O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə7/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Membrana struktural mozaikasi.
Zamonaviy tasavvurlarga ko’ra, biologik membrana – barcha tirik xujayralarning tashqi qavatini hosil qiladi. Membrananing o’ziga xos belgisi, bu ularning doimo yopiq maydonni hosil qilib turishidir. Membrananing bunday mikroskopik tuzilishi muhim funktsiyalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
1. To’siq (barer) funktsiyasi–membrana bu mexanizm yordamida kontsentratsion gradientlarni yuzaga chiqaradi va o’z navbatida erkin diffuziyalanishga to’sqinlik qiladi. Bunday sharoitda membrana elektrogenez mexanizmlarida ishtirok etadi. Bularga tinchlik potentsialini hosil bo’lish mexanizmi, harakat potentsialining generatsiyasi, bioelektrik impulslarining bir xil va har xil tabiatli qo’zg’aluvchan tuzilmalarda tarqalish mexanizmlari kiradi.
2. Boshqarish funktsiyasi-bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, hujayra tashqarisidagi biologik faol moddalarning retseptsiyasi natijasida membranadagi fermentlar faolligining ortishi va ikkilamchi, mesenjerlari mexanizmining ishga tushirishi hisobiga hujayra ichi suyuqligi tarkibi va reaktsiyalarini boshqarib turadi.
3. Noelektrik tashqi stimullarning (retseptorlarda) elektrik signallarga aylanishi.
4. Neyromediatorlarning sinaptik oxirlariga ajralishi.
Zamonaviy elektron mikroskop yordamida aniqlanishicha hujayra membranasining qalinligi (6-12nm). Kimyoviy taxlillar shuni ko’rsatdiki, membrana asosan lipidlar va oqsillardan tuzilgan, ularning miqdori turli hujayralarda turlichadir. Hujayra membranasidagi molekulyar mexanizmlarni o’rganilishning qiyinligi shundaki, hujayra membranasi tozalab yoki ajratilib olinganida uning funktsiyasi buziladi.
Hozirgi vaqtda hujayra membranasining bir necha modellari mavjud bo’lib, bulardan eng ko’p tarqalgani suyuq-qurama modelidir. Bu modelga ko’ra, membrana, ikki qavat fosfolipid molekulalardan tashkil topgan molekulalarni gidrofob qismi ichkariga va gidrofil oxirlari esa suv fazasi tomon yo’nalgan bo’ladi. Bunday tizimning ikki fazaga bo’linishiga, ya’ni hujayra ichi va tashqarisiga juda mos keladi.
Fosfolipid qavatga globulyar oqsillar kirib turadi va chekka gidrofil qismlari suv fazasiga yo’nalgan bo’lib, bular integrativ oqsillar deyiladi va turli funktsiyalarni, jumladan retseptor, fermentativ, ion kanallarini hosil qilishda, molekula va ionlarning tashilishida ishtirok etadi. 1-jadval.
Muhim ion kanallari va qo’zg’aluvchan membranalarda ion oqimlari

Kanal tipi

Funktsiyasi

Tok

Kanal blokatori

Kaliyli (tinchlikda)

Tinchlik potentsialini hosil qiladi

Јk+ (okim)

TEA

Natriyli

Harakat potentsialini hosil qiladi

J Na

TTX

Kaltsiyli

Sekin potentsiallarni hosil qiladi.

J ca 2+

D-600, verapamil.

Kaliyli sekin (to’g’rilanuvchi)

Repolyarizatsiyani ta’minlaydi

Јk+ (ushlab qolinishi)

TEA

Kaltsiy faollashtiruvchi kaliyli

Ca2+ ionlari oqimi hisobiga
Repolyarizatsiyaning chegaralanganligi

Јk+Ca 2+

TEA

Izox: TEA-tetraetilammoniy; TTX-tetradotoksin.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin