Fanning vazifalari - Boshlang’ich maktablarda "Mehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, Daviat ta’lim standartlari talabi bo’yicha amaliy bilim berish.
Fan boyicha talabalarning bilimiga, kunikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
- Mehnat va uni o’qitish metodikasi fanidan talabalar mehnat darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadini, o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan baho mezoni texnologiyasini, asosiy o’quv vositalari darslik, o’quv qullanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo’llash metodikasini, mehnat fanini o’qitishda qo’llaniladigan barcha metod va usullarni bilishi kerak.
- O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari, dars ishlanmasida o’quv jarayonini (o’quv materiali unga mos metod, vosita va o’qitish shaklini tanlab) rivojlantirish, dastur, darslik, metodik qo’llanma tavsiyalarini tahlil qilib qisqacha taqriz yoza olish, o’zlari qiziqqan yo’nalish, mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur (kurs va bitiruv ishi tarzida), turli jarayonlarni bajaruvchi turli xom-ashyolar bilan ishlovchi ishchilarning ish xususiyatlari haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Turli xom-ashyoga ishlov berishda asboblardan unumli foydalana olish, tayyorlanadigan (yasaladigan) buyumlar chizmasini shartli tasvirini o’qiy olish, yasaladigan buyumlar andozasi, chizmasini tuza olish, texnika xavsizligi qoidalarini bilish, mehnat tozaligi va madaniyatiga amal qilish malakalariga ega bo’lishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |