Glikoproteid. Vitamin K ishtirokida jigarda sintezlanadi. XI a., VIIa, IIa faktorlari ta’sirida aktivlashadi. Etishmovchiligida gemofiliya B kasalligi kelib chiqadi.
X yoki Styuart Prauer factor
Glikoprotesid. K vitamini ta’sirida jigarda hosil bo’ladi. VIIa va IX a faktorlari bilan aktivlashadi. IIni II a faktorga aylantiradi.
XI yoki tromboplastining plazmadagi o’tmishdoshi.
Glikoproteid. Jigarda hosil bo’ladi deb taxmin qilinadi. XII a faktori, kallikreinning yuqori molekulali kininogen bilan birgalikdagi ta’sirida aktivlashadi.
XII yoki Xageman faktori
Oqsil. Endotelial hujayralarda, leykotsitlarda, makrofaglarda hosil bo’ladi degan taxmin bor. Manfiy zaryadli yuza, adrenalin, kalikreinlar ta’sirida aktivlashadi. Protrombinaza hosil bo’lish tashqi va ichki mexanizmlari jarayonlarini ishga tushiradi. XI faktor va prekallikreinni aktivlashtiradi.
XIII yoki fibrinstabillovchi faktor (FSF), fibrinaza
Globulin. Fibrinoblast va megakariotsitlarda sintezlanadi. Fibrinni stabil holga keltiradi.
Oqsil. XII faktorni, flazminogen va yuqori molekulali kininogennni aktivlashtiradi.
Fittsjerald faktori yuqori molekulali kininogen (YuMK)
To’qimalarda hosil bo’ladi. Kallikrein ta’sirida aktivlashadi, XII, XI faktorlarni va fibrinolizni aktivlaydi.
Plazma faktorlarining aktivlashuvi asosan proteoliz natijasida, peptid ingibitori ajralib ketishi hisobiga amalga oshadi. Faktorning aktivlashganligi uning raqamiga «a» quyish orqali belgilanadi (IIa, Va, VIIa faktor va x.k.). Plazma faktorlari 2 guruhga bo’qlinadi: K vitaminga bog’liq va Kvitamin ga bog’liq bo’lmagan.
Qon ivishi plazma faktorlarining ko’plari jigarda hosil bo’ladi. Ayrimlarining sintezlanishi uchun organizmga o’simlik oziqlari tarkibida tushadigan modda va ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadigan K vitamin zarur. (II, VII, IX, X)
Qon ivish faktorlarining etishmovchiligi yoki aktivligining pasayishi patalogik qon ketish holatlarini keltirib chikarishi mumkin. Bunday holatlar jigarning chuqur degenerativ kasalliklarida, K vitamini etishmasligida namoyon bo’ladi. K vitamin yog’da eruvchi vitamindir. Shuning uchun ham ichakda yog’ so’rilishi buzilganda, organizmda K vitamini etishmovchiligi kelib chiqishi mumkin. Antibiotiklar bilan ichak mikrofloralari o’ldirilganda esa vitamin K ning endogen etishmovchiligi paydo bo’ladi. Ayrim plazma faktorlarining irsiy etishmovchiligi kuzatiladi. Bunga gemofiliya kasalligi misol bo’lishi mumkin.
Trombotsitlar tarkibidagi qon ivishida ishtirok etuvchi moddalar trombotsitar yoki qon plastinkasi faktorlari deb ataladi.
Xuddi shunday moddalar eritrotsitlar, leykotsitlar tarkibida ham mavjudligi aniqlangan. Mos kelmagan qon quyilganda, ona va bola o’rtasida rezus kelishmovchilik bo’lganda ko’p eritrotsitlar parchalanadi va qon ivishi faktorlari plazmaga chiqarib yuboriladi, natijada tomirlarda qon ivib qolishi mumkin.
Antigenlar bilan stimulyatsiyalanganda monotsit va makrofaglar tromboplastin oksilining bir qismi-apoprotein III ni ishlab chikaradi. Shu hujayralar K vitaminga bog’lik bo’lgan II, VII, IX, va X faktorlarni ham ishlab chikaradi. Ko’pgina yukumli kasalliklarda ham tomirlarda qon ivib qolish hollari kuzatiladi, bunga sabab leykotsitar faktorlarni qonga chiqib ketishidir. Hozirgi paytda qon ketishini to’xtatishda ikkita mexanzim ishtirok etadi. Qon tomir trombotsitar gemostaz va kaogulyatsion gemostaz.