O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə59/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar:
Pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.
pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; yekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.

19-Mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari.
Reja:

  1. Texnologiya fanida, baholash turlari.

  2. Texnologiya fani darslari jarayonida o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezoni.

  3. Baholashni ob'ektivligi va differentsialligi.

  4. Texnologiya fani darslarida baho turlari (amaliy, nazariy).

  5. Baholashda hisobga olinadigan omillar.

  6. Reyting tizimi asosida baholash STEAM bo'yicha o’quvchilarni baholash.



Tayanch iboralar: Baholash. Bilim, ko’nikma va malakalar. Baholashni ob'ektivligi va differentsialligi. Baho turlari (amaliy, nazariy). Reyting tizimi. STEAM


Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o’quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?

  • o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;

  • keyingi bosqichga o’tishdan oldin avvalgi o’zlashtirish darajasinianiqlash uchun;

  • natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;

  • o’quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;

  • yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;

  • o’qituvchi o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;

  • yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun;

  • ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;

  • o’quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;

  • tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va
    ota-onalarga ma’lumot berish uchun.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin