O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Texnologiya va dizayn yo’nalishida



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə68/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Texnologiya va dizayn yo’nalishida: o’quvchilar turli materiallar (yog’och, metall, Qog’oz, shisha, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar.Metal va yog’ochlarning turmushda va xalq ho’jaligida
Servis xizmati yo’nalishida: o’quvchilar gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi materialshunoslik bo’limida gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berishni o’rganadilar.
Pazandachilik asoslari bo’limida respublikada etishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining turlari, navlari, sifatiga bo’lgan talablari, turli oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi ishlov berish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o’rni, xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va to’yimliligini, ovqatlanish meyori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddatlarini bilan tanishadilar
Pazandachilik asoslari. Qishloq xo’jaligi asoslari va boshqalar.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo’llash darslarida yangi pedagogik
Texnologiyalarni qo’llash. Pedagogik texnologiyalarning paydo bo’lishi XX asrning ikkinchi yarmida jamiyatda kechib o’tgan fan-texnika revolyusiyasi natijalari bi-lan bog’liq. Kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi 3 – 4 asri mobaynida bir qator buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlarga erishildi. Bu g’alabalar mikrokosmos (elektronika) va makrokosmos (koinot) ning o’zlashtirilishida o’zining yorqin ifodasini topdi. Fan-texnika revolyu-siyasining natijalari odamlar ongida o’zlikni, jamiyatni, atrof-muhit va olamni anglashda ulkan o’zgarishlar sodir etdi. Bu o’zgarishlar minglab yillar mobaynida inson turmush tarzining muhim qismlaridan biri bo’lib xizmat qilib kelayotgan ta’lim-tarbiya tizimi an’analariga nisbatan ham o’z munosabatlarimizni o’zgartirish lozimligini taqozo yetdi. Xususan:

  • fan-texnika taraqqiyotining beto’xtov rivojlanib borishi jarayo-nida axborotlar keskin ko’paydi, lekin ularni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun vaqt chegaralanganligicha qoldi;

  • an’anaviy ta’lim-tarbiya tizimining yozma va og’zaki so’zlargagi-na tayanib ish tutishi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisidek sha-rafli kasb egasi bo’lmish o’qituvchi faoliyatini «axborotli o’qitish» fa-oliyatining mexanizmiga aylantirib qo’ydi, o’qituvchi o’quv jarayonining tashkilotchisidan ko’ra ko’proq keragidan ziyod bilimlar manbaiga ayla-nishga majbur bo’lib qoldi;

  • kishilik jamiyati an’anaviy – nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan yangicha – foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’ta boshladi va h.k.

Shunday qilib, pedagogik texnologiyalar (bu yerda «texnologiya» so’zi yunoncha – «techne» – mahorat, san’at va «logos» – fan, ta’limot so’z-laridan tashkil topgan) jamiyatda va kishilar ongida sodir bo’lib o’tayotgan ana shunday o’zgarishlarni hisobga olgan holda an’anaviy ta’lim-tarbiya tizimiga insonning o’z munosabatlarini o’zgartirishi asosida paydo bo’ldi.
Har qanday texnologiyaga xos bo’lganidek, pedagogik texnologiyalarga ko’zlangan natijalarga erishishni va pedagogik jarayonning va pedagogik natijalarning qayta takrorlanuvchanligini kafolatlovchi yaxlit tizimlilik xosdir. Ana shunday xususiyatlarga ega qilish yo’lida amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini pedagoglar o’rtasida quyidagidek yo’nalishlar bo’yicha tubdan isloh yetib chiqish ishi boshlanib ketdi:

  • ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini maqsadlar shaklida ol-dindan belgilab qo’yish;

  • har bir maqsad natijasini qat’iy belgilash;

  • o’qituvchi va o’quvchining pedagogik maqsadlarini birma-bir o’zaro moslashtirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak saviyada aniq qismlarga ajratish, o’quvchi faoliyatini algoritmlash;

  • baholash mezonlari haqidagi ma’lumotlarni o’quvchilarga oldindan yetkizib qo’yish;

  • yakuniy baholash maqsadlari majmuasining ta’lim-tarbiya jarayoni ti-zimi maqsadlari bilan to’liq muvofiq bo’lishligini ta’minlash;

  • ta’lim-tarbiya jarayonining oraliq maqsadlar bo’yicha bo’laklarga bo’linganligiga va bu maqsadlarning yakuniy natijalar bilan muvofiq-lashtirilganligiga erishish;

  • oraliq baholashlarda o’quvchi erishgan natijalarning aniq va pi-shiq bo’lishligiga erishish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoni bosqichlarini tahrirlashda joriy baholash natijalalaridan vosita sifatida keng foydalanish;

  • jarayonni tahrir etishda uning o’quvchi yo’l qo’yayotgan xatoliklarga emas, balki har bir o’quvchiga nisbatan uyushtirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish usulini o’zgartirishga yo’naltirilgan bo’lishli-giga erishish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish usulini tanlash va uni al-mashtiraverish mumkinligi erishish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga interaktiv usullarini kengroq jalb etish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoni uchun yoqimli psixologik muhit yaratish;

  • pedagogik jarayonning purra va yakunlangan bo’lishligiga erishish.

Bunga o’xshash masalalarni hal etishda XX asrning 70 – 80-yillarida, ayniqsa, Amerika Qo’shma Shtatlarining pedagog-olimlari juda katta yutuqlarga erishishdi. Ular ishlab chiqqan va keng ko’lhamda sinab ko’rish mobaynida amalda o’zini har tomonlama oqlagan bir qator pedagogik tex-nologiyalar bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalishga ulgurdi. Pedagogik texnologiya g’oyasi nufuzli xalqaro tashkilot – YuNESKO tomonidan tan olinib, qo’llab-quvvatlandi. Pedagogik texnologiya tarixi, kelib chiqishi nazariyasi.
Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, «pedagogik texnologiyalar» ni pedagogning tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda o’qitish vositalari yordamida ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun za-rur bo’lgan va oldindan belgilab qo’yilgan ijtimoiy sifatlarni jadal tarzda shakllantiruvchi jarayon deb ta’riflash mumkin.
YuNESKO ta’rifi (1998 y.): «Pedagogik texnologiya – o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro faoliyatini hisobga olgan holda ta’lim berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir».
Bir guruh o’zbek pedagog olimlari tomonidan ijodiy hamkorlikda ishlab chiqilib, taklif etilgan ta’rif (2008 y.): «Pedagogik texnologiya – ta’lim oluvchi shaxsiga yo’naltirilgan, demokratik hamda takror-lanuvchan o’qish natijalarini kafolatlaydigan ta’lim jarayonini loyihalash, (modellashtirish)*, amalga oshirish va baholashning tizi-miy metodidir».
Shu o’rinda o’zbek pedagog olimlari tomonidan taklif etilgan ta’-rifdagi pedagogik texnologiyalarga xos «ta’lim oluvchi shaxsiga yo’nal-tirilgan» va «demokratik» sifatlari ustida qisqacha to’xtab o’tish joizdir.
Shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalarda tahsil oluvchi shaxsi ta’lim jarayoni markaziga qo’yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiba ko’rsatilganidaek, o’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi modeli besh tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim tizimi milliy modelining asosiy tarkibiy qismi sifatida «shaxs» birinchi o’rinda turadi. Boshqacha qilib aytganda butun ta’lim tizimi, shu jumladan butun pedagogik jarayon o’qitishning shaxsga yo’nal-tirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Shaxsga yangicha qarash, an’analardagidek o’qituvchi shaxsining yakkayu yagona subektligidan farqli ravishda, quyidagilardan iborat:
· ta’lim jarayonida shaxs obekt emas, subekt hisoblanadi;
· har bir tahsil oluvchi qobiliyat egasi, ko’pchilik esa iste’dod egasi hisoblanadi;
· yuksak yetik qadriyatlar (oliyjanoblik, bag’ri kenglik, mehribon-lik, samimiylik, mehnatsevarlik, vijdonlilik va boshqalar) shaxsning ustuvor fazilatlari hisoblanadi.
Shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar ayrim nozik jihat-lariga qarab yana quyidagidek nomlar ostida ham yuritiladi: insonpar-var-shaxsparvar texnologiyalar (psixoterapevtik mohiyatga urg’u beri-ladi), hamkorlik texnologiyalari (o’qituvchi va o’quvchilarning teppa-teng huquqlar egalari ekanliklariga urg’u beriladi), erkin tarbiya texnologiyalari (o’quvchining tabiiy rivojlanishi yo’lida unga kengerkinlik beriladi), yezoterik texnologiyalar (bunday texnologiyalarda pedagogik jarayon Haqiqat haqida ma’lumot berish yoki Haqiqat bilan muloqotda bo’lish deb emas, balki Haqiqat ichiga g’arq bo’lish deb tushuniladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin