O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Termiz davlat universiteti
Ro’yxatga olindi
№ BD -_____________
2022 yil “___” __________
|
«Tasdiqlayman»
Termiz davlat universiteti
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
________________ R.To’rayev
2022 yil “___” __________
|
“MOLIYA” kafedrasi
MOLIYA
fanidan
SILLABUS
Bilim sohasi:
|
200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000 – Iqtisod
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5230100 – Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
|
Fanga oid ma’lumotlar
Fanning malakaviy kodi:
|
FFM 336
|
O‘quv yili:
|
2022/2023
|
Semestr:
|
6
|
Kafedra nomi:
|
Молия
|
Ajratilgan soatlar:
|
180 soat
|
Ajratilgan kreditlar soni:
|
6
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Professor-o‘qituvchi:
|
F.M. Ollokulova
|
E-mail / телефон:
|
|
Qabul soatlari:
|
Kafedrada tasdiqlangan reja-grafigi asosida
|
Soatlar taqsimoti
|
|
Semestr
|
|
Jami
|
VI
|
Umumiy o‘quv soati
|
180
|
180
|
Auditoriya soati
|
72
|
72
|
Ma’ruza
|
34
|
34
|
Amaliy
|
38
|
38
|
Mustaqil ta’lim
|
108
|
108
|
Termiz-2022
Fan sillabusi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi 418–sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi: F.M. Ollokulova – “Moliya” kafedrasi o’qituvchisi PhD – M.V.Imamova : – “Moliya” kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar: S.J.Gadoyev – “Moliya” kafedrasi mudiri, PhD.
O.T. Maxmudov – “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi
Fanning Sillabusi “Moliya” kafedrasining 2022 yil “__” avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: S.J.Gadoyev
Fanning Sillabusi Iqtisodiyot va turizm fakulteti Kengashidaning 2022 yil “__” avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokama yetilgan va universitet o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan.
Kengash raisi: A.E.Absamatov
Fanning Sillabusi Termiz davlat universiteti o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilinib, ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya yetilgan. 2022 yil “__” avgustdagi __-son yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
O’quv-metodik boshqarma boshlig’i: A.J.Ibragimov
Fan/modul kodi
FFM 336
|
O’quv yili
2022-2023
|
Semestr
6
|
ECTS - kreditlar
6
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’uloti
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Moliya
|
72
|
108
|
180
|
I. O’QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY
TA’LIMDAGI O’RNI
Ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish, ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimini amal qilish qonuniyatlarini o’rganish kabi masalalarni qamrab oladi. “Moliya» fani mamlakat moliya tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Moliya fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha iqtisodiy bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil qiluvchi pul, bank ishi, kredit, investitsiyalar, aktivlar, majburiyatlar, ob’ektlarni baholash, iqtisodiyotdagi pul munosabatlarini hamda moliyaviy instrumentlarni boshqarish, yaratish va o’rganishni tasvirlab beradi.
II. O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
«Moliya» fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, moliyaviy nazoratni tashkil asoslari, sug’urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo’yicha yo’nalishga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi:
Talaba:
– «Moliya» fanining predmeti, ob’ekti, usullari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi;
– O’zbekiston Respublikasining moliya organlari va ularning kadrlar siyosati;
– moliya tizimi faoliyatida axborot-kommunikatsion texnologiyalarning o’rni;
– moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yo’llari;
– moliyaning mohiyati va vazifalari;
– moliya tizimi;
– moliyaviy qarorlar;
– moliyaviy siyosat;
– uy xo’jaliklar moliyasi;
– moliya va kapitalning tarkibiy tuzilmasi;
– moliyaviy boshqaruv haqida tasavvurga ega bo’lishi;
– moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish;
– moliyaviy nazorat;
– moliyaviy risklar;
– kichik biznes moliyasi;
– startaplarni moliyalashtirish;
– moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari;
– xalqaro moliya munosabatlari;
– moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini bilishi va ulardan foydalana olishi;
– moliyachi kasbining zamonaviy ahamiyati;
– «Moliya» yo’nalishiga umumiy bakalavriat ta’lim tavsif;
– moliya sohasidagi xodimlariga qo’yiladigan kasbiy talablar
– O’zbekiston Respublikasining moliya organlari;
– sug’urta munosabatlari;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari;
– asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari;
– moliyaviy nazoratni tashkil etish asoslari;
– moliyaviy risklar nazariyasi;
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |