O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip. Uning inson qadr-qimmati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip. Uning inson qadr-qimmati, 
manfaatlari, fikr erkinligi bilan bog‘liqligi. 
Milliy  g‘oyaning  mustaqillik  yillarida  ishlab  chiqilgan  tamoyillari  bir-biri  bilan  uzviy 
aloqadordir.  Ular  umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvorligi  talablariga  to‘la-to‘kis  mos  keladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitstuiyasida  jamiyat  hayotining,  xususan,  mafkuraviy 
jarayonlarning ham huquqiy meyorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida 
«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi 
asosida  rivojlanadi.  Hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  o‘rnatilishi  mumkin  emas» 
deyilgan. 
Istiqlol  tufayli  demokratik  taraqkiyot  yo‘lini  tanlagan  O‘zbekiston  jamiyat  hayotida 
plyuralizmni qaror toptirish  yo‘lidan bordi. Siyosiy plyuralizmni qaror toptirish jamiyatda turli 
g‘oyalar,  qarashlar,  mafkuralar,  konsepsiyalarning  hamda  ularni  ilgari  surgan  siyosiy  kuchlar, 
partiyalar va boshqa institutlarning erkin raqobati muhitining yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat 
qilardi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  kishilarning  turfa  xil  manfaatlarini  qondirish,  samarali  siyosiy 
qarorlar  qabul  qilish,  mavjud  nuqtai  nazar-larni  yanada  boyitish,  jamiyat  hayotini  yangilash 
imkonini berar edi. 
Biroq  siyosiy  plyuralizm  tamoyili  amal  qilishida  qonun  doirasidan  chiqmaslik,  o‘zgacha 
fikrlaydiganlarga  nisbatan  hurmat  va  bag‘rikenglikni  qaror  toptirish  talab  etiladi.  Bu  jihatdan 
siyosiy  plyuralizm  jamiyatda  demokratiyaning  yetukligi  darajasi  ko‘rsatkichi  sifatida  namoyon 
bo‘ladi.  Zero,  plyuralizm  tafovutlarni  inkor  etmagan  holda  siyosiy  jarayonning  barcha 
ishtirokchilari  tomonidan  qabul  qilinadigan  umumiy  tamoyillar  va  qoidalar  bo‘lishini  hamda 
ularga  itoat  etishni  shartlab  qo‘yadi.  Ayniqsa,  fikrlar  xilma-xilligi  va  ko‘ppartiyaviylik  qaror 
topgan muhitda muloqot odobiga amal qilish, o‘zgacha fikrlaydi-ganlar mulohazalariga hurmat 
bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Albatta, davlat-jamiyat siyosiy tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti 
uchun mas’ul bo‘lgan siyosiy institutdir. Shu ma’noda u jamiyatning o‘z milliy g‘oyalari atrofida 
mustaxkam  jipslashuvi,  fikrlar  rang-barangligi  va  qarashlar  xilma-xilligi  asosida  hayotda 
mafkuraviy  jarayonlarning  muvofiqlashuvidek  manfaatdor.  Bosh  islohotchi  sifatida  davlat 
ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik,  milliy  xavfsizlik,  kelajak  hayot  manfaatlaridan  kelib  chiqib, 
jamiyatda milliy g‘oyalarni keng yoyish borasida faoliyat olib boradi. 
Buni  xorij  tajribasida  ham  ko‘rishimiz  mumkin.  Bu  mamlakatlarda  yuzaki  qaraganda 
g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta e’tibor berilmaydigandek tuyuladi. Masalan, AQShni olaylik. 
Bu yerda har bir inson ongiga «Sen — amerikaliksan, ozod insonsan, sening erkinligingga daxl 
qilishga hech kimning haqqi yo‘q» degan tushuncha bolalikdan singdirib boriladi. Shuning uchun 
ham  bu mamlakat  fuqarosi,  dunyoning qay  burchida bo‘lmasin,  «Men  — amerikalikman»  deb 
g‘ururlanib yuradi.  
O‘zbekiston  Konstitutsiyasida  va  mamlakatimiz  qonunlarida  fuqarolarimizning  huquqlari 
to‘la kafolatlangan. Bu huquqiy asosga tayangan holda g‘ayriinsoniy qarashlarning hayotimizga 
ta’siridan  mutlaqo  xalos  bo‘lish,  millatning  kuch-qudratini  zaiflashtiruvchi  ayrim  ma’naviy 
nuqsonlarga  barham  berish  jarayoni  izchil  amalga  oshirilishi  kerak.  Bu  esa  demokratiya 
mohiyatini  tom  ma’noda  anglab  yetishni,  hokimiyat  organlari  va  fuqarolar  o‘rtasidagi 
munosabatlar tizimi va madaniyatini yuqori saviyaga ko‘tarishni talab etadi. 
Fikrlar  rang-barangligini  qaror  toptirish  —  demokratik  jamiyat  barpo  etishning  asosiy 
shartidir. Demokratiya davlat va jamiyat kurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida 
har bir fuqaroga o‘z qarashlarini, fikrini erkin ifoda etish uchun sharoit yaratadi. Bu esa insonning 
mamlakat siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, qonunlarni ishlab chiqishda, 
uni hayotga joriy etishdagi faolligini ta’minlaydi. Milliy g‘oyaning ushbu tamoyili olamdagi turli-
tumanlik bilan insoniyat dunyosidagi xilma-xillikning, odamlar fikrlashi, orzu-umidlari, g‘oya va 


maqsadlari sohasidagi rang-baranglikning uyg‘unligini ifodalaydi. Fikrlar rang-barangligi milliy 
g‘oyaga  jon  bag‘ishlaydi,  uning  takomillashishiga  yordam  beradi.  Ana  shu  asosda  bu  mafkura 
xilma-xil fikrlar bilan boyib boradi, turli g‘oyalarni o‘ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo‘ladi. 
Bu  tamoyil  O‘zbekiston  hududida  istiqomat  qilayotgan  har  bir  fuqaroning  o‘z  milliy 
qadriyatlarini asrab-avaylashi, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini 
ifodalaydi. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash 
milliy g‘oyaning amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo‘lishi uchun asos yaratadi. 
Shaxs  erkinligini  ta’minlashda  siyosiy  va  huquqiy  institutlarning  demokratik  asosdagi 
tizimini  shakllantirish  muhimdir.  Shu  bilan  birga  bunda  xususiy  tadbirkorlik  faoliyati,  bozor 
munosabatlari  jarayonida  shaxsning  ijtimoiy  faolligi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Fikrimizcha,  O‘zbekiston  Konstitutsiyasida  inson  erkinligi  o‘zining  to‘g‘ri,  maqbul  talqinini 
topgan, ya’ni unda erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan faoliyat sifatida baholangan. Zero, 
jamiyat  va  davlat,  ijtimoiy  tuzum  va  siyosiy  institutlar  o‘rtasidagi  munosabat  individ,  ijtimoiy 
birliklar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi 
milliy g‘oya tamoyillari asosida uyg‘unlashtirishni talab etadi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyat va boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligi 
oshirilmoqsa, jamoat  tashkilotlarining  yangi qiyofasi  shakllanmoqda, ta’bir joiz bo‘lsa, siyosiy 
tizim  modernizatsiyasi  yuz  bermoqda.  Bu  jarayonga  milliy  g‘oya  tamoyillarini  uzviy  tarzda 
singdirib borish va ularni demokratik institutlar faoliyatining tarkibiy qismiga aylantirign muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Jamiyat  hayotini  erkinlashtirish  milliy  g‘oyani  xalqimiz  qalbi  va  ongiga  singdirishning 
muhim shartidir. Milliy g‘oya siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar 
ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir-biri bilan yaqinlashtiradi 
va  shu  ma’noda,  demokratik  qadriyatlarning  nufuzini  oshiradi.  Kishilar  ongini  mahalliychilik, 
urug‘-aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan 
mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish,  mafkuraviy  kurashda  to‘g‘ri  yo‘l  tanlash  va  jaholatga 
qarshi ma’rifat bilan kurashish milliy g‘oyaning xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi 
bilan  bog‘liq.  Milliy  g‘oyani  amalga  oshirish  «kuchli  davlatdan  —  kuchli  jamiyat  sari» 
konsepsiyasiga asoslanadi va undan kelib chiqib, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha 
sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Milliy mafkura shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi 
va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat 
bilan  yondashadigan,  ayni  paytda,  shaxsiy  manfaatlarini  mamlakat  va  xalq  manfaatlari  bilan 
uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Erkinlashtirish 
jarayonida  inson  haq-huquqini  ta’minlash,  gumanizm  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  rioya  etib 
yashash  jamiyatimiz  hayotining  asosiy  mezoniga  aylanib  bormoqda.  Jamiyatda  loqaydlik, 
beparvolik,  boqimandalik,  poraxo‘rlik  kabi  illatlarning  payini  qirqish,  odamlar  qalbida  yuksak 
ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, axloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat 
avlodni  voyaga  yetkazish,  ularda  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  odamiylik  kabi  olijanob 
fazilatlarni tarbiyalash milliy g‘oya ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo 
etish borasidagi intilishlarimiz samaradorligini ham oshiradi.  
Shu o‘rinda erkinlik kategoriyasining ijobiy va salbiy jihatlarga ega ekanini ham ta’kidlash 
zarur.  Uning  ijobiy  jihati  shaxsning  o‘z  manfaatlariga  muvofiq  ravishda  harakat  qilish 
imkoniyatini ifodalaydi. Bunda shaxs biror-bir moddiy va ma’naviy ne’matga intilib, shu yo‘lda 
zarur harakatlar qilishi mumkinki, bu xatti-harakatlar boshqalarning intilish va manfaatlariga zid 
kelmasligi kerak. Chunki adolat chegarasi, erkinliklar meyori aynan shu asosda shakllanadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin