O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universitetining pedagogika instituti


Faoliyatning individual uslubi va temperament



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə127/196
tarix24.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#191090
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   196
О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус-hozir.org

Faoliyatning individual uslubi va temperament
Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha yoshidan e’tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib toptiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo‘llari individual tizimi tushuniladi.
Temperament xususiyatlarining o‘ziga xos yig‘indisi inson faoliyati munosabatlari va bilim jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida namoyon bo‘ladi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalarga ham bog‘liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug‘ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig‘indisi tashkil qiladi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi ikki xil xususiyatlar mavjud.
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o‘rnini to‘ldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi xususiyatlar.
Temperamentning hususiyati faollikning samaradorligida emas, balki usullarning o‘ziga xosligidadir. Shu ma’noda Ye.A.Klimov tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, stanokchi, to‘quvchilarning ishini kuzatish natijalari muhim sanalgan. Ma’lum bo‘ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko‘ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini bildiradigan tayyorlov ishlariga ko‘p e’tibor berishi bilan ajralib turadi.
Faollikning individual uslubini V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o‘rganib, uning kishida darrov paydo bo‘lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo‘lishini ko‘rsatishdi. Agar kishi o‘z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga erishishiga yordam beradigan o‘zining yo‘llari va usularini faol izlasa, individual uslub yuaga keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo‘lgan temperamentning har xil tiplarini birga qo‘shilib ketishi aniq bo‘ladi. Chunonchi, xolerik temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan sherik bo‘lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali bo‘ladi. Bunday faktlar shuni ko‘rsatadiki, temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko‘pgina faoliyat turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo‘lmaydi. O‘z temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o‘rnini to‘ldirish, faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta’lim va tarbiya ta’sirini negizida yuzaga keladi.
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.

Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.


Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo‘ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig‘indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o‘ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog‘liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko‘p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo‘ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vazifasidir. Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:
  • Shaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga bog‘liq.


  • Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.


  • Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Chunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:


    • diqqatning to‘planishiga;


    • harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga;


    • irodaviy zo‘r berishga;


    • usullar mahsuldorligiga;


    • aqlning ishtirokiga bog‘liq





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin