoni eritrotsitlari esa kuyilgan kon aglyutininlari bilan aglyutinatsiyaga uchramaydi, shuning uchun bunday qon guruxiga ega bo’lgan odam universal retsipient deb ataladi.
Qon quyilganda donor qoni tarkibidagi aglyutininlar va gemolizinlarni hisobga olmaslik sababi nimada? Bunga sabab oz miqdorda (200-300 ml) qon quyilganda donor qoni tarkibidagi aglyutinin va gemolizlar retsipient qonida (2500-2800 ml) suyulib ketadi va plazmadagi antiaglyutininlar bilan birikadi, eritrotsitlarni yopishtirib qo’yish uchun esa uning miqdori kamlik qiladi.
Inson ko’p qon yo’qotganda, unga faqat bir xil guruxdagi kon kuyilishi zarur, chunki donor qonidagi aglyutinin va gemolizinlar miqdori ko’p bo’lganda retsipient eritrotsitlarini aglyutinatsiya qilish uchun etarli bo’lib qolishi mumkin.
Ayrim paytda qon quyilishidan so’ngi asoratlar kelib chiqishiga qon guruhining noto’g’ri aniqlanganlgiga sabab bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda A va B aglyutinogenlarning bir necha turlari bor ekanligi aniqlangan. (A1, A2, A3 va h.k., B1, B2, B3 va h.k.) Aglyutinogenning tartib raqami qancha ko’p bo’lsa uning antigenlik xossasi shuncha kam bo’ladi. Natijada qon guruxi aniqlanayotgan paytda xatolikka yo’l qo’yib mos kelmaydigan qonni quyib qo’yish mumkin. I-guruh qoni eritrotsitlar membranasida N antigen borligi aniklangan. II, III, IV guruhli odam qonida ham bu antigen yashirin determinat sifatida uchraydi. II va IV guruhiga ega bo’lgan odamlar qonida anti-N-antitela mavjud. Shuning uchun I-guruh qonini boshqa guruhdagi odamlarga quyilganda gemotransfuzion asoratlar kelib chiqishi tabiiy. Shuning uchun ham hozirgi paytda faqat bir xil guruhdagi qonlarni quyish tavsiya etiladi.
Rezus sistema. 1940 yili K.Landshteyner va A.Vinerlar tomonidan makaki-rezus maymuni qonida antigen aniqlangan, uni rezus faktor deb atashdi. Bu antigen oq irqli odamlarning 85% qonida uchraydi. Ayrim xalklarda, masalan: evenlar qonida 100% rezus-faktor uchraydi. Qonida rezus-faktor mavjud odamlar rezus- musbat, bu faktor yo’q odamlar rezus-manfiy deb nomlangan. Rezus-faktor 40 dan ortik antigenlardan tuzilgan murakkab tizimdir. Antigenlik xossasi eng yuqori bo’lgan D-tip (85%) antigen uchraydi. Bundan tashqari, rezus antigenning quyidagi tiplari: S, E, D, S, E mavjud, ularning antigenlik xossasi past. Avstraliyalik aborigenlar qonida rezus antigenning hech bir turi uchramaydi. Rezus tizimning AVO tizimidan farqi plazmada tug’ma antirezus aglyutininning bo’lmasligidir. Agar rezus musbat donor koni rezus manfiy retsipientga quyilsa, retsipient qonida rezus faktorga qarshi-antirezus aglyutinin hosil bo’ladi. Rezus musbat qon rezus-manfiy odamga ikkinchi marotaba quyilsa eritrotsitlar aglyutinatsiyaga uchraydi, ya’ni rezus–kelishmovchiligi kelib chiqadi. Shuning uchun xam rezus manfiy qon rezus–manfiy odamga va rezus-musbat qon rezus musbat odamga quyilishi zarur. Rezus kelishmovchilik homiladorlikda ham kelib chiqishi mumkin. Agar ayol rezus manfiy qonga ega bo’lsa, homila qoni rezus-musbat bo’lsa, homila qonidan rezus aglyutinogenlar ona qoniga o’tib unda antirezus aglyutinin ishlab chiqishini chapaydo kiladi. Homiladan eritrotsitlarning ko’p miqdorda ona qoniga tushishi tug’ruq paytida sodir bo’ladi. Shuning uchun xam birinchi homiladorlik yaxshi tugalannishi mumkin. Keyingi homiladorlikda esa ona qonidagi antirezus aglyutinin yo’ldosh to’sig’idan o’tib bola qoniga tushishi, uning to’qima va eritrotsitlarini emirishi mumkin. natijada homila halok bo’lishi yoki chaqaloq og’ir gemolitik anemiya bilan tug’ilishi mumkin.
Gematologlar eritrotsitlarda quyidagi antigen sistemalar mavjudligini e’tirof qiladilar: AVO, Rh, MNSs, P, Lyuteran (LU), Kell-Kellano (Kk), Lyuis (Le), Daffi (Fy), va Kid (Jk). Bulardan ABO va Rh tizimlar qon quyishda katta ahamiyatga ega.
Leykotsitlarda ham 90 dan ortiq antigenlar bor. Leykotsitlar transplanitsion immunitetda katta axamiyatga ega bo’lgan gistologik mos kelish antigenini saqlaydi.
Qon quyish immunologik murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham 25% dan ko’p qon yo’qotgandagina butun qonni quyish tavsiya qilinadi. Boshqa hollarda esa zaruratga qarab masalan: anemiyada–eritrotsitar massa, trombotsitopeniyada-trombotsitar massa, har xil yukumli kasalliklarda, septik holatda-granulotsitlar quyilishi maksadga muvofik.
Dostları ilə paylaş: |