Jami 20 Izoh: Amaliyot obyektlarida haftasiga 5 ish kuni borligi hisobiga haftaning shanba kunlarida talaba olgan ko’nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida ilmiy rahbar bilan ishlab, hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq. 1.Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi Amaliyot davrida talaba quyidagilarni o`rganishi kerak:
Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning
ahamiyati. Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi; buxgalteriya
xodimining huquq va majburiyatlari, banklarda buxgalteriya hisobini tashkil
qilish asoslari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari
buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejalari va ularning tavsifi; bank balansi va
uning tuzilishi.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagilar ilova qilinadi:
−
bank hisob-operatsion apparatining tuzilish sxemasini tasvirlash;
−
buxgalteriya xodimining huquq va majburiyatlari;
−
tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejalari;
2. Bank hujjatlari va hujjatlar aylanishi Amaliyot davrida talaba quyidagilarni o`rganishi kerak: Bank hujjatlarining
mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi. Elektron hujjatlar va ularni
shakllantirish. Banklarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish, buxgalteriya
hujjatlarini saqlash tartibi, arxivlashtirish.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagilar ilova qilinadi:
−
bank arxivini yuritshga doir hujjatlar;
−
bank arxiviga topshiriladigan hujjatlar ro`yxati;
3.Bank ichki nazorati. Banklarda bosh va yordamchi kitoblar Amaliyot davrida talaba quyidagilarni o`rganishi kerak:
Bank ichki nazorati, uning turlari va ahamiyati, ichki nazoratni tashkil qilish,
dastlabki nazorat, joriy nazorat, so’nggi nazorat. Bosh va yordamchi kitoblarning
mazmuni. Yordamchi kitob va uning tavsifi, bosh kitob va uning tavsifi. Bosh
va yordamchi kitoblarni tekshirish, buxgalteriya yozuvlaridagi xatolarni tuzatish
tartibi.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagilar ilova qilinadi:
16
−
bosh kitob hujjatlari;
−
yordamchi kitob hujjatlari;
−
shaxsiy hisobvaraqdan ko`chirma hujjatlari