O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə117/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

O‘zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko‘rsatuvchi belgidir. Odam o‘zini qo‘lga ola bilmaganda o‘z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat qila olmaganda g‘ayri ixtiyoriy faollik ko‘rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan ko‘ngildan kechadigan hislar, qo‘rquv, hadik-shubha, gumon, hazab, rashk, ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo‘g‘ib qo‘yadi. Bunday hollarda odam o‘zini tiya olmay qoladi.
O‘zini tiya olmaslikning eng yomon ko‘rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta’sirida bo‘lish demakdir.
Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo‘lgan to‘sqinliklarni bartaraf qilishda ko‘rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o‘zini samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o‘zini tuta bilishga chambarchas bog‘liq. Jasurlik bor joyda o‘zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o‘zini tuta bilsa jasurlik qila oladi. Biron maqsadga еtishish yo‘lida mutassil jasurlik ko‘rsatish, dovyuraklik jasorat deyiladi.
O‘zining hayoti uchun xatarli to‘sqinliklarni еngishga doimo tayyor turgan va shunday to‘sqinliklarni еnga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz. Bular xavf-xatardan cho‘chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir.
Jasurlikning yo‘qligi irodaning kuchsizligini ko‘rsatadi. Buni qo‘rqoqlik, nomardlik deb ataymiz. Irodasi kuchsiz bo‘lgan bunday kishilar odatda qo‘rqoq, yuraksiz kishilar deb ataladi. Sabot, matonat ma’lum maqsadga еtishda ko‘pincha uzoq vaqt davomida irodamizga ta’sir etib turuvchi katta to‘sqinlik va qiyinchiliklarni bartaraf qilishga to‘g‘ri keladi. Irodaning bunday ko‘rinishi shaxsning eng muhim sifati bo‘lib, iroda kuchining yaqqolligini ko‘rsatadi.
Sabot, matonat – qandaydir bir aniq maqsadni ko‘zlab, muntazam ravishda irodaviy zo‘r berish demakdir.
Ammo kishilarning hayoti va faoliyatida ba’zan shunday hollar ham bo‘ladiki, kishi o‘z oldiga qo‘ygan qandaydir zarur maqsadlarni bajarishda еtib bo‘lmaydigan yoki kishiga shunday bo‘lib tuyuladigan to‘sqinliklarga uchrab qoladi. Bunday hollarda kishi ba’zan qabul qilgan qarorni o‘zgartiradi, bekor qiladi, u qiyinchiliklardan qo‘rqishi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan voz kechishi mumkin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, talaba to‘satdan o‘qishni tashlaydi. Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga еtkazmay, o‘lda – jo‘lda qoldirib ketadi.
Kishi o‘z harakat, maqsadini yaxshi o‘ylamaganda maqsadga еtishsa, yordam bera oladigan vosita va usullarni puxta o‘ylamaganda, o‘zining kuch – imkoniyatlarini еtarli yoki to‘g‘ri hisobga olmaganda odamda belgilangan maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka haddan tashqari katta ahamiyat berilganda, bu muvaffaqiyatsizlikka noto‘g‘ri, yoki еngil baho berilganda, unga faqat salbiy tomondan qaraganda shunday bo‘ladi. Kishi muvaffaqiyatsizlikka uchrash bilan bir vaqtda o‘z kuchlariga, o‘z imkoniyatlariga, o‘z qobiliyatlariga ishonmaganda odam “ruhi tushib”, o‘zini passivlikka qo‘l qovushtirib o‘tirishga mahkum etadi. Albatta umuman irodasi kuchsiz kishilarda shunday bo‘ladi. Bunday kishilar irodasining o‘smaganligi, еtarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi.
Ammo irodali mavjudot bo‘lgan odam hayot va faoliyatida jamiyat yoki o‘zi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadidan qaytmasligi ham mumkin. U iroda kuchiga zo‘r berib, to‘sqinliklarga qarshi kurashni kuchaytirishi, qabul qilingan qaroriga yarasha uzoq vaqt ish ko‘rishi mumkin. Barcha to‘sqinlik va qiyinchiliklarga qaramay u zarur natijani qo‘lga kiritmoq uchun damba-dam, orada vaqt o‘tkazib zo‘r berishi, g‘ayratini ko‘rsatib ishlashi mumkin.
Kutilgan maqsadga еtishda katta qiyinchiliklar va еngib bo‘lmaydigan to‘siqlar bo‘lsa, kishi shu maqsadga еtishi uchun zarur yo‘l, vosita va usullarni o‘zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to‘sqinliklarni bartaraf qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga еtishda ko‘rinadigan bunday iroda kuchi sabot - matonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo‘lgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qat’iy xarakterli kishi deb ataladi.
Har qanday faoliyatning, jumladan o‘qib, o‘rganishning muvaffaqiyati sabot-matonatga bog‘liq. Bilimli bo‘lmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohada-texnika, san’at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak.
Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining maqsadga еtish yo‘lida qanday qiyinchilik va to‘sqinliklar bo‘lishidan qat’iy nazar shu maqsadga erishishida o‘z ifodasini topadi.
Xarakter xislati bo‘lgan sabot-matonat ba’zi kishilar faoliyatining hamma sohalarida namoyon bo‘ladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari bilan bog‘langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko‘rinadi.
Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga еtkaza biladilar. Ular o‘zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo‘ladilar.
Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi, balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qat’iyroq kirishadi, shu maqsadga erishishning yangi yo‘l va vositalarini izlab topadi.
Sabot-matonatli kishilar o‘ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo‘ldan yurishlari-ga to‘sqinlik qila oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to‘sqinliklarni еnga oladigan matonatli kishilardir.
Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas bog‘liq.
Maqsadga еtishda bartaraf qilinadigan to‘sqinlik va qiyinchiliklar kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko‘pincha jismoniy va ruhiy azob beradi ham.
Kishining o‘z faoliyatida ba’zan sovuq va issiqdan, yomg‘ir va qordan, qattiq toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga sodiq bo‘lib shu maqsadga еtishga intilaversa, bunday intilishlarda ko‘rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning organizmidagi еmirilish jarayonlarini еngishda ifodalanadigan ajoyib iroda o‘zini tuta bilish va matonatni ko‘rsatadigan misollar talaygina bo‘lib, u quyidagi misollardan birida keltirib o‘tiladi.
Sobiq sovet uchuvchisi Alievning bir o‘zi havo jangida dushmanning еttita samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng bo‘lmagan bu jangda Alievning samolyotini dushman o‘qlari teshib yuborgan edi. Aliev o‘zi bir necha bor yaralandi. Ammo u o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, samolyoti bilan o‘z aerodromiga borib qo‘ndi. Aerodromiga еtib borguncha dushman egallab olgan еrlardan uchib o‘tishi kerak edi. Dushmanning zenit to‘plari Alievning samolyotini qattiq o‘qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad parchalari teshib yubordi. Uchuvchi yana bir necha marta yaralandi. Lekin Aliev bu safar ham sarosimaga tushmay samolyotini boshqarib boraverdi va uni o‘z aerodromiga eson-omon qo‘ndirdi. Samolyot kabinasi ochilganda uchuvchi o‘lgan edi. U ikki qo‘lidan, oyog‘idan, kuragidan, еlkasidan, orqasidan, jag‘idan va boshidan yaralangan edi. Vrachning aniqlashishicha, og‘ir yarador bo‘lgan Alievning bu holda ucha olishi sira mumkin emas edi. Ammo Aliev samolyotini boshqarib, aerodromga to‘g‘ri qo‘na olgan. Uchuvchining irodasi va o‘zini tuta bilishi tufayli o‘qning еmiruvchi kuchlaridan g‘olib kelib, umrining so‘nggi daqiqalarini cho‘zishga erisha oldi.
Sabot-matonatli chidamli va toqatli kishilar maqsadga еtishishda va qiyinchiliklarga qarshi kurash jismoniy va ruhiy azoblarga hamda boshqa mashaqqatlarga chiday oladilar. Ular har qanday vaziyatda o‘zlarini tuta oladilar, jasurlik, mardlik, botirlik, qat’iyat ko‘rsata oladilar .
Bunday xarakterli kishilarga optimallik kayfiyati, hayotga quvnoqlik bilan qarash, porloq kelajakka doim ishonch bilan boqish, boshqa kishilarga o‘z kuchlari va mehnat imkoniyatlariga еtishish kabi xislatlar xosdir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin