Muloqotning kommunikativ akti sifatida quyidagilarni tasavvur etish mumkin
Kommunikator adresant
|
Muloqot sub’ekti sifatidagi omil namoyon bo‘ladi.
|
Retsepient aderesat
|
Bu ma’lumot kimga uzatilmoqda
|
Ma’lumot
|
Nima uzatilmoqda
|
Kod
|
Qanday vositalar asosida
|
Maqsad
|
Nima uchun uzatilmoqda
|
Aloqa kanali
|
Ovoz, xat, efir orqali aloqa
|
Natija
|
Nimaga erishildi.
|
Shuningdek amerikalik jurnalist G.Lassuel besh unsurdan iborat bo‘lgan kommunikativ jarayonning modelini taklif etadi.
Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda)
Nima ( qanday axborot uzatilmoqda)
Qanday (axborot qanday yo‘l bilan uzatilmoqda)
Kimga (axborot kimga yo‘naltirilmoqda)
Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi)
Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim aniq odamlarga yo‘naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan resipientlarga yo‘naltiriladi) xarakterda bo‘lishi mumkin.
Kommunikativ jarayonda o‘zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo bo‘ladi, ya’ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta’sirchanlik ko‘rsatiladi.
Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot – shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi», deb yozgan edi.
So‘zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan yoki kichik buni bir so‘z aytmaguncha bila olmaymiz» degan edi.
Xalqimizda shunday ibratli ibora bor «inson aql farosati uning nutqining aniqligida namoyon bo‘ladi».
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo‘q degani, ruslarniki teskarisi bo‘ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan, bolalar ko‘pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o‘z hohish va kayfiyatlarini o‘tkazishda yig‘idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so‘z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.
Noverbal kommunikatsiyaga belgilarning optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo‘l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo‘l, oyoq, tana harakatlari) kiradi.
Dostları ilə paylaş: |