Bu guruh kartoshka X-virusini, oq yo`ng`ichqa mozaikasi virusi va
boshqa viruslarni o`z ichiga oladi. Virionlarining uzunliklari 480-580 nm
bo`lib, oson bukuluvchan iplardan iborat. O`simliklariga mеxanik usulda
yuqadi. Kasal o`simliklarda mozaika hosil qiladi.
5. Karlaviruslar guruhi
Bu guruh viruslari S-virusi nomi bilan yuritilib, chinnigul latеnt virusi
(carlavirus; carnation latent virus), kartoshkaning M va S viruslari va yana
boshqa sakkizta viruslarni o`z ichiga oladi. Zarrachalari 650 nm